Vasila Sodiqovna Sodiqova — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Biografiyasi Vasila Sodiqovna Sodiqova 1914-yilda tugʻilgan. 1940-yildan KPSS aʼzosi hisoblangan.

1933-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1933—1981-yillarda doʻkon mudiri, Toshkent shahar oziq-ovqat savdosi xodimi, Toshkent shahar tuman ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyati qoʻmitasi kotibining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Chinoz tuman qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisining oʻrinbosari hamda Oʻzbekiston SSRning Ijtimoiy taʼminot vaziri lavozimlarida ishlagan.

V.Sodiqova shuningdek, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 2- va 10-chaqiriqlar ideputati etib saylangan.

Vovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Vasila Sodiqovna 1987-yilda vafot etgan.

Manbalar

Havolalar Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari: Oʻninchi chaqiriq. (Qisqacha biografik maʼlumot). — T.: Oʻzbekiston, 1981. — S. 99. Ordenlari Sodiqova

Turkum:1914-yilda tugʻilganlar Turkum:1987-yilda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi tuman qoʻmitalari birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 8-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 10-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar