Ilya Aleksandrovich Kulik (ruscha: Илья Александрович Кулик; 1977-yil 23-mayda) — rossiyalik figurali uchuvchi. 1998-yilgi Olimpiya chempioni, 1995-yilgi Yevropa chempioni, 1997—1998-yillardagi Gran-pri finali chempioni va 1995-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempini boʻlgan.

Faoliyati Kulik besh yoshida konkida uchishni boshlagan. 1994-yil noyabr oyida 1995-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionligini qoʻlga kiritgan va bir necha oy oʻtgach, 17 yoshida 1995-yilgi Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan. U oʻzining ilk kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida toʻqqizinchi oʻrindan joy olgan. Keyingi mavsumda 1996-yilgi jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Kulik 1997—1998-yilgi mavsumda 1997-yilgi NHK Trophy musobaqasida oltin va 1997-yilgi Skate Canada International musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritib, Chempionlar seriyasi finaliga (hozirgi Gran-pri finali sifatida tanilgan) oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u Rossiya milliy chempionligini qoʻlga kirigan, ammo belidagi muammolar tufayli 1998-yilgi Yevropa chempionatini oʻtkazib yuborgan. Kulik 1998-yilgi Olimpiya oʻyinlarida qisqa va erkin dasturlarda birinchi oʻrinni egallab, 20 yoshu 267 kunligida Olimpiya chempionligini qoʻlga kiritdi va figurali uchish boʻyicha eng yosh Olimpiya chempionlaridan biriga aylandi.

Kulik 1998-yilgi jahon chempionatida belidagi jarohati tufayli qatnashmadi. U sport faoliyatini toʻxtatib, koʻproq shoularda chiqishga eʼtibor qaratdi. Kulik „Stars on Ice“ shousida qatnashgan, 2009-yilgi „All Stars“ va „Festas on Ice“ shoularida ham hakam boʻlgan. 1999-yilda rafiqasi Yekaterina Gordeyeva bilan juftlikda konkida uchgan.

Kulik 2000-yilda „Center Stage“ baletiga bagʻishlangan filmda rossiyalik raqqos Sergey rolini oʻynab, qisqa vaqt ichida aktyorlikka ham qilgan.

2012-yilda Kulik va Gordeyeva Kaliforniyadagi Lake Forestda konkida uchish maydonchasini ochishdi.

Kulik Michael Christian Martinesning sobiq murabbiyi boʻlgan

Natijalari Xalqaro Tadbir 1992-93 1993-94 1994-95 1995-96 1996-97 1997-98 Olimpiada 1 Jahon chempionati 9 2 5 Yevropa chempionati 1 3 4 CS Final 4 4 1 NHK Trophy 2 1 Skate America 6Skate Canada 2 2 Trophée de France 1 Finlandia Trpophy2 Carl Schafer xotirasi 3 Nebelhorn Trophy 1 Xalqaro: Oʻsmirlar Oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati 3 11 1 Milliy Rossiya chempionati 2 2 1 1

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar