Dalton Smith () (1992-yil 30-iyunda tugʻilgan)—kanadalik professional xokkeychi. Dalton Smith hozirda Amerika Xokkey Ligasi (AHL) vakili „Colorado Eagles“ xokkey klubi bilan oʻynaydi.
Oʻyin faoliyati Dalton Smith toʻrt mavsumni (2008—2012) Ontario Xokkey Ligasi vakili (OHL) „Ottawa 67’s“ xokkey jamoasida oʻtkazdi. Bu yerda Dalton Smith 105 ochko uchun 50 gol va 55 golga assistentlik qildi va 196 oʻyinda 328 ta penalti ishladi.
2011-yil 8-avgustda „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi Dalton Smith bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi.
2013—2014-yilgi mavsumda „Blue Jackets“ xokkey klubi Dalton Smith va Jonathan Marchessaultlarni „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi aʼzolari Dana Tyrell va Matt Taormina evaziga 2014-yil 5-mart kuni almashtirdi.
Shundan soʻng, Dalton Smith „Lehigh Valley Phantoms“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. U „Phantoms“ klubi bilan 11 oʻyin oʻtkazdi. „Phantoms“ klubini tark etganidan soʻng, Dalton Smith AHLda „Charlotte Chekers“ xokkey klubining mashgʻulotlarida qatnashdi. Dalton Smith 2016—2017-yilgi mavsum boshlanishiga yaqin „Charlotte“ klubi bilan kechikib bir yillik shartnoma imzoladi.
2019—2020-yilgi mavsumda (8-professional mavsumida) 2019-yil 30-dekabrda Dalton Smith NHL klubi „Buffalo Sabers“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Dalton Smith uzoq kutilgan NHLdagi debyut oʻyinini 2019-yil 31-dekabrda „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubiga qarshi oʻtkazdi.
Shartnoma muddati tugagach, Dalton Smith „Sabres“ xokkey klubi bilan shartnoma muddatini uzaytirmadi va erkin agent sifatida klubni tark etdi. 2020-yil 12-oktyabrda Dalton Smith „Americans“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma asosida AHLdagi faoliyatini davom ettirdi.
2021-yil 29-iyulda Dalton Smith toʻrt mavsumdan soʻng „Rochester“ klubini tark etdi va AHLning „Colorado Eagles“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
2022-yil 28-iyunda Dalton Smith „Colorado Eagles“ klubida qolish uchun shartnomani ikki yilga uzaytirishga rozi boʻldi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyin soniGolAssistOchkoPenaltiOʻyinGolAssistOchkoPenalti2008—2009Whitby FuryOJHL40101323109—————2008—2009Ottawa 67’sOHL172578700002009—2010Ottawa 67’sOHL6221234412912336272010—2011Ottawa 67’sOHL641217291244224122011—2012Ottawa 67’sOHL531510256718448462012—2013Springfield FalconsAHL673691281000122013—2014Springfield FalconsAHL5045999—————2013—2014Syracuse CrunchAHL1921351—————2014—2015Syracuse CrunchAHL621161779200042015—2016Providence BruinsAHL1710124—————2015—2016Lehigh Valley PhantomsAHL1110125—————2016—2017Florida EverbladesECHL6010132315311303222017—2018Rochester AmericansAHL45112102—————2018—2019Rochester AmericansAHL48268111300022019—2020Rochester AmericansAHL4214563—————2019—2020Buffalo SabresNHL10002—————2020—2021Rochester AmericansAHL2210145—————2021—2022Colorado EaglesAHL52561159500011NHL10002—————
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar