Story Musgrave (1935-yil 19-avgustda tugʻilgan) — amerikalik shifokor va nafaqadagi NASA astronavti. U ommaviy maʼruzachi va Kaliforniyadagi Disneyning Imagineering guruhi va Applied Minds kompaniyasining maslahatchisi hisoblanadi. 1996-yilda Musgrave oltita kosmik parvozda uchgan ikkinchi kosmonavt boʻldi.

Yoshligi Musgrave 1935-yilning 19-avgustida kichik Percy Musgrave (1903—1973) va Marguerite Warton Musgravening (née Swann; 1909–1982) oilasida tugʻilgan. U Massachusets shtatining Stockbridge shahrida oʻsgan, ammo Lexingtonni (Kentucky) oʻzining ona shahri deb biladi.

Uning 4-chi bobosi William Gray edi. Bobosi 1810—1812-yillarda Massachusets leytenant gubernatori, Massachusets shtati vakili va senatori boʻlgan. Uning birinchi amakivachchasi, Horace Gray, 1864-yildan 1882-yilgacha Massachusets Oliy sudi sudyasi va 1882-yildan 1902-yilgacha Qoʻshma Shtatlar Oliy sudi sudyasi boʻlgan.

Musgrave 1947-yildan 1953-yilgacha Massachusets shtatining Brookline shahridagi Dekster Sautfild maktabida va Massachusets shtatining Sautboro shahridagi Sent-Mark maktabida tahsil olgan. U oʻzining yuqori kursida avtohalokatga uchragan hamda „muhim ahamiyatga ega boʻlgan bitiruv oldi imtihonlarini oʻtkazib yuborishiga majbur boʻlgan“.

Tashkilotlar U Fuqaro aviatsiyasi tibbiyot assotsiatsiyasi, Parvoz shifokorlari uyushmasi, Xalqaro kosmonavtika akademiyasi, dengiz piyodalari aviatsiyasi assotsiatsiyasi, Milliy Aeronavtika Assotsiatsiyasi, Milliy Aerokosmik Taʼlim Kengashi, Milliy Geografiya Jamiyati, Harbiy- dengiz kuchlari ligasi, New-York Fanlar akademiyasi, Hyustondagi Samolyotlar klubi, Amerika Qoʻshma Shtatlari Parashyutlar Uyushmasi aʼzosi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti Uning yetti nafar farzandi bor, ulardan biri vafot etgan. Uning sevimli mashgʻulotlari: shaxmat, uchish, bogʻdorchilik, adabiy tanqid, sheʼriyat, mikrokompyuterlar, fotosurat, kitob oʻqish, yugurish, suvga shoʻngʻish va suvda uchish hisoblandi.

Manbalar

Turkum:Amerikalik fazogirlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1935-yilda tugʻilganlar Turkum:NASA Turkum:Kosmonavtlar