Anvar Salihovich Ikromov – Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi.

Hayoti Ikromov Anvar Salihovich 1934-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.

Taʼlim

Ikromov Toshkent Toʻqimachilik instituti hamda Toshkent oliy partiya maktabini tugatgan.

Mehnat faoliyati

Ikromov 1958-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1958-1991-yillarda – Toshkent viloyatidagi jut-kenaf fabrikasi ustasi, boshliq oʻrinbosari, „Zarya Vostoka“ zavodi sehi boshligʻi, badiiy mahsulotlar zavodi bosh muhandisi, konstruktorlik byurosi bosh muhandisi vazifalarida mehnat qilgan. Shuningdek, Ikromov Anvar „Yulduz“ kiyim-kechak fabrikasi bosh muhandisining oʻrinbosari, partiya qoʻmitasi kotibi, charm-moʻyna fabrikasi direktori, shahar komiteti boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Kompartiyasi Hamza tuman qoʻmitasi birinchi kotibi lavozimlarida ham ishlagan. Qolaevrsa, Ikromov Anvar Salihovich Ukraina Kompartiyasi (KP) boʻlim mudiri, kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR yengil sanoat vaziri ham boʻlgan.

Davlat va siyosat arbobi Ikromov Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 10-va 11-chaqiriqlari deputati, SSSR xalq deputati etib saylangan.

Vafoti

Anvar Ikromov 2024-yil fevral oyida Toshkent shahrida vafot etgan.

Manbalar

Ikromov

Turkum:Oʻzbekiston vazirlari Turkum:Oʻzbekiston SSR siyosatchilari Turkum:Oʻzbekiston SSR yengil sanoat vazirlari Turkum:1934-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston SSR tumanlaridan saylangan SSSR xalq deputatlari Turkum:Kishilar Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi a’zolari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi tuman qoʻmitalari birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbek iqtisodchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar