Fridhelm Funkel (; 1953-yil 10-dekabrda tugʻilgan) — nemis futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi, oxirgi marta 1. FC Kölnni boshqargan.
Murabbiylik faoliyati
Ilk faoliyati Funkel 1996-yil 13-maydan 2000-yil 24-martgacha „Duisburg“ni boshqargan. 56 gʻalaba, 47 durang va 59 magʻlubiyat qayd etgan.
2000-yil 19-sentabrdan 2001-yil 1-dekabrgacha Hansa Rostockni boshqargan. 13 gʻalaba, 10 durang va 22 magʻlubiyat qayd etgan.
2002-yil 14-fevraldan 2003-yil 30-oktyabrgacha 1. FK Kölnni boshqargan. 29 gʻalaba, 15 durang va 19 magʻlubiyat qayd etgan.
Eintracht Frankfurt Funkel 2004-yildan 2009-yilgacha Frankfurtning „Eintracht“ klubini boshqargan. 2009-yil 1-iyulda klubdagi faoliyatini tugatgan. Birinchi mavsumidayoq klubni Bundesligaga olib chiqdi.
Funkel beshta toʻliq mavsum bilan „Eintracht“da eng uzoq muddat ishlaganlik boʻyicha rekordchi hisoblanadi. 70 gʻalaba, 50 durang va 74 magʻlubiyat qayd etgan.
Hertha BSC 2009-yil 3-oktyabrda Hertha BSC Lucien Favreni ishdan boʻshatganidan keyin Funkelni yangi bosh murabbiy sifatida eʼlon qildi. Shogirtlari umumiy 7 gʻalaba, 10 durang va 16 magʻlubiyat qayd etdi.
VfL Bochum 2010-yil 22-mayda VfL Bochumning yangi murabbiyi etib tayinlandi. Birinchi oʻyini Germaniya kubogining birinchi bosqichida „Kickers Offenbach“ga (3:0, magʻlubiyat) qarshi boʻldi. 2011-yil 14-sentyabrda ishdan boʻshatildi. Klubda 21 gʻalaba, 8 durang va 16 magʻlubiyat qayd etgan.
Alemannia Aachen 2011-yil 20-sentyabrda Funkel Alemannia Aachen klubining murabbiyi lavozimini egalladi. Funkel 2012-yilning 1-aprelida, ketma-ket beshta magʻlubiyatdan keyin ishdan boʻshatildi.
TSV 1860 Munich 2013-yil 7-sentyabrda 1860 Munichning yangi murabbiyi etib tayinlandi. Bosh murabbiyligidagi birinchi oʻyini 2013-yil 13-sentyabrda VfR Aalenga qarshi boʻldi, shogirtlari 0:0 hisobida durang oʻynashdi. 2014-yil 2-aprelda 1860 Munich Funkel mavsumdan keyin klubni tark etishini eʼlon qildi. Shunday boʻlsa-da, 6-aprel kuni 1860 Munich oʻz uyida Karlsruher SCga 3:0 hisobida magʻlub boʻlgach, Funkelni isteʼfoga chiqardi. 24 uchrashuvda yettita gʻalaba, sakkizta durang va toʻqqizta magʻlubiyat qayd etgan.
Fortuna Düsseldorf Funkel 2016-yilning 14-martida Fortuna Düsseldorfning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2020-yilning 29-yanvarida soʻnggi sakkizta oʻyindan oltitasida shogirtlari magʻlubiyatga uchraganidan soʻng isteʼfoga chiqarildi.
1. FK Köln 2021-yilning 11-aprelida 2020—2021-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun 1. FK Köln bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Shaxsiy hayoti Funkelning ikki farzandi bor. Wolfgang Funkelning akasi.
Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaDFB-PokalYevropaJamiManbaDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarVfR Neuss1972—1973Verbandsliga Niederrhein2815——2815Bayer Uerdingen1973—1974Regionalliga West2162161974—19752. Bundesliga3813204013 1975—1976Bundesliga31500315 1976—19772. Bundesliga3817614418 1977—19783825204025 1978—19793811554316 1979—1980Bundesliga3414323714 Jami23891188—25699—1. FC Kaiserslautern1980—1981Bundesliga311373424218 1981—19822410101053515 1982—19831111010131 Jami6624931579034—Bayer Uerdingen1983—1984Bundesliga331550—3815 1984—19853111413512 1985—19863021083395 1986—19872983051379 1987—198827240—312 1988—198930220322 1989—1990900090 Jami1894019113422145—Jami faoliyati52117046122811595193— Murabbiylik natijalari
JamoaBoshlashYakunlashStatistikaGʻalaba %ManbaBayer Uerdingen3.06.199113.05.1996196645577032.65MSV Duisburg13.05.199619.03.2000162564759034.57 Hansa Rostock19.09.20001.12.200145131022028.89 1. FC Köln14.02.200230.10.200363291519046.03 Eintracht Frankfurt1.07.200430.06.2009194705074036.08 Hertha BSC3.10.200930.06.20103371016021.21 VfL Bochum22.05.201014.09.20114521816046.67 Alemannia Aachen19.09.20111.04.201220389015.00 1860 Munich7.09.20136.04.201424789029.17 Fortuna Düsseldorf14.03.201629.01.2020138552855039.86 1. FC Köln11.04.202130.06.20218413050.00Jami329329240359035.45—
Yutuqlari
Futbolchi Bayer Uerdingen
DFB-Pokal: 1984—1985
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari