Joseff John Morrell () (1997-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — uelslik professional futbolchi. Joseff Morrell „Portsmouth“ futbol klubi va Uels milliy futbol terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Morrell oʻz faoliyatini Thornburydagi „The Castle“ maktabida oʻqiyotgan paytda „Bristol City“ futbol klubining yoshlar jamoasida boshlagan va 2012-yilning dekabr oyida „Liverpool“ futbol klubiga oʻtish taklifini rad etganidan soʻng „Bristol City“ futbo klubi bilan professional shartnoma imzolagan. Joseff Morrell klub sagfidagi ilk oʻyinini 2013-yil 8-oktabrda „Wycombe Wanderers“ futbol klubiga qarshi (2:1 hisobida magʻlubiyat) uchrashuvda oʻtkazgan.
2016-yil avgust oyida Joseff Morrell Milliy Liga vakili „Sutton United“ futbol klubi safiga dastlab bir oylik ijaraga oʻtishi eʼlon qilindi. Joseff Morrell 2016-yil 13-avgust kuni Sincil Bankda „Lincoln City“ futbol klubi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda 61 daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Jurnalistlardan biri Morrellni „umumiy raqobatbardosh debyut oʻyinchi“ deb taʼrifladi. U 2016-yil sentyabr oyi boshida asosiy klub safiga qaytishdan oldin „ Torquay United“ va „Maclesfield Town“ futbol klublariga qarshi gʻalabali oʻyinlarda maydonga tushdi.
2017-yilning 24-fevralida Joseff Morrell „Margate“ futbol klubi safiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi. Joseff Morrell klub safida „Whitehawk“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (2:0 hisobida magʻlubiyat) ilk oʻyinini oʻtkazdi.
Cheltenham Town (ijara) 2017-yilning 30-avgustida Morrell 2018-yilning yanvarigacha ijara asosida „Cheltenham Town“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Uning klubdagi birinchi goli „Mansfield Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:0 hisobida gʻalaba) kiritildiMorrell goals 2017/18.
Lincoln City (ijara) 2019-yilning 27-iyunida Morrell 2020-yilning mayigacha „ Lincoln City“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. U oʻzining birinchi golini 2020-yil 14-yanvarda „Bolton Wanderers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (5:1) urdi, ammo keyinchalik bu gol Josh Emmanuelning avtogoliga aylandiMorrell first Lincoln goal.
2020-yil 7-mart kuni Morrell klub uchun oxirgi oʻyinini „Burton Albion“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi, chunki mavsum COVID-19 pandemiyasi tufayli erta bekor qilingan edi.
2020-yil iyun oyida Morrell „Lincoln City“ futbol klubida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bristol Cityga qaytish 2019-yilning noyabrida Joseff Morrell „Bristol City“ futbol klubi bilan yangi shartnoma imzoladi.
Luton Town 2020-yil 15-oktyabrda Joseff Morrell nomaʼlum toʻlov evaziga „Luton Town“ futbol klubi safiga qoʻshildiMorrell joins Luton.
Portsmouth 2021-yil 9-avgustda Morrell „Portsmouth“ futbol klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga 3 yillik shartnoma bilan (12 oylik uzaytirish bandi ham mavjud) qoʻshildi.
Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Boʻlim Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarBristol City2013—2014Birinchi liga00000010102014—2015Birinchi liga00000000002015—2016Chempionat000000—002016—2017Chempionat000000—002017—2018Chempionat000010—102018—2019Chempionat103000—402019—2020Chempionat000000—00Jami1030101060Sutton United (ijara)2016—2017Milliy liga3000—0030Margate (ijara)2016—2017Milliy liga2000—0020Cheltenham Town (ijara)2017—2018Ikkinchi liga383100000393Lincoln City (ijara)2019—2020Birinchi liga290102000320Luton Town2020—2021Chempionat1001000—110Portsmouth2021—2022Birinchi liga3601000203902022—2023Birinchi liga70000030100Jami430100050490Jami12636030601423 Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Uelslik erkak futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari