Munisa Rizayeva (1986-yil 21-oktyabrda tugʻilgan) – oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist. „Koʻzlarim yana“, „Aha-oho“, „Hollywood“, „Sekin-asta“, „Ey samo“, "Armon", "Yomg'ir' qoʻshiqlari ortidan shuhrat qozongan.

Hayoti Munisa Rizayeva 1986-yil 21-oktyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Bolaligidan musiqa va raqsga qiziqib kelgan. Onasi uni mashhur raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedovaga shogirdlikka bergan. Otasi esa uning qoʻshiqchi boʻlishini xohlamagan, ammo u yana boshqa musiqa kurslariga ham borgan. Maktabda oʻqiyotgan vaqtida u oilasi bilan Londonga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik esa London joylashgan Thames Valley universitetida musiqa sohasida oʻqigan. Keyin esa ikkinchi yoʻnalish sifatida Angliyaning boshqa bir nufuzli universitetida Mehmonxona biznesi va turizm yoʻnalishida ham taʼlim olgan. Uning Toshkent shahrida joylashgan mehmonxonasi bor.

Munisa Rizaeva 2023-yil 7-sentyabrda Belaruslik Arseniy Moroz bilan turmush qurdi.

2024-yil 24-noyabrda oʻgʻil farzand dunyoga keltirgan.

Ijodiy faoliyati 2010-yilda Oʻzbekistonga qaytgan Munisa Rizaeva 2011-yildan boshlab sahnaga chiqishni boshladi. 2012-yilda ilk albomini taqdim etdihttps://music.apple.com/us/artist/munisa-rizayeva/1007353389?l=ru.

U bir nechta filmlarda ham rol oʻynagan. Jumladan, „Hay-hay qizaloq“ (2012) va „Salom Natasha“ (2014) kabi filmlarda bosh rollarda namoyon boʻlgan.

Mukofotlari 2021-yilda Shuhrat medali bilan taqdirlangan.

2026-yil 28-mayda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Toshkent shahrida tugʻilganlar Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar