Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Livan mamlakatining rasmiy ayollar futbol terma jamoasidir. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yilda tashkil etilgan va Livan Futbol Assotsiatsiyasi (LFA), Livandagi futbol boʻyicha boshqaruv organi, tomonidan nazorat qilinadi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi hali FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yoki AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan. Lekin Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilgi WAFF ayollar chempionatida ikkinchi oʻrinni, 2007 va 2019-yillarda esa shu turnirda uchinchi oʻrinni egalladi.
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi oʻyinini 2006-yilda Jazoir ayollar milliy futbol termasiga qarshi Arabiston ayollar chempionatida oʻtkazgan va oʻsha oʻyinda 12:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Biroq, Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi AFC ayollar chempionatiga saralash oʻyini sakkiz yil oʻtib, 2014-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashi munosabati bilan boʻlib oʻtdi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi yakunda Osiyo kubogi turniriga chiqa olmagan boʻlsa-da, 2013-yil 9-iyun kuni Quvayt ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan 12-1 hisobida gʻalaba qozondi. Bu Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining bugungi kungacha eng yirik gʻalabasi hisoblanadi.
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi ommaviy tilda „Lady Cedars“ () deb ataladi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining sport toʻplamlari davlat milliy bayrogʻiga nisbta qilingan boʻlib, jamoaning uy liboslari asosan qizil, mehmondagi liboslari esa oq rangda boʻladi. 2006-yildan beri Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA Jahon reytingidagi oʻrni nisbatan beqaror boʻlib, jamoaning eng yaxshi reytingi 2009-yilning dekabrida 92-oʻrinni, eng yomoni esa 2018-yilning sentyabrida 148-oʻrinni egallagani edi.
Tarixi
2005-2018: Ilk turnirlar Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yilda Gʻarbiy Osiyo Futbol Federatsiyasidagi eng qadimgi ayollar terma jamoalaridan biri sifatida tuzilgan. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi oʻyini 2006-yilgi Arabiston ayollar chempionatida Jazoir ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi 12:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan uchrashuv boʻldi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi shundan keyingi uchta guruh oʻyinida ham birorta ham gol ura olmay, soʻnggi oʻrinni egallashdi.
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi WAFF ayollar chempionatidagi ishtiroki 2007-yilda boʻlgan. Dastlab Iordaniya ayollar milliy terma jamoasiga, keyin esa Eron terma jamoasiga qarshi ikkita 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Iman Chaitoning xet-triki evaziga Suriya ayollar terma jamoasini 7:0 hisobida magʻlub etdi va turnirni uchinchi oʻrin bilan yakunladi. 2011-yilgi oʻzlarining ikkinchi WAFF ayollar chempionatida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Eron, Suriya va mezbon Birlashgan Arab Amirliklari ayollar terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olishdi. Eron terma jamoasiga qarshi birinchi oʻyinda 8:1 hisobida magʻlub boʻlgan Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Suriya termasi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi soʻnggi oʻyinda 5:0 hisobida magʻlub boʻldi va musobaqadan chiqib ketdi.
Farid Nujaim boshchiligidagi Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi AFC ayollar oʻrtasidagi 2014-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida ishtirok etdi. Bu ularning tashkil etilganidan sakkiz yil oʻtgan birinchi rasmiy saralash turniri edi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz guruhida Iordaniya, Oʻzbekiston va Quvayt terma jamoalari bilan oʻynashdi. Dastlabki oʻyinda Iordaniya ayollar terma jamoasiga 5:0 hisobida imkoniyatni boy berib, Oʻzbekiston ayollar terma jamoasiga 4:0 hisobida magʻlub boʻldi. Allaqachon musobaqadan chiqib ketgan Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Quvayt terma jamoasini 12:1 hisobida magʻlub etib saralash bosqichini uch ochko bilan yakunladi.
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2018-yilgi Osiyo kubogi saralashida Falastinning Gʻarbiy Sohilida Tailand, Xitoy Taypeyi, Guam va Falastin terma jamoalari bilan oʻynadi. Biroq, Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi „Isroilning hududni ishgʻol qilishini qonuniylashtiradi“ degan daʼvosiga norozilik ramzi sifatida oʻynashdan bosh tortdi va saralashdan chiqib ketdi.
2019-hozirgi kungacha thumb| Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi WAFF ayollar chempionati guruh bosqichida uchinchi oʻrinni taqdirlash marosimida Wael Gharzeddine boshchiligidagi Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi yanvar oyida 2019-yilgi WAFF ayollar chempionatida ishtirok etdi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz ishtirokini mezbon Bahrayn terma jamoasiga 3:2 hisobida magʻlub boʻlish bilan boshladi. Ikkinchi oʻyinda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi har bir boʻlimda kiritgan bittadan gol evaziga Birlashgan Arab Amirliklari jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Keyin Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Iordaniya terma jamoasiga 3:1 hisobida magʻlub boʻlishdi va Falastinni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruhda uchinchi oʻrinni egalladi.
Avgust oyida boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Arabiston ayollar kubogida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Misr, Tunis va Sudan terma jamoalari bilan oʻynadi. Tunis terma jamoasi bilan 0:0 hisobida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor durang oʻynadi. Keyingi oʻyinda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi mezbon Misr ayollar terma jamoasiga 4:0 hisobida magʻlub boʻldi. Guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Sudan ayollar terma jamoasini 5:1 hisobida magʻlub etdi va toʻrt ochko bilan oʻz guruhida uchinchi oʻrinni egalladi.
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashini 2021-yil oktabr oyida boshlagan va Myanma ayollar terma jamoasiga 4:0 hisobida magʻlub boʻlgan. Keyingi oʻyinlarda Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi 1:0 hisobidagi gʻalaba va Guam ayollar terma jamoasiga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalaba ularning tarixda ilk bor Osiyo kubogi turniri yoʻllanmasi uchun yetarli boʻlmadi va Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhida ikkinchi oʻrinni egallab, musobaqadan chiqib ketdi.
2022-yilning avgust-sentyabr oylari orasida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Hagop Demirjian boshchiligida Iordaniyada boʻlib oʻtgan 2022-yilgi WAFF ayollar chempionatida ishtirok etdi. Falastin ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Suriyaga qarshi soʻnggi oʻyinda 5:2 hisobida gʻalaba qozonishdan oldin mezbon Iordaniya ayollar terma jamoasiga 2:1 hisobida magʻlub boʻldi. Natijada Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta WAFF chempionatida ikkinchi oʻrinni egallashdi. Livanlik Lili Iskandar turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari
Hozirgi tarkib 2022-yilgi WAFF ayollar chempionatida quyidagi 23 nafar futbolchi Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan. Maʼlumotlar 2022-yil 4-sentabr holatiga koʻra berilgan (Suriya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyindan keyin)
PozitsiyasiFutbolchiTavalludi (yoshi)Oʻtkazgan oʻyinlarGollarKlubi1DarvozabonPerla Nasr (2001-08-17) 17-avgust, 2001 (yoshi 21)20link=Lebanese_Football_Association|alt=Lebanon|border|23x23px SAS2HimoyachiAmal Salha (2000-12-02) 2-fevral, 2000 (yoshi 21)40link=Lebanese_Football_Association|alt=Lebanon|border|23x23px Safa2HimoyachiRaquelle Nasr (1995-10-01) 1-oktabr, 1995 (yoshi 27)20link=Lebanese_Football_Association|alt=Lebanon|border|23x23px EFP2HimoyachiAya Jamal-Eddine (1997-10-11) 11-oktabr, 1997 (yoshi 25)140link=Lebanese_Football_Association|alt=Lebanon|border|23x23px Safa2HimoyachiJo-Anne Beaumier (1996-04-10) 10-aprel,1996 (yoshi 26)70link=Canadian_Soccer_Association|alt=Canada|border|23x23px Révolution FC2HimoyachiStephanie El Kazzi (2004-09-29) 29-sentabr, 2004 (yoshi 18)60link=Lebanese_Football_Association|alt=Lebanon|border|23x23px EFP2HimoyachiNour Noujaim (2004-02-06) 6-fevral, 2004 (yoshi 18)60link=United_States_Soccer_Federation|alt=United States|border|23x23px Iowa Raptors FC2HimoyachiRida Wahab (2004-02-14) 14-fevral, 2004 (yoshi 18)50link=Lebanese_Football_Association|alt=Lebanon|border|23x23px SAS3Yarim himoyachiCarla Abdel Khalek (2001-05-14) 14-may, 2001 (yoshi 21)50link=Lebanese_Football_Association|alt=Lebanon|border|23x23px BFA3Yarim himoyachiMaria Mansour (2003-06-23) 23-iyun, 2003 (yoshi 19)20link=Lebanese_Football_Association|alt=Lebanon|border|23x23px EFP4HujumchiAngie Saad (2000-08-11) 11-avgust, 2000 (yoshi 22)20link=Lebanese_Football_Association|alt=Lebanon|border|23x23px Safa4HujumchiGhiya Mtairek (2000-01-09) 9-yanvar,2000 (yoshi 22)30link=Lebanese_Football_Association|alt=Lebanon|border|23x23px Super Girls4HujumchiSamira Awad (2000-06-30) 30-iyun, 2000 (yoshi 22)152link=Lebanese_Football_Association|alt=Lebanon|border|23x23px Safa4HujumchiHanin Tamim (2000-04-05) 5-aprel,2000 (yoshi 22)145link=United_States_Soccer_Federation|alt=United States|border|23x23px Lander Bearcats4HujumchiYara Bou Rada (2000-08-07) 7-avgust, 2000 (yoshi 22)140link=Lebanese_Football_Association|alt=Lebanon|border|23x23px Safa4HujumchiYara Srour (1999-01-12) 12-yanvar,1999 (yoshi 23)00Erkin yoshint
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari
Eng koʻp oʻynagan futbolchilar thumb| Lara Bahlawan 17+ oʻyinda maydonga tushgan Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining uchinchi futbolchisidir. Reyting Futbolchi Oʻtkazgan oʻyinlar Gollar soni Faoliyat davri 1 Tagʻrid Hamada 22 2 2006-2015 Sara Bakri 22 7 2006-2017 3 Lara Bahlavan 17+ 3 2011—2021-yillar 4 Natali Matar 16+ 0 2015 — hozirgi kungacha 5 Sahar Dbuk 15+ 1 2007—2015-yillar Samira Avad 15 2 2008 — hozirgi kungacha Rana Al Mokdad 15 1 2017 — hozirgi kungacha 8 Hiba al Jaafil 14+ 3 2006-2013 Aya Jamol-Eddine 14 0 2017 — hozirgi kungacha Yara Bou Rada 14 0 2018 — hozirgi kungacha Hanin Tamim 14 5 2018 — hozirgi kungacha .
Eng yaxshi toʻpurarlar thumb| Oltita gol bilan Christy Maalouf Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatida ikkinchi oʻrinda turadi. ReytingFutbolchiGollar soniOʻtkazgan oʻyinlariBir oʻyinga toʻgʻri keladigan gollar soniFaoliyat davri1Sara Bakri7222006-20172Christy Maalouf6112021 — hozirgi kungacha3Nadia Assaf57+2007-2013Hanin Tamim5142018 — hozirgi kungacha5Iman Chaito33+2007Dima Al Kasti3112019 — hozirgi kungachaSyntia Salha3122021 — hozirgi kungachaHiba El Jaafil314+2006-2013Lara Bahlawan317+2011-2021 .
Xalqaro musobaqalarda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Livan ayollar terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Livan ayollar milliy terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 1991-yil Kiritilmadi Kiritilmadi 1995-yil 1999-yil 2003-yil 2007-yil 2011-yil 2015-yil Saralashdan oʻta olmadi 2014-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash turniri boʻlib xizmat qildi 2019-yil Chiqib ketdi Chiqib ketdi / 2023-yil Saralashdan oʻta olmadi 2022-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash turniri sifatida xizmat qiladi 2027 Aniqlanishi uchun 2026-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash turniri vazifasini oʻtaydi Jami - 0/9 - - - - - - Jami - - - - - -
Yozgi Olimpiada oʻyinlari