link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5f/2015_GDP_%28nominal%29_in_EU.svg/220px-2015_GDP_%28nominal%29_in_EU.svg.png|thumb| Yevropa Ittifoqida 2015-yil nominal YaIM link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6b/Euro_inflation.webp/220px-Euro_inflation.webp.png|thumb| Yevro hududi inflyatsiyasi Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti — Yevropa Ittifoqiga (YI) aʼzo davlatlarning qoʻshma iqtisodiyoti. U nominal koʻrsatkichlar boʻyicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi, xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha esa Xitoy va Qoʻshma Shtatlardan keyin uchinchi oʻrindagi eng yirik iqtisodiyotdir. Yevropa Ittifoqining yalpi ichki mahsuloti 2024-yilda 19,40 trillion dollarni (nominal) yoki 28,04 trillion dollarni (PPP) tashkil etishi taxmin qilinmoqda, bu esa global iqtisodiyotning oltidan bir qismini tashkil qiladi.
Yevro ikkinchi eng yirik zaxira valyutasi va dunyoda AQSh dollaridan keyin ikkinchi eng koʻp ayirboshlanadigan valyutadir. Yevrodan Yevropa Ittifoqiga aʼzo 27 ta davlatdan 20 tasi foydalanadi, umuman olganda, u 26 ta mamlakatda, yevro hududida va boshqa oltita Yevropa davlatida rasmiy yoki de facto valyuta hisoblanadi.
Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti erkin bozor va ilgʻor ijtimoiy modellarga asoslangan aralash iqtisodiyotlardan tashkil topgan ichki bozordan iborat. Masalan, u tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin harakatiga ega boʻlgan ichki yagona bozorni oʻz ichiga oladi. Yevropa Ittifoqida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (XQP) 2018-yilda 43 188 dollarni tashkil etdi, AQShda bu koʻrsatkich 62 869 dollar, Yaponiyada 44 246 dollar va Xitoyda 18 116 dollarga teng. Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotda (XQP) Lyuksemburgdagi 106 372 dollardan Bolgariyadagi 23 169 dollargacha sezilarli tafovut mavjud. Yevropa Ittifoqi 31 ga teng boʻlgan Gini koeffitsiyenti bilan jahon o‘rtacha ko‘rsatkichiga qaraganda daromadlarning yanada tengrok taqsimlanishiga ega.
2012-yilda Yevropa Ittifoqining xorijiy davlatlarga kiritgan sarmoyalari 9,1 trillion dollarni tashkil etgan boʻlsa, Yevropa Ittifoqiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar 2012-yilda jami 5,1 trillion dollarni tashkil etib, dunyodagi eng yuqori xorijiy va mahalliy sarmoya hisoblandi. Euronext yevro hududining asosiy fond birjasi boʻlib, bozor kapitallashuvi boʻyicha dunyoda oltinchi oʻrinda turadi. Yevropa Ittifoqining eng yirik savdo hamkorlari: AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Rossiya, Turkiya, Yaponiya, Norvegiya, Janubiy Koreya, Hindiston va KanadaTop Trading Partners Client and Supplier Countries of the EU28 in Merchandise Trade (value %) (2015, excluding intra-EU trade).. Yevropa Ittifoqiga real investitsiyalar 2020-yilning ikkinchi choragi oxiriga kelib, 2019-yilning toʻrtinchi choragiga nisbatan 14,6 foizga kamaydi. Bu kamayish qayta tiklanib, 2021-yilning ikkinchi choragida 2019-yilgi darajasiga qaytdi.
2009-yilda davlat qarzi inqirozi boshlanganidan beri, bir tomondan Janubiy Yevropa, ikkinchi tomondan Markaziy va Shimoliy Yevropa oʻrtasida qarama-qarshi iqtisodiy vaziyatlar yuzaga keldi: Malta bundan mustasno boʻlgani holda, Oʻrta yer dengizi mamlakatlarida yuqori ishsizlik darajasi va davlat qarzi yuzaga keldi, Sharqiy va Shimoliy aʼzo mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning oʻsish sur’ati yuqoriligi kuzatilib, ishsizlik darajasi past boʻldi. 2018-yilda Yevropa Ittifoqida davlat qarzi YaIMning 80 foizini tashkil etdi, bunda eng past koʻrsatkich Estoniyada 8,4 foiz va eng yuqori koʻrsatkich Gretsiyada 181,1 foizni tashkil etdi.
Valyuta
link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/65/BlueEurozone.svg/220px-BlueEurozone.svg.png|left|thumb| Yevro hududi (toʻq koʻk) 343 million kishini ifodalaydi. Yevro dunyodagi ikkinchi eng yirik zaxira valyutadir
1999-yildan boshlab Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlgan baʼzi davlatlar bilan hozirda Yevropa Ittifoqining 27 ta davlatidan 20 tasi yevroni valyuta ittifoqida rasmiy valyuta sifatida ishlatadi. Qolgan 7 ta davlat keyinchalik yevroga qoʻshilish imkoniyati bilan oʻz valyutalaridan foydalanishda davom etdi. Yevro Yevropa Ittifoqida eng koʻp qoʻllaniladigan valyuta hisoblanadi.
1992-yildan beri Maastrixt shartnomasi yevroga qoʻshilgan davlatlar uchun qatʼiy iqtisodiy va fiskal konvergensiya mezonlarini belgiladi. 1997-yildan boshlab barqaror iqtisodiyot va fiskal barqarorlikni taʼminlash maqsadida „Barqarorlik va oʻsish pakti“ boshlandi.
Daniya yevro hududining bir qismi emas, chunki u keyinchalik yevroga qoʻshilish bilan bogʻliq fikrlarni rad etgan. Bundan farqli oʻlaroq, Shvetsiya Yevropa valyuta kursi mexanizmiga qachon qoʻshilish yoki qoʻshilmaslikni tanlash orqali oʻz valyutasidan samarali tarzda voz kechishi mumkin, bu qoʻshilish uchun dastlabki qadamdir. Qolgan davlatlar qoʻshilish toʻgʻrisidagi shartnomalari orqali yevroga qoʻshilish majburiyatini oladilar.
2009-yilda Gretsiyadan boshlab, yevro hududining 20 ta davlatidan 5 tasi koʻpchilik tomonidan Yevropa qarz inqirozi deb ataluvchi suveren qarz inqirozi bilan kurashdi. Bu davlatlarning barchasi inqirozga qarshi islohotlarni boshladi va iqtisodiy yordam oldi (Gretsiya, Irlandiya Respublikasi, Portugaliya, Ispaniya, Kipr). 2015-yil holatiga koʻra, Gretsiyadan tashqari barcha mamlakatlar qarz inqirozidan qutulgan. Yevro hududiga kirmaydigan boshqa davlatlar, yaʼni Vengriya, Ruminiya va Latviya (ikkinchisi yevro hududiga qoʻshilishdan oldin) ham qarz inqiroziga duch kelgan va muvaffaqiyatli qutqaruv dasturlarini boshdan kechirgan.
Byudjet
Yevropa Ittifoqi 2014—2020-yillarga moʻljallangan „Koʻp yillik moliyaviy asos“ (MFF) deb nomlangan uzoq muddatli byudjetga ega© European Union, Integrated Financial Reporting Package Overview, Financial year 2017 Retrieved 15 November 2019..
2021—2027-yillar uchun umumiy byudjet 1,8 trillion yevroni tashkil etadi, bunda MFF 1,074,3 milliard yevroga ega boʻlgan va COVID-19 pandemiyasidan jabr koʻrgan aʼzo davlatlarni qoʻllab-quvvatlash uchun 750 milliard yevrolik favqulodda tiklanish jamgʻarmasi (Next Generation EU) yoʻlga qoʻyilganSpecial European Council, 17-21 July 2020 Retrieved 15 November 2020..
Sektorlar
Xizmatlar
Xizmat koʻrsatish sohasi Yevropa Ittifoqidagi eng muhim sektor boʻlib, u YaIMning 64,7 foizini tashkil qiladi, shuningdek, ishlab chiqarish sanoati YaIMning 23,8 foizini va qishloq xoʻjaligi YaIMning atigi 1,5 foizini tashkil qiladi.
Ittifoqning yagona bozori doirasida moliyaviy xizmatlar yaxshi rivojlangan. Kompaniyalar AQShga qaraganda bank kreditlariga ko‘proq tayanadi. Biroq, Yevropa Ittifoqi doirasida kapitalning erkin harakatini ta’minlash maqsadida 2015-yil sentyabrda Komissiya tomonidan ilgari surilgan CMU (Kapital bozorlari ittifoqi) tashabbusi orqali kompaniyalarning kapital bozorlaridan ko‘proq mablag‘ jalb qilishiga o‘tishi rejalashtirilganEuropean Commission, Overview of the Capital Markets Union, accessed 9 May 2018. Rejadan koʻzlangan maqsad „2019-yilga qadar Yevropa Ittifoqida integratsiyalashgan kapital bozorining qurilish bloklarini yaratishga“ qaratilganEuropean Commission, Capital markets union action plan, accessed 9 May 2018. CMU tashabbusi jami 33 ta chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladiConference Report: European Financial Market Integration, 6 June 2016, accessed 20 September 2018. Reja 2017 va 2019-yillarda yangilandi, chunki yagona qonunchilik CMUni ta’minlay olmasligi ma’lum bo‘ldi. Moliyaviy barqarorlik, moliyaviy xizmatlar va kapital bozorlari ittifoqi bo‘yicha komissar hamda Yevropa parlamentining sobiq vitse-prezidenti Mairead McGuinness ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun mas’uldir.
Global moliyaviy markazlar indeksiga koʻra, Yevropaning ikkita eng yirik moliya markazlari London va Syurix Yevropa Ittifoqidan tashqarida joylashgan. Yevropa Ittifoqi doirasida qolgan ikkita eng yirik moliya markazlari Frankfurt va Lyuksemburg shahri boʻladi.
Yevropa investitsiya bankining 2021-yilgi sarmoyaviy soʻrovida xizmat koʻrsatish sohasidagi firmalarning 58 foizi COVID-19ning uzoq muddatli oqibatlarining tugashini kutishgan. Yevropa Ittifoqi korxonalarining 56 foizi pandemiya oqibatlarini bartaraf etish uchun hukumatdan yordam oldi.
COVID-19 pandemiyasi savdoga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Yevropa Ittifoqidagi barcha korxonalarning 49 foizi 2020-yil boshidan buyon savdolari pasayganini taʼkidlagan. Pandemiya tarmoqlarga taʼsirini turlicha namoyish etgan, mehmonxonalar, restoranlar, sanʼat va dam olish sohalarida pul yoʻqotgan korxonalar soni oldingi davrlarga nisbatan qariyb 25 foizga yetdi va transport xizmati sohasida ham pasayish holati kuzatildi.
Hukumat yordamisiz ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi Yevropa kichik va oʻrta firmalarining (SMEs) 35 foizi oʻz bizneslari pandemiya taʼsiridan omon qolmasligini aytgan.
2020-yilda korxonalarning 86 foizi oʻtgan yilgi investitsiya faoliyati haqida hisobot bergan boʻlsa, 2021-yilda atigi 79 foizi investitsiyalar haqida hisobot berdi. Yevropa Ittifoqi firmalarining 23 foizi 2021-yilda investitsiya rejalarini oʻzgartirgan, atigi 3 foizi esa oʻtgan yilgiga nisbatan yuqoriroq foyda miqdorni bildirgan. Savdo hajmining pasayishi tufayli investitsiya rejalarini qisqartirgan korxonalarning eng yuqori qismi Polshada boʻlib, u yerda firmalarning 49 foizi investitsiyalarni qisqartirgan va Belgiyadagi 47 foiz firmalar ham xuddi shunday qilgan.
Yevropa Ittifoqidagi yashil yoki raqamli biznesning aksariyati ishlab chiqarishda (33 foiz) yoki infratuzilmada (30 foiz) ishlaydi. Xizmat koʻrsatish sohasi raqamlashtirish yoki qishloq xoʻjaligiga oʻtish bilan shugʻullanmagan korxonalarning eng katta foiziga ega (41 foiz).
Qishloq xoʻjaligi
Qishloq xoʻjaligi sektori Yevropa Ittifoqining umumiy qishloq xoʻjaligi siyosati (CAP) doirasida beriladigan subsidiyalar orqali qoʻllab-quvvatlanadi. 2013-yilda bu Yevropa Ittifoqi umumiy xarajatlarining taxminan 45 milliard yevrosini (148 milliard yevrolik umumiy byudjetning 33 foizidan kamini) tashkil etdi. U dastlab Yevropa Ittifoqidagi fermerlar uchun minimal narxni kafolatlash uchun ishlatilgan. Bu savdoga to‘sqinlik qilishi va rivojlanayotgan mamlakatlarga zarar yetkazishi sababli proteksionizmning bir shakli sifatida tanqid qilinad. Eng kuchli qarshilardan biri, 2020-yil yanvargacha ittifoqdagi ikkinchi yirik iqtisodiyot bo‘lgan Buyuk Britaniya edi. U, agar CAP sezilarli darajada isloh qilinmasa, o‘zining yillik chegirmasidan voz kechishdan bir necha bor bosh tortdi. CAPning eng katta manfaatdori va ittifoqning uchinchi yirik (hozirda ikkinchi yirik) iqtisodiyoti bo‘lgan Fransiya esa uning eng kuchli tarafdori hisoblanadi. Biroq, CAP jiddiy islohotlarga guvoh boʻlmoqda. 1985-yilda Yevropa Ittifoqi byudjetining taxminan 70 foizi qishloq xoʻjaligiga sarflangan. 2011-yilda fermerlarga toʻgʻridan-toʻgʻri yordam va bozor bilan bogʻliq xarajatlar byudjetning atigi 30 foizini, qishloqni rivojlantirish xarajatlari esa 11 foizni tashkil etdi. 2011-yilga kelib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashning 90 foizi savdoga ta’sir qilmaydigan (ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan) holatga keldi. Bu o‘zgarish Umumiy qishloq xo‘jaligi siyosati (CAP), uning moliyalashtirish tizimi va tuzilishida amalga oshirilgan islohotlarning davom etishi natijasida yuz berdi.
Turizm
Yevropa Ittifoqi asosiy sayyohlik yoʻnalishi boʻlib, Ittifoq tashqarisidan tashrif buyuruvchilarni va uning ichida sayohat qiluvchi fuqarolarni jalb qiladi. Ichki turizmni amalga oshirish uchun Shengen shartnomasi va yevro qulay omil sifatida xizmat qiladi. Yevropa Ittifoqining barcha fuqarolari har qanday aʼzo davlatga vizasiz sayohat qilish huquqiga ega.
Fransiya xalqaro sayyohlar uchun dunyoda birinchi oʻrinda turuvchi manzil hisoblanadi, undan keyingi oʻrinlarda Ispaniya, Italiya va Germaniya turadi. Ammo shuni taʼkidlash joizki, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga xalqaro tashrif buyuruvchilarning muhim qismi boshqa aʼzo davlatlar fuqarolaridan tashkil topadi.
Energiya