Dmitriy Sergeyevich Aliyev (; 1999-yil 1-iyunda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi. 2020-yilgi Yevropa chempioni va 2020-yilgi Rossiya milliy chempioni, 2017-yilgi Oʻsmirlar darajasidagi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2016—2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni, 2016-yilgi oʻsmirlar Olimpiadasining ikki karra sovrindori va ikki karra (2016, 2017) oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya milliy chempioni.

Faoliyati Aliyev 2014—2015-yilgi mavsumda Oʻsmirlar darajasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilgan.

Lyublyana, Sloveniya va Yaponiyaning Aichi shaharlarida boʻlib oʻtgan musobaqalarda bronza medallari bilan taqdirlangan Aliyev oʻsmirlar darajasidagi Gran-pri finalida uchinchi oʻrinni egalladi. Oʻzining katta xalqaro debyutini amalga oshirib, 2014-yilda ISU Challenger seriyasi boʻlgan „Golden Spin of Zagreb“ musobaqasida oʻninchi oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar safiga qaytgan Aliyev 2015-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionati va 2015-yilgi Yevropa yoshlar olimpiya qishki festivalida bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Kattalar toifasida musobqada qatnashgan Aliyev 2015-yilgi Xalqaro Nice kubogida bronza, 2015-yilda CS Tallinn Trophy musobaqasida kumush medal bilan taqdirlangan. Dekabr oyida Barselonada boʻlib oʻtgan 2015—2016-yilgi Oʻsmirlar darajasidagi Gran-pri finalida amerikalik Nathan Chendan keyin ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha oyning oxirida Aliyev 2016-yilda Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida oltinchi oʻrinni egalladi, yanvar oyida Chelyabinskda oʻtkazillgan oʻsmirlar oʻrtasidagi birinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Aliyev 2021-yilgi CS Finlandia Trophy musobaqasida qatnashib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Keyingi haftada u 2021-yilgi Budapesht Trophy musobaqasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Uning Gran-pridagi birinchi topshirigʻi dastlab 2021-yilgi Xitoy kubogi musobqasida ishtirok etish edi, biroq musobqa bekor qilinganidan soʻng Aliyev 2021-yilgi Turinda boʻlib oʻtgan Gran Premio d’Italia turniriga tayinlandi. U musobaqada toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. Dmitriy Aliyev 2021 Internationaux de France musobaqasida qatnashib beshinchi oʻrinni egalladi.

Aliyev 2022-yilgi Rossiya chempionatida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.

Dasturlar Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur 2021 - 2022 Pilgrims on a Long Journey And the Waltz Goes On 2020 - 2021 Masquerade Waltz Immensità 2019 - 2020 Je dors sur des Roses The Sound of Silence 2018 - 2019 Modigliani Suite

Midnight Blues Clouds, The Mind on the (Re)Wind 2016 - 2017 Oblivion Broken Vow

Temir niqobli odam 2015 - 2016 Nothing the Same Notr-Dam de Paris Temps des Cathédrales 2014 - 2015 Cowboy Escalier Derap

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar