Charlie Hunnam (; 1980-yil 10-aprelda tugʻilgan; Nyukasl apon Tayn, Angliya, Buyuk Britaniya) — ingliz aktyori.
Hayoti Charlie Hunnam 1980-yil 10-aprel sanasida Nyukasl-apon Tayn shahrida tavallud topgan. Charliening otasi Uilyam „Billi“ Hunnam (1952—2013) temir sotuvchisi boʻlib ishlagan, otasi Charlie 2 yoshligidayoq oilasini tashlab ketgan. Onasi Jeyn Bell esa balerina hamda oʻzining shaxsiy biznes faoliyatini olib borgan. Charliening soʻzlariga koʻra, onasi yolgʻiz ona sifatida farzandlariga juda yaxshi tarbiya bera olgan.. Charliening katta akasi Uilyam hamda ikkita kichik oʻgay ukasi Oliver va Kristianlar boʻlgan. Charlie 12 yoshligida, onasi turmushga chiqgach, Charlie Kambriyaning Melmerbi qishlogʻiga koʻchib oʻtdi. Buvilaridan biri portret chizgan.
Charlie mizofobiya, mikroblar va iflosliklardan qoʻrqardi. Yoshligida u regbi oʻynagan va sinfdoshlari bilan jang qilgan, shuning uchun u Kumbriyaning Penrit shahridagi Qirolicha Yelizaveta Grammatika maktabidan haydalgan, bu esa uni imtihonni uyda topshirishiga sabab boʻlgan. Shundan soʻng u Karlayldagi Kembrey sanʼat va dizayn kollejiga oʻqishga kirdi (hozirgi Kambriya universiteti tarkibiga kiradi), u yerda kino nazariyasi va tarixi boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlib, kelajakdagi oʻz filmlarini suratga olish rejasini tuzgan.
Shaxsiy hayoti 1999-yili Hunnam aktrisa Katharine Towne bilan uchrashdi. Ular uch haftalik munosabatlardan keyin Las-Vegasda turmush qurishdi va 2002-yilda ajrashishdi. Hunnam, shuningdek, model Sophie Dahl, aktrisa Stella Parker va kinoprodyuser Georgina Townsley bilan munosabatlarga ega edi.
2016-yilda aktyor jiu-jitsu bilan shugʻullana boshladi va 2018-yil oktyabr oyida koʻk kamarga ega boʻldi.
Filmografiyasi Yil Film Rol Izohlar 1999 Whatever Happened to Harold Smith? Daz 2002 Abandon Embry Larkin 2002 Nicholas Nickleby Nicholas Nickleby 2003 Cold Mountain Bosie 2005 Green Street Hooligans Pete Dunham 2006 Children of Men Patric 2011 The Ledge Gavin Nichols 2012 3,2,1... Frankie Go Boom Frankie 2012 Deadfall Jay 2013 Pacific Rim Raleigh Becket 2015 Crimson Peak Alan McMichael 2016 The Lost City of Z Percy Fawcett 2017 King Arthur: Legend of the Sword Qirol Arthur 2018 Papillon Henri Charrière 2019 A Million Little Pieces Bob Frey Jr. 2019 Triple Frontier William 'Ironhead' Miller 2019True History of the Kelly Gang Sergeant OʻNeill 2019 Jungleland Stanley Kaminski 2019 The Gentlemen Raymond Smith 2022 Last Looks Charlie Waldo 2023 Rebel Moon
Manbalar
Turkum:Angliyalik erkak aktyorlar Turkum:Angliyalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:10-aprelda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar