Tino Berbig (1980-yil 7-oktabrda tugʻilgan) — sobiq nemis futboli darvozaboni. Hozirda murabbiy. VfL Osnabryuck bilan 2.Bundesligada taxminan 62 oʻyinda qatnashgan
Faoliyati Sharqiy Germaniyaning Jena shahrida tugʻilgan. 1999-yilda FC Carl Zeiss Jenaning U19 darajasidagi jamoasida birinchi marta oʻynadi. Keyin Berbig professional faoliyatini FC Carl Zeiss Jena klubining asosiy jamoasida boshladi. 2004—2005-yilgi mavsumda u VfL Osnabryuck jamoasiga koʻchib oʻtdi, jamoa safida 90 ta oʻyin mintaqaviy ligada va toʻrtta kubok oʻyinlarida oʻynadi. 2006-yil iyul oyida Berbig yana klubini oʻzgartirdi va Dresdenning „Dynamo“iga yoʻl oldi, jamoada oʻsha mavsumda atigi 24 ta oʻyin oʻtkazdi. 2006—2007-yilgi mavsumda Dresdenda asosiy tarkib oʻrnini yoʻqotib qoʻydi. Ammo oʻsha paytdagi asosiy darvozabon Frederik Gößling bir muddat jarohat olgani uchun Berbig liga oʻyinlarida oʻynashga muvaffaq boʻldi. Ikkinchi diviziondagi birinchi oʻyinini 2007-yilning 21-sentyabrida FC Erzgebirge Auega qarshi oʻtkazdi. 2009-yilda quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Berbig 2010-yil 8-mayda Osnabrück bilan 3-divizionda chempion boʻlishdi va yana 2-divizionga koʻtarildi. Jamoa 2010—2011-yilgi mavsumda quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Osnabrückda yangi shartnoma olmadi. Keyin FC Carl Zeiss Jenanign yosh toifadagi klubiga oʻtdi, ular bilan 2011-yilning 20-iyulida bir yillik shartnoma imzoladi. Asosiy tarkib darvozaboni sifatida 2011—2012-yilgi mavsumda liganing barcha 38 oʻyinini oʻtkazdi. 2015-yilning 8-aprelida Berbig mavsum oxirida faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi, lekin iyun oyida faoliyatini davom ettirishga qaror qildi. 2015-yil 16-iyunda FSV Wacker 90 Nordhausen klubi bilan shartnoma imzoladi. Turingiya uchun safida 76 ta oʻyindan soʻng, darvozabon 2018-yilning kuzida faol faoliyatini yakunladi.
Faoliyatidan keyin Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan koʻp oʻtmay, Berbig Wacker Nordhausenga sport direktori etib tayinlandi. Asosiy jamoaning yordamchi murabbiyi Matthias Peßolat bilan birgalikda 2018-yilning va 2019-yilning qishida vaqtinchalik bosh murabbiylik lavozimini egalladi.
Muhim eslatmalar Berbig Vereinigung der Vertragsfußballspieler (Shartnomali futbolchilar assotsiatsiyasi) (VdV) oʻyinchilar uyushmasi kengashida Nordost Regionalliga vakili edi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar