Joseph John Martin () (1988-yil 29-noyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Joseph Martin „Ebbsfleet United“ futbol klubida oʻynaydi. Joseph Martin chap qanot himoyachisi va yarim himoyachi sifatida oʻynay oladi. Joseph Martin „West Ham“ futbol klubi va Angliya milliy futbol terma jamoasining sobiq futbolchisi Alvin Martinning oʻgʻli va professional futbolchi David Martinning ukasidir.

Klubdagi faoliyati

West Ham United va „Tottenham Hotspur“ akademiyalari Londonning sharqiy qismidagi Dagenham shahrida tugʻilgan Joseph Martin dastlab „West Ham United“ futbol klubi akademiyasida tarbiyalangan va 2005-yilda "Tottenham Hotspur" futbol klubining akademiyasiga koʻchib oʻtgan. Joseph Martin klub bilan ilk professional shartnomasini 2007-yilning 1-iyulida imzolagan.

Blackpool 2008-yilning 1-iyulida „Tottenham Hotspur“ futbol klubi „Blackpool“ futbol klubining Joseph Martin uchun taklifni qabul qilgani va futbolchi shaxsiy shartlarni muhokama qilayotganini tasdiqlandi. 2-iyul kuni Joseph Martin nomaʼlum toʻlov evaziga „Blackpuool“ futbol klubi bilan yana bir yilga variantli ikki yillik shartnoma imzoladi.

Doimiy shartnoma imzolaganidan keyin Joseph Martinning „Blackpool“ futbol klubi safidagi ilk oʻyini 2008-yilning 12-avgustida Moss Roseda „Macclesfield Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinida (2:0) boʻlib oʻtdi.

Ikki Liga kubogi oʻyinida oʻynaganidan soʻng, Joseph Martin 2009-yil 21-noyabrda Madjeski stadionida „Reading“ futbol klubiga (1:2 hisobida magʻlubiyat) qarshi uchrashuvda oʻzining birinchi liga oʻyinini oʻtkazdi. Uning ligadagi ilk starti 2010-yilning 9-yanvarida Cardiff City stadionida „Cardiff City“ futbol klubi bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda boshlangan edi.

Gillingham 2010-yil 30-iyun kuni Martin „Blackpool“ futbol klubini tark etdi va bir necha oy sinov miuddatidan soʻng, „Gillingham“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Joseph Martin „Gillingham“ klubi safidagi ilk oʻyinini 2010-yil 11-dekabrda „Macclesfield Town“ futbol klubiga qarshi safarda (4:2 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi. U klubda besh yildan koʻproq vaqt davomida oʻynadi va 2014—2015-yilgi mavsum oxirida klubni tark etdi.

Millwall 2015-yil 23-iyun kuni Joseph Martin bir yillik shartnoma asosida Birinchi liga vakili „Millwall“ futbol klubiga qoʻshildi.

Stivenage 2017-yil iyun oyida Martin „Stivenage“ futbol klubi safiga qoʻshildi.

U 2018—2019-yilgi mavsum oxirida „Stivenage“ klubi tomonidan ozod qilindi.

Northampton Town Martin „Northampton Town“ futbol klubi safiga 2019-yil iyul oyida kelib qoʻshilgan edi.

Stivenage 2021-yil 29-yanvarda Martin „Stivenage“ futbol klubi safiga qaytdi. 2021-yilning 15-mayida Joseph Martinning shartnoma muddati tugagach, mavsum oxirida „Stivenage“ futbol klubini tark etishi eʼlon qilindi.

Ebbsfleet United 2021-yil iyun oyida Joseph Martinning „Ebbsfleet United“ futbol klubi safiga qoʻshildi.

Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBlackpool (ijara)2007—2008Chempionat100000-10Blackpool2008—2009Chempionat1500010-1602009—2010601020-90Jami2101030-250Gillingham2010—2011Ikkinchi liga1710000001712011—20123513010003912012—20133821010104122013—2014Birinchi liga4622010105022014—2015252101050322Jami16187040701798Millwall2015—2016Birinchi liga2922000813932016—2017231101030281Jami5233010111674Stevenage2017—2018Ikkinchi liga3924010104522018—20195100000051Jami443401010503Bristol Rovers (ijara)2018—2019Birinchi liga101000010111Northampton Town2019—2020Ikkinchi liga1701000302102020—2021Birinchi liga60101030110Jami230201060323Stevenage2020—2021Ikkinchi liga140000000140Jami3261517010026137916

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari