Morgan James Ferrier () (1994-yil 15-noyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Morgan Ferrier „Nakhon Ratchasima“ futbol jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati Morgan Ferrier Newham shtatining Plaistow shahrida tugʻilgan. Morgan Ferrier „Arsenal“, „Watford“ va „Nottingham Forest“ futbol klublarining yoshlar jamoalarida futbol oʻynagan. 2013-yilning yanvarida Morgan Ferrier „Kettering Town“ futbol klubi safiga uch oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan. „Nottingham Forest“ futbol klubini tark etgach, Morgan Ferrier qisqa muddat „Bolton Wanderers“ futbol klubida toʻp surgan.

Morgan Ferrier 2013—2014-yilgi mavsumda „Cray Wanderers“, „Crystal Palace“, „Bishop’s Stortford“va „Hemel Hempstead Town“ futbol klublarida oʻynaganidan soʻng 2016-yilning avgustida „Boreham Wood“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Morgan Ferrier 2017-yilning may oyida transferga qoʻyildi va 2018-yilning fevralida „Boreham Wood“ futbol klubiga qaytishdan oldin „Dagenham & Redbridge“ futbol klubida biroz muddat toʻp surdi.

Morgan Ferrier 2018-yilning avgust oyida „Walsall“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan edi.

Morgan Ferrier 2019-yilning 1-avgustida oshkor etilmagan transfer narxi evaziga „Tranmere Rovers“ futbol klubiga oʻtdi. 2019-yil avgust oyida Morgan Ferrier tizzasidan jarohat oldi va 8 hafta maydonga tusha olmadi.

2021-yil 11-fevralda Morgan Ferrier nomaʼlum toʻlov evaziga Isroil Premyer-ligasi vakili „Maccabi Petah Tikva“ futbol klubiga oʻtdi.

2021-yil 24-iyunda Morgan Ferrier „Ironi Kiryat Shmona“futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

2022-yil avgust oyida Morgan Ferrier oʻzining Instagram akkauntida Tailandning „Nakhon Ratchasima“ futbol klubiga oʻtganini eʼlon qildi.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMilliy kubukLiga kubukiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarBishop’s Stortford2015—2016Milliy liga19500—10205Hemel Hempstead Town2015—2016Milliy liga9200——92Boreham Wood2016—2017Milliy liga301132—413714Dagenham & Redbridge2017—2018Milliy liga30820—10338Boreham Wood2017—2018Milliy liga15700—00157Walsall2018—2019Birinchi liga335301120396Tranmere Rovers2019—2020Birinchi liga2056410102892020—2021Ikkinchi liga100101031151Jami3057420414310Maccabi Petah Tikva2020—2021Isroil Premyer-ligasi14110——151Ironi Kiryat Shmona2021—20222632240—325Umumiy206471887112224358

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Gayanalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari