Igor Coronadoframeless Shaxsiy maʼlumotToʻliq ismiIgor Caique CoronadoTavallud sanasi1992-yil 18-avgust (yoshi 30)Talavallud joyiLondrina, BraziliyaBoʻyi1.70 m (5 ft 7 in)PozitsiyasiHujumkor yarim himoyachi Klub faoliyatiHozirgi klubiAl-IttihadRaqami10 Yoshlikdagi faoliyati2007-2011Milton Keynes Dons2011-2012Grasshoppers Professional faoliyatiYillarGollar2011(0)2012(1)2012-2016(32)2015-2016(8)2016-2017(11)2017-2018(9)2018-2021(41)2021-(4) Igor Coronado (talaffuzi: Igor Koronado) (1992-yil 18-avgustda tugʻilgan) — braziliyalik professional futbolchi, Saudiya Arabistoni Professional Ligasi „Al-Ittihod“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Dastlabki yillarda Coronado 2007-yilda 15 yoshida Angliyaning Milton Keyns Dons klubi akademiyasiga qoʻshilgan.2011-yilning 7-mayida, 18 yoshida, Igor Coronado 2010—2011-yilgi mavsumda „Oldxem Athletic“ jamoasiga qarshi kechgan klubning soʻnggi oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan edi.

2010—2011-yilgi mavsum tugaganidan keyin Coronado Shveysariyaning „Grasshoppers“ klubining zaxira jamoasiga qisqa muddatga qoʻshildi va shundan keyin Angliyaning yettinchi toifadagi „Banberi Yunayted“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Floriana 2012-yilning noyabrida Coronado Malta Premer-ligasi klubi Floriana jamoasiga qoʻshildi. Igor Coronadoning Floriana jamaosi safidagi ligadagi debyut oʻyinida jamoa 2012-yilning 10-noyabrida Melita jamoasi bilan mehmonda 2:2 hisobida durang oʻynadi. Igor Coronadoning klub uchun ligadagi birinchi goli 2012-yilning 10-dekabrida Balzanga qarshi oʻz uyida 3:1 hisobida gʻalaba qozonilganiada urilgan. Igor Coronadoning Floriana jamoasi uchun oʻyindagi uchinchi golni 48-daqiqada kiritildi. Klubdagi faoliyati davomida Coronado ligada 63 ta oʻyinda jami 32 ta gol urdi, shu jumladan, uchta xet-trik qayd etdi.

Trapani 2015-yilning 12-avgustida Coronado Italiya B seriyasining „Trapani“ klubiga bir mavsumga ijara asosida qoʻshildi. 2015-yil 6-sentyabrda Igor Coronado klubdagi debyutini oʻtkazdi va oʻz maydonida „Ternana“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Igor Coronadoning ushbu klub uchun ligadagi birinchi goli ham oʻsha oʻyinda 52-daqiqada kiritildi.

Palermo 2017-yilning 11-iyulida Coronado toʻrt-yillik shartnoma asosida Italiya B Seriyasining yangidan shakllanib kelayotgan „Palermo“ klubiga qoʻshildi. Igor Coronadoning ligadagi debyut oʻyini 2017-yilning 26-avgustida Spezia Calcio jamoasiga (2:0) qarshi oʻtkazildi. Igor Coronado oʻsha oʻyinda golli uzatmani amalga oshirib, Iliya Nestorovskining 52-daqiqada gol urishiga yordam berdi. Igor Coronadoning „Palermo“ safidagi birinchi ligadagi goli 2017-yilning 9-sentyabrida „Empoli“ga qarshi oʻyinda (3:3) kiritilgan. Igor Coronadoning goliga Eddi Gnahore assistentlik qildi va Igor Coronado ushbu golini oʻyinning 14-daqiqasida kiritildi. Igor Coronadoning „Palermo“ uchun birinchi ligadagi xet-trigi 2018-yilning 25-martida „Karpi“ jamoasi ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonganida kiritildi.

Al-Ittihod Sharja jamoasi safida uch-yil oʻynagach, Coronado 2021-yilning iyul oyida Saudiya Arabistoni Professional Ligasi Al-Ittihod klubiga 12 million dollar evaziga qoʻshildi.

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiAFC chempionlar ligasiJamiDivisionOʻtkazgan oʻyinlariGolOʻtkazgan oʻyinlariGolOʻtkazgan oʻyinlariGolOʻtkazgan oʻyinlariGolOʻtkazgan oʻyinlariGolFloriana2012-13Malta Premier Ligasi211310——22132013-14Malta Premier Ligasi311410——32142014-15Malta Premier Ligasi11500——115Jami633220——6532Trapani (ijara asosida)2015-16Italiya B Seriyasi41810——428Trapani2016-17Italiya B Seriyasi341121——3612Jami751931——7820Palermo2017-18Italiya B Seriyasi29610——306Jami29610——306Sharjah2018-19UAE Pro-Liga26173032—32192019-20UAE Pro-Liga11720534222122020-21UAE Pro Liga25173200303119Jami62417284728449Al-Ittihad Club (Jeddah)2021-22Saudiya Arabistoni Professional Ligasi124101000144Jami124101000144Karyera jami2411021439472271111

Yutuqlari Floriana

Malta yozgi kubogi: 2013-yil 

Sharja FC

Arabiston koʻrfazi ligasi: 2019-yil Arab koʻrfazi Superkubogi: 2019-yil

Individual

Malta Premer-ligasining eng yaxshi xorijlik futbolchisi: 2013 Saudiya Arabistoni Professional Ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2021-yil sentyabr

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar