Nikola Lazarević (, Nikola Lazareviћ; 1978-yil 29-yanvarda tugʻilgan) – serbiyalik futbol murabbiyi, UEFA Pro litsenziyasi sohibi.

Faoliyati Murabbiylik faoliyatini 21 yoshida boshlagan. 2008-yilda „Kar-Konstantin“ga yordamchi murabbiy boʻldi, 2009-yilda „Radnički Niš“da ishladi. 2012-yilda Tojikistonga taklif etildi va bir yillik shartnoma asosida "Istiqlol" FK murabbiylar shtabiga yordamchi murabbiy etib tayinlandi. 2013-yilda Tojikiston terma jamoasida xuddi shunday vazifaga tayinlandi.

Lazarevic oʻzining birinchi bosh murabbiyligini 2013-yilning yozida boshladi. „Kar-Konstantin“ga qaytib, ularga bir yil murabbiylik qildi.

2014-yil davomida Lazarevich Xitoyga keldi. 2015-yilda „Shenzhen Ruby“ yoshlar jamoasiga murabbiylik qildi va ularga mavsum davomida Tojikiston ligasi, Tojikiston kubogi va Tojikiston Superkubogini yutishda yordam berdi. Oʻsha yili „Istiqlol“ OFK kubogida ishtirok etib, ikkinchi oʻrinni egallagan.

2016-yilning 13-iyulida „Istiqlol“ Lazarevichni yangi bosh murabbiy sifatida eʼlon qildi. „Istiqlol“ 2017-yilgi mavsum uchun yangi klub boshqaruvchisini eʼlon qilganidan soʻng, yil oxirida klubni tark etdi.

„Istiqlol“dan ketgach, Lazarevic 2017-yilda „FK Chetinye“ga bosh murabbiy etib tayinlangan va oʻsha yili bu lavozimni tark etgandi.

2018-yil boshida Lazarevic Xitoy futbol federatsiyasi loyihasi – „BSU“ futbol klubida „Barselona“ sobiq prezidenti Joan Laporta va ispaniyalik sobiq murabbiy Victor Muños bilan birga ishladi.

2019-yilning 21-dekabr kuni Lazarevich „Xoʻjand“ klubining murabbiyi etib tayinlandi. Uning yutugʻi 2020-yilgi OFK kubogi guruh bosqichi va Tojikiston Superkubogidagi ishtiroki edi.

2020-yil 15-dekabrda Lazarevic Liviyaning 2020-yilgi chempioni, Al-Nasr klubining yangi sport direktori boʻldi. Sport direktori lavozimida ishlagan davrda koʻpincha xavfsizlik sababli Liviyadan tashqarida boʻlgan.

2021-yil mart oyi boshida unga „Al-Taavun“ klubi murabbiylar shtabiga kirish taklifi tushdi va 11-mart kuni rasman Saudiya Arabistoni klubining yordamchi murabbiyiga aylandi.

2021-yil oxirida Samarqandning „Dinamo“ futbol klubi murabbiyi etib tayinlandi.

2022-yilda Navoiy viloyatining „Qizilqum“ futbol klubi murabbiyi etib tayinlandi.

2023-yilda Tojikistonning „Istiqlol“ futbol klubi murabbiyi etib tayinlandi.

2024-yil 15-mart kuni „Istiqlol“ Lazarevich bir yillik shartnoma asosida yangi bosh murabbiy etib tayinlanganini eʼlon qilgan.

2024-yil 26-dekabrda yana Navoiy viloyatining „Qizilqum“ futbol klubi murabbiyi boʻldi. U 2025-yilgi Superliga mavsumida 11 turdan soʻng oʻz lavozimini tark etdi.

Yutuqlar

Klub

Istiqlol

Tojikiston ligasi (1): 2016 Tojikiston kubogi (1): 2016 Tojikiston Superkubogi (1): 2024

Manbalar

Havolalar Nikola Lazarevich Tojikiston futbolida muvaffaqiyai Juzne Vesti rasmiy saytida Nikola Lazarevich Iordaniyada Tojikiston terma jamoasi bilan TFF rasmiy saytida Nikola Lazarević Transfermarkt saytida

Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Qizilqum futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Serbiyalik futbol murabbiylar Turkum:Serbiya va Chernogoriyadagi futbol murabbiylar Turkum:Istiqlol Dushanbe klubi murabbiylari Turkum:Xoʻjand klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari Turkum:Serbiyalik muhojir futbol murabbiylar Turkum:Xitoydagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Chernogoriyadagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Tojikistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir futbol murabbiylar