Baurjan Turisbek () (1991-yil 15-oktyabrda tugʻilgan) — qozogʻistonlik yarim himoyachi. Xalqaro maydonda Qozogʻiston terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Faoliyati

Klub Turisbek oʻz faoliyatini „Sunqor“ klubida boshlagan. Ilk futbol bilimlarini ham „Sunqor“ klubining yoshlar akaademiyasida boshlagan. U Qozogʻiston Premyer-ligasida 13 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urganBauyrzhan Turysbek at National-Football-Teams.com. 2014-yilning birinchi yarmida u Semeyning Spartak jamoasi bilan shartnoma imzolab klub safiga qoʻshilgan. 2014-yilning yozida u Serbiya Superligasining „Radnički Niš“ jamoasi bilan shartoma imzolab Serbiyaga joʻnab ketgan. U Jelen SuperLigasidagi debyutini 2014-yilning 29-sentyabrida Radnički Nish safida safar oʻyinida „Spartak Subotica“ jamoasiga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida magʻlub etgan. U oʻyinning 85-daqiqasida Vladan Pavlovich oʻrniga 44-raqamli libosda maydonga tushgan. U 2014/2015-yilgi mavsumning birinchi yarmida Radnički Niš bilan 4 ta oʻyinda maydonga tushgan, keyinchalik Qozogʻistonga qaytib, 2015-yil boshida „Jetisu“ tarkibiga qoʻshilib Qozogʻiston Premyer Ligasida oʻyinga tusha boshlaganBauyrzhan Turysbek at FC Zhetysu official website, retrieved 25-4-2015 .

2016-yilning 21-iyunida Turisbek "Qayrat" klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzolagan.

2018-yilning 11-yanvar kuni „Tobol“ klubi Turisbek bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati 2017-yilning 10-iyunida u Qozogʻiston milliy terma jamoasi tarkibida Daniyaga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinida ishtirok etgan, biroq bu oʻyinda zahira oʻrindigʻida qolgan, murabbiy uni maydonga tushirmagan.

U keyingi saralash oʻyinida ham terma jamoagaa chaqirilgan. Bu safar futbolchi 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. Bu oʻyin 2017-yil 1-sentyabr kuni Chernogoriyaga qarshi oʻtkazilgan. Oʻyinda Chernogoriya 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. U terma jamoadagi ilk golini Ruminiyaga qarshi oʻyinda (3:1) kiritgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSunkar2009Qozogʻiston Birinchi Ligasi19110--20120108300--83201115321--1742012Qozogʻiston Premyer Ligasi13110--1412013Qozogʻsiton Birinchi Ligasi28820--308Total831661----8917Spartak Semey2014Qozogʻiston Premyer Ligasi13000--130Radnički Niš2014—2015Serbiya Super Ligasi4010--50Jetisu2015Qozogʻiston Premyer Ligasi26421-10295201617220--192Total43641--10487Qayrat2016Qozogʻiston Premyer Ligasi902011001212017145403000215Jami235604100336Tobol2018Qozogʻiston Premyer Ligasi3042141 -36620193083320 -3511Jami60125461--7117Karyerada jami2263922610211025947 Qozogʻiston terma jamoasi YilOʻyin Gol 2017 3 2 2018 5 1 Jami 8 3

Xalqaro maydondagi gollari # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2017-yil 5-oktyabr Ilie Oană stadioni, Ployeşti, Ruminiya 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 2. 2017-yil 8-oktyabr Astana Arena, Ostona, Qozogʻiston 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 3. 2018-yil 16-oktyabr Astana Arena, Ostona, Qozogʻiston 2 — 0 4-0 2018—2019 UEFA Millatlar ligasi D

Yutuqlari

Sunkar

— Qozogʻiston Birinchi divizioni : 2011

Qayrat

— Qozogʻiston kubogi : 2017

— Qozogʻiston Superkubogi : 2017

Manbalar

Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Olmaotada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Sunkar futbolchilari Turkum:FC Yelimay futbolchilari Turkum:FK Radnički Niš futbolchilari Turkum:Jetisu klubi futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:Qayrat yoshlar klubi futbolchilari Turkum:FC Tobol jamoasi futbolchilari Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari Turkum:Taraz klubi futbolchilari Turkum:FC Atirau futbolchilari Turkum:FK Xon-Tengri futbolchilari Turkum:FC Ulitau futbolchilari Turkum:Qozogʻiston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serbiyadagi muhojir erkak futbolchilar