"The Mares" nomi bilan ham tanilgan Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasi Botsvana davlatining ayollar milliy futbol jamoasi. Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Botsvana Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yil iyul oyida Marokashda boʻlib oʻtadigan ilk Afrika ayollar kubogi (AWCON) turniriga yoʻllanma oldilar.
Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasi 2002-yilgi Afrika ayollar chempionati saralashida oʻynagan, ammo birinchi oʻyindayoq magʻlub boʻlgan. Shundan soʻng, Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasi 2008-yilgi Afrika ayollar chempionati saralashida ham ishtirok etishdi va u yerda ikkita oʻyin oʻtkazib, 2007-yil oxirida Namibiya ayollar terma jamoasiga magʻlub boʻlishdi. Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasi 2010-yilgi chempionat saralash bosqichigacha boshqa oʻynamadi. Ammo oʻsha yilgi turnirda ikkata oʻyinda ham magʻlub boʻldi (bu safar Kongo Demokratik Respublikasi ayollar terma jamosiga qarshi oʻynashgan edi).
Tarixi Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi oʻyinini 2002-yil 19-aprelda Zimbabvening Xarare shahrida Janubiy Afrika ayollar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida oʻtkazdi. Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasi 14:0 hisobida magʻlub boʻlishdi. Ushbu oʻyindan soʻng ular Svazilend terma jamoasiga 3:0 va Mozambik terma jamoasiga 7:1 hisobida magʻlub boʻlishdi va ikkinchi oʻyinda oʻzlarining ilk gollarini urishdi.
Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi yirik musobaqasi 2008-yilda Afrika ayollar chempionati boʻlib oʻtdi. Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasi 2008-yilning 4-mayida Zambiya ayollar terma jamoasi bilan oʻynagan va 4:2 hisobida magʻlub boʻlgan.
Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasi 2010-yilgi ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionati saralashida Kongo DR ayollar terma jamoasiga qarshi oʻynadi va yana ikkala oyinni ham boy berdi: bu safar 2:0 va 5:2 hisobida magʻlub boʻlishdi va 2010-yilgi Afrika ayollar chempionati va 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga chiqa olmadi.
2010-yilning oktabr oyida Zambiya ayollar terma jamoasiga qarshi 2 va 23-oktyabrda bir qator oʻrtoqlik oʻyinlari boʻlib oʻtdi va Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasi bunda mos ravishda 1:4 va 1:2 hisobida magʻlub boʻldi.
Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi Afrika ayollar chempionati saralash bosqichida ishtirok etishdi va Zimbabve ayollar terma jamoasiga qarshi oʻynashdi va ikki oʻyinni 1-0 va 2-1 hisobida boy bergani holda umumiy hisobda 3-1 hisobida magʻlub boʻlishdi. Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasining 2012-yildagi soʻnggi oʻrtoqlik oʻyinlari Janubiy Afrika (3:0) va Zimbabve ayollar terma jamoalariga (5:0) qarshi ikkita magʻlubiyatni oʻz ichiga oladi.
2014-yilgi ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionati saralash bosqichidan oldin Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasi 7 va 8-yanvar kunlari Svazilend ayollar terma jamoasiga qarshi 2014-yilgi dastlabki oʻyinlarni oʻtkazdi va mos ravishda 3:0 va 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Afrika chempionati saralashining birinchi oʻyini 14-fevral kuni Zimbabve ayollar terma jamoasiga 1:0 hisobida magʻlub boʻlish bilan boshlangan boʻlsa, javob oʻyini 2-mart kuni boʻlib oʻtgan. Unda yana bir magʻlubiyat (2:1) bilan Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasi Afrika chempionati va shu bilan birga oʻz-oʻzidan 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan chiqib ketdi.
Jamoa tasviri
Jamoaning uy stadioni Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini Botsvana milliy stadionida oʻtkazadi.
Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi
Hozirgi murabbiylar shtabi 2022-yil oktyabr holatiga koʻra Lavozimi Ismi Man. Bosh murabbiy Gaoletlhoo Nkutlwisang Yordamchi murabbiy Basimanebotlhe Malette Darvozabonlar murabbiyi Devid Puso Jismoniy murabbiy Kealebogga K. Rakereng
Bosh murabbiylar tarixi
Gaoletlhoo Nkutlwisang (2021-)
Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari
Hozirgi tarkib Quyidagi futbolchilar 2022-yil oktabr oyida Namibiya ayollar terma jamoasi bilan oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinida Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan. Oʻyinlar va gollar statistikasi 2021-yil 30-oktabrholatiga koʻra berilgan.
Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari
Mintaqaviy
COSAFA ayollar chempionati
Fayl:Med_2.png Ikkinchi oʻrin: 2020
Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasiYilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarGollar nisbati 1991-yil Kiritilmadi 1995-yil 1999-yil 2003-yil 2007-yil 2011-yil Saralashdan oʻta olmadi 2015-yil 2019-yil2023-yil Jami 0/9 - - - - - - -
Olimpiada oʻyinlari Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasiYilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar 1996-yil Kiritilmadi 2000-yil 2004-yil 2008-yil 2012-yil Saralashdan oʻtmagan 2016-yil 2020-yil Jami 0/7 0 0 0 0 0 0
Afrika ayollar millatlar kubogi Afrika ayollar kubogida Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasiYilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar1991-yil Kiritilmadi1995-yil 1998-yil 2000 2002-yil Chiqib ketdi 2004-yil Kiritilmadi 2006-yil Chiqib ketdi2008-yil Saralashdan oʻta olmadi 2010-yil2012-yil 2014-yil 2016-yil 2018-yil2020-yil Bekor qilingan 2022-yil Chorak final 4 1 0 3 5 7 Jami 1/14 4 1 0 3 5 7
Afrika oʻyinlari Afrika oʻyinlarida Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasiYilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar 2003-yil Kiritilmadi 2007-yil 2011-yil Saralashdan oʻtmagan 2015-yil 2019-yil2023-yil TBD Jami 0/4 0 0 0 0 0 0
COSAFA ayollar chempionati COSAFA ayollar chempionatida Botsvana ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasiYilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarGollar nisbati 2002-yil Guruh bosqichi 3 0 0 3 1 24 −23 2006-yil Kiritilmadi 2008-yil ---- 2011-yil Guruh bosqichi 3 0 0 3 2 11 −9 2017-yil Guruh bosqichi 3 1 1 3 4 5 −1 2018 Guruh bosqichi 3 1 1 3 2 1 +1 2019 Toʻrtinchi 4 2 1 1 4 4 0 2020 Ikkinchi oʻrin egasi 4 3 0 1 5 3 +2 2021-yil Guruh bosqichi 3 1 0 2 7 5 +2 Jami Ikkinchi oʻrin egasi 3
Yana qarang
Botsvana milliy futbol terma jamoasi
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayt FIFA profili, FIFA.com
Turkum:Afrikadagi ayollar milliy futbol terma jamoalari Turkum:Botsvana