Christian Saydee () (2002-yil 10-mayda tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. Christian Saydee „AFC Bournemouth“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. 2022-yilning sentyabridan boshlab Christian Saydee „Shrewsbury Town“ futbol klubiga ijaraga berilgan.
Faoliyati
Dastlabki yillari Christian Saydee yoshligidan „Pro Touch SA“ va „Reading“ futbol klublarining yoshlar jamoalarida tarbiyalangan. Christian Saydee 16 yoshida „Reading“ futbol klubining yoshlar jamoasini tark etib, „AFC Bournemouth“ futbol klubi akademiyasiga koʻchib oʻtdi.
AFC Bournemouth Christian Saydee oʻzining ilk professional faoliyatini Angliya Premer-ligasi vakili „ AFC Bournemouth“ futbol klubi safida boshlagan edi. 2020-yilda Christian Saydee Angliyaning yettinchi divizionidagi „Poole Town“ futbol klubiga ijaraga yuborilgan. Shundan soʻng Christian Saydee Angliyaning beshinchi divizioni vakili „Weymouth“ futbol klubiga ijaraga berildi. 2021-yilning 31-iyulida Christian Saydee „AFC Bournemouth“ futbol klubi safida „Milton Keynes Dons“ futbol klubi ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda maydonga tushib, klubdagi debyut oʻyinida gol urdi va bitta golga assistentlik qildi. Christian Saydee mavsumning birinchi oʻyinida „Cherries“ klubi safida ligadagi debyut oʻyinini oʻtkazdi. Ushbu uchrashuv „West Bromwich“ futbol klubi bilan boʻlib oʻtdi va oʻyin 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.
Burton Albion (ijara) 2022-yil 31-yanvarda Christian Saydee 2021—2022-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun ijara asosida EFL Birinchi ligasi jamoasi „Burton Albion“ futbol klubi safiga qoʻshildi.
Shaxsiy hayoti Christian Saydee Angliyaning Hillingdon shahrida tugʻilgan. Christian Saydee asli liberiyalikdir.
Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar „AFC Bournemouth“ 2020—20211 Chempionat 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 2021—2022 2 0 1 0 1 1 1 0 5 1 Jami 2 0 1 0 1 1 1 0 5 1 Weymouth (ijara) 2020—2021 Milliy liga 3 0 — — — 3 0 Burton Albion (ijara) 2021—2022 Birinchi liga 18 0 — — — 18 0Jami 23 0 1 0 1 1 1 0 26 1
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar