Cristian Fiél (; 1980-yil 12-martda tugʻilgan) — nemis-ispaniyalik futbol murabbiyi, sobiq yarim himoyachi. Oxirgi marta Dresdenning „Dynamo“ klubini boshqargan.
Faoliyati Faoliyatini oʻzi tugʻilgan Baden-Vyurtembergdagi turli klublarida boshlagan. 1997-yilda „Stuttgarter Kickers“ga qoʻshildi. 2000-yil aprel oyida Valdhof Mannheimga qarshi oʻyinda Alexander Blessin oʻrniga maydonga tushib debyut qildi. 1999—2000-yilgi mavsumda yana uchta oʻyinda maydonga tushdi. Keyingi mavsumda asosiy jamoaning doimiy oʻyinchisiga aylandi va 23 oʻyinda ikkita gol urdi. Klub oʻsha mavsumda quyi ligaga tushib ketdi.
Keyin Fiél 1.FC Union Berlin qoʻshilib 33 ta oʻyinda 7 ta gol urdi. Keyingi mavsumda Union moliyaviy muammolarga duch keldi va oʻyinchilarni sotishga majbur boʻldi. Fiél VfL Bochumga sotildi va Bundesligada oʻynash uchun birinchi imkoniyatga ega boʻldi. 2002—2003-yilgi mavsumda „Union Berlin“ safida 16 ta va „Bochum“ tarkibida 7 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Fiél Bundesligadagi debyutini 2003-yil yanvar oyida 1. FC Nürnberg klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Mavsum tugaguniga qadar yana beshta oʻyinda maydonga tushdi. 2004-yilning yanvarida 2. Bundesliga klubi Alemannia Aachen bilan shartnoma imzoladi. 2004-yilgi DFB-Pokal finalida 73-daqiqada Willi Landgraf oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi.
2005—2006-yilgi mavsumda Aachen ikkinchi oʻrinni egalladi va Bundesligaga koʻtarildi. 2006—2007-yilgi mavsumda 30 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Fiél yana uch mavsumni ikkinchi divizionda „Aachen“da oʻtkazdi. 2010-yil Dynamo Dresdenga qoʻshildi. 2010—2011-yilgi mavsumda 23 ta oʻyinda maydonga tushdi. Fiél 2011-yilning yozida Thomas Hübener ketganidan soʻng „Dynamo“ sardori etib tayinlandi.
Fiél 2015-yilning yozida nafaqaga chiqdi.
Murabbiylik faoliyati 2015-yil yozida oʻyinchi sifatida nafaqaga chiqqanidan soʻng, Fiél Dresdenning „Dynamo“ siga yoshlar murabbiyi sifatida ishga qabul qilindi. 2018-yilning 23-avgustida vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimini egalladi. 2018-yilning 11-sentyabrida ishdan boʻshatildi. 2019-yil 24-fevralda yana Dresden bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2019—2020-yilgi 2. Bundesligada jamoasi soʻnggi oʻringa tushib qolganidan keyin 2019-yilning 2-dekabrida klubni tark etdi.
Faoliyat statistikasi
Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiManbaDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarStuttgarter Kickers1999—20002. Bundesliga4010——50 2000—200123200——232 Jami27210—282—Union Berlin2001—20022. Bundesliga3373140—408 2002—200315111—162 Jami4884240—5610—VfL Bochum2002—2003Bundesliga6010——70 Alemannia Aachen2003—20042. Bundesliga15130——181 2004—20052422060—322 2005—200626110——271 2006—2007Bundesliga30230——332 2007—20082. Bundesliga27220——292 2008—200928210——292 2009—201029120——311 Jami1791114060—19911—Dynamo Dresden2010—20113. Liga23000—21251 2011—20122. Bundesliga241—20—261 2012—201323110—21262 2013—201417100——171 2014—20153. Liga21020——230 Jami108350—421175—Jami faoliyati368242521004240728— Murabbiylik statistikasi
JamoaBoshlashYakunlashNatijaOʻGʻDMGʻalaba %Dynamo Dresden23.08.201811.09.20181001000.00 Dynamo Dresden24.02.20192.12.20199342033.33 Jami10343030.00—
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar