Vágner Love (haqiqiy ismi Vágner Silva de Souza; ) – 1984-yil 11-iyunda tugʻilgan. Braziliyalik futbolchi, „Sport Recife“ klubida hujumchi hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati 2004-yilda Vágner Love 6,2 million yevro evaziga Moskvaning „CSKA“ klubi tomonidan sotib olingan. „Armiya“ klubi braziliyalik futbolchini argentinalik Fernando Kavenagidan koʻra afzal koʻrgan, uning maoshi klubning qolgan oʻyinchilarining daromadidan 2,5 baravar koʻp boʻlgan. Vágner Lovening „CSKA“ tarkibidagi debyut oʻyini 4-avgust kuni Bokuning „Neftchi“ klubi bilan Chempionlar ligasining 2-saralash bosqichi oʻyini boʻld. Bu oʻyinda 46-daqiqada maydonga tushib, 72-daqiqada gol urgan. 14-avgust kuni u Rossiya chempionatida „CSKA“ safida Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. 5 oydan soʻng u jamoani tark etib, „Corinthians“ga oʻtishi mumkin edi, biroq yakunda kelishuv amalga oshmagan.

Palmeiras 2009-yil 28-avgustda hujumchi oilaviy sabablarga koʻra va terma jamoada oʻynash istagi tufayli Braziliyaning „Palmeiras“ klubiga ijaraga oʻtganSix appearances and one goal in UEFA Champions League, three appearances in UEFA Europa League.

2010-yilning 15-yanvarida Vágner Love 10-iyulgacha Braziliyaning „Flamengo“ klubiga ijaraga berilganFour appearances and one goal in UEFA Champions League, two appearances in UEFA Europa League, six appearances and four goals in the UEFA Europa Conference League. Shu kunning oʻzidayoq u klub stadionida muxlislar bilan tanishtirilgan va 9-raqamli futbolkani olgan. 24-yanvar kuni Rio-de-Janeyro shtat chempionatida klub safidagi ilk oʻyinida Vágner Love „Bangu“ klubi darvozasiga ikkita gol urib, jamoasiga 2:1 hisobida gʻalaba keltirdi. Ijara muddati tugagach, Vágner Love Moskvaning „CSKA“ klubi rahbariyatidan shartnomani yana bir yilga uzaytirishni soʻragan, ammo rad javobi berilgan.

Qayrat 2020-yilning 8-iyulida Vágner Love „Kairat“ga tekin transfer evaziga qoʻshilgan va yangi jamoa bilan olti oylik shartnoma imzolagan. 18-avgust kuni u debyut uchrashuvida golli uzatmani amalga oshirgan. 27-avgust kuni Yevropa ligasi saralash bosqichi doirasida armanistonlik „Nuh“ klubiga qarshi oʻyinda (4:1) ikkita gol urgan. 30-avgust kuni QPL doirasidagi „Ordabasi“ bilan oʻyinda (3:1.) dubl qayd etgan. 6-noyabr kuni shartnoma yana bir yilga uzaytirilgani eʼlon qilingan.

Vágner Love 2004-yilda Peruda Amerika Kubogida gʻalaba qozongan Braziliya terma jamoasi futbolchisi edi, ammo u jamoani Carlos Alberto Parreira boshqargan paytda deyarli oʻynamagan. Parreira ketganidan keyin terma jamoani Carlos Dunga boshqarganida, Vágner Love va uning „CSKA“dagi jamoadoshlari Daniel Karvalyu va Dudu Cearenselar jamoaga chaqirilgan. Milliy terma jamoadagi toʻrtinchi oʻyinida "Uels"ga qarshi oʻyinda Vágner Love oʻzining birinchi golini urgan. Vágner Love 2007-yilgi mavsumni „CSKA“ bilan ajoyib boshlaganidan soʻng „Dunga“ jamoasiga qoʻshilgan, u 2007-yilgi Amerika kubogida Braziliyaning har bir oʻyinida maydonga tushgan, biroq faqat bir marta gol urgan. 2007-yil 15-iyulda Vágner Love ushbu nufuzli turnirning finalida oʻynagan va Daniel Alvesga golli uzatmani amalga oshirgan, natijada Braziliya oʻsha uchrashuvda Argentinani 3:0 hisobida magʻlub etgan.

Statistika +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaShtat ligasiMilliy kubokXalqaro kubokBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarPalmeiras2002Série A2000–––202003Série B29192012–1133222004Série A118121276––3026Total4227141288–116548CSKA Moskva2004Rossiya Premyer-ligasi129–00940021132005217–701471043142006239–747210381520072313–103311281720082620–1168–33292009133–3143102172010159–00520020112011–12259–5191104011Total15879–247573051244117Palmeiras (ijara)2009Série A12500—00—125Flamengo (ijara)2010541415—104—2923Flamengo20123613109—52—5124CSKA Moskva2012–13Rossiya Premyer-ligasi95–3100–1262013–1421–00001031Total116–310010157Shandong Luneng Taishan2013Xitoy Superligasi106–00––10620142113–7455–3322Jami3119–7455–4328Corinthians2015Série A31141422030—5016Monaco2015–16Ligue 1124—1000—134Alanyaspor2016–17Turkiya Superligasi2823–00––28232017–181410–21––1611Jami4233–21––4434Beşiktaş2017–18Turkiya Superligasi103–1021–1342018–1983–0084–167Jami186–10105–2911S. C. Corinthians2019Série A28515181104–591120200061–10–71Jami28521281114–6212Qayrat2020Qozogʻiston Premyer-ligasi147—0023—16102021227—65125204217Jami3614—65148205827Midtjylland2021–22Daniya Superligasi91—0000—91Sport Recife2022Série B177————1772023331112532—1155923Jami501812532—1157630Atlético Goianiense2024Série A611562000—237Avaí2024Série B243000000—243Career total55125210051672912060156853398

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:PFK SSKA Moskva futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Shandong Taishan F.C. futbolchilari Turkum:SE Palmeiras futbolchilari Turkum:CR Flamengo futbolchilari Turkum:SC Corinthians Paulista futbolchilari Turkum:Sport Club do Recife futbolchilari Turkum:Atlético Clube Goianiense futbolchilari Turkum:Avaí FC futbolchilari Turkum:AS Monaco FC futbolchilari Turkum:Alanyaspor futbolchilari Turkum:Beşiktaş J.K. futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:FC Midtjylland futbolchilari Turkum:Copa América 2004 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2007 oʻyinchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Daniya Superligasi futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Monakodagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Daniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar