Fernando Matias Sampedri (; 1988-yil 14-fevralda Chaxari shahrida tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Universidade Católica“ futbol klubi hujumchisi.
Klublardagi faoliyati thumb|253x253px| Fernando Zampedri „Atlético Tucumán“ futbol klubi safida Fernando Zampedri faoliyatini „Atlético Rafaela“ futbol klubida boshlagan. 2008-yil 27-sentabrda „Olimpo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u debyut qilgan. 4-dekabr kuni „Los Andes“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Fernando Zampedri „Atlético Rafaela“ futbol klubi safida birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan. 2010-yilda Fernando Zampedri past koʻrsatkichlari tufayli jamoani tark etishga majbur boʻlgan va Argentina quyi divizionidagi „Sportivo Belgrano“, „Crucero del Norte“, „Gilermo Braun“ va „Boka Unidos“ kabi futbol klublarida oʻynagan.
2015-yil boshida Fernando Zampedri „Juventud Unida“ futbol klubiga oʻtgan. 13-fevral kuni „Douglas Haig“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. Xuddi shu oʻyinda Fernando Zampedri „Juventud Unida“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. Mavsum yakunida Fernando Zampedri 25 ta gol urib, ikkinchi divizionning eng yaxshi toʻpurariga aylangan.
2016-yil boshida muvaffaqiyatli oʻyindan soʻng, Fernando Zampedri „Atlético Tucuman“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 8-fevral kuni „Racing“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Fernando Zampedri yangi jamoa safida debyut qilgan. Xuddi shu oʻyinda Fernando Zampedri „Atlético Tucuman“ futbol klubi tarkibidagi birinchi golini urgan. 2017-yilda Libertadores kubogida Ekvadorning „El Nacional“ futbol klubiga, Braziliyaning „Palmeiras“, Kolumbiyaning „Atlético Junior“ va Urugvayning „Peñarol“ jamoalariga qarshi oʻyinlarda Fernando Zampedri beshta gol urgan.
2017-yil iyul oyida Fernando Zampedri „Rosario Central“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 2020-yildan beri „Universidad Católica“ jamoasida oʻynamoqda.
Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro turnirBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAtlético Rafaela2008-09134———1342009-10343———343Jami47700——477Sportivo Belgrano2010-112110———2110Crucero del Norte2011-12183———183Sportivo Belgrano2012-1326420——284Guillermo Brown2013-143222———3222Boca Unidos201440———40Juventud Unida20153825———3825Atlético Tucumán201612310——1332016-172211—106—3217Jami341410106—4520Rosario Central2017-182474220—3092018-192148441—339Jami451112661—6318Universidad Católica (ijara)2020322010117114528Universidad Católica202129234172114127202214102273102415Jami433363145216542Career total340148229411932406179
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar