„Stay“ — avstraliyalik reper the Kid Laroi va kanadalik ashulachi Justin Bieberning qoʻshigʻi. Qoʻshiq Grade A Productions va Columbia Records leybli tomonidan 2021-yil 9-iyulda Laroining qayta yuklangan „F*ck Love 3: Over You“ albomida bosh singl sifatida chiqarilgan. Laroi va Bieber qoʻshiqni Haan, FnZ jamoasi aʼzolari Finatik & Zac va prodyuserlar Cashmere Cat, Charlie Puth, Omer Fedi va Blake Slatkin bilan hamkorlikda yozgan.
„Stay“ Billboard Hot 100 roʻyxatining eng yuqorisidan joy olgan va Laorining Billboard xit-paradida birinchi oʻrinni egallagan birinchi Bieberning esa sakkizinchi qoʻshigʻi boʻlgan. Undan tashqari qoʻshiq Billboard Global 200 reytingida birinchi oʻrinni egalladi. Trek 22 ta mamlakatda, jumladan, Avstraliya va Kanada, shuningdek, Germaniya, Hindiston, Gollandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Janubiy Koreya va Shvetsiya chartlarida ham birinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, boshqa 18 ta mamlakatda kuchli oʻntalikka kirdi. Qoʻshiq Spotify platformasida ikki milliard martta eshitilgan singlga aylandi. 2021-yil ARIA Music Awards taqdirlash marosimida qoʻshiqqa „Eng yaxshi pop-musiqa uchun“ nominatsiyasida ARIA mukofoti berildi, Laroi va Bieber esa „Eng yaxshi ijrochi uchun“ ARIA mukofotini qoʻlga kiritishdi. 2022-yilgi APRA Music Awards marosimida qoʻshiqqa „Yil qoʻshigʻi“ mukofoti berildi.
Laroi 2020-yil 20-sentyabrda qoʻshiqning bir parcha kuyini Instagram sahifasida jonli efirida ulashgan. Bieberning qoʻshiqqa qoʻshgan hissasi 2021-yil 31-mayda maʼlum boʻlgan. Qoʻshiq 2021-yil 2-iyun kuni Discord serverida toʻliq talqinda uzatilgan.
„Stay“ — bu pop rap, pop-rok va sint-pop janridagi qoʻshiq hisoblanadi.
Mukofotlari Yil Tashkilot Mukofot Natija Manba (lar) 2021 MTV Video Music Awards Song of Summer ARIA Music Awards Best Artist Best Pop Release 2022 Nickelodeon Kids' Choice Awards Favorite Music Collaboration APRA Music Awards Song of the Year Billboard Music Awards Top Hot 100 Song Top Streaming Song Top Radio Song Top Collaboration Top Billboard Global 200 Song Top Billboard Global (Excl. U.S.) Song
Chartlar Chart (2021) Eng yuqori pozitsiyasi Manbalar
Turkum:2021-yil qoʻshiqlari Turkum:2021-yil singllari Turkum:Justin Bieber qoʻshiqlari Turkum:Canadian Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Daniyada birinchi oʻrinni egallagan singllar