Oleksandr Oleksandrovych Masalov () () () (1997-yil 22-yanvarda tugʻilgan) —ukrainalik professional futbolchi. Oleksandr Masalov hozirda „Ufa“ futbol klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati Oleksandr Masalov „Dinamo Kyiv“ futbol klubining yoshlar jamoasining tarbiyalanuvchisi hisoblanagan. 2016-yilda Oleksandr Masalov „Shakhtar Donetsk“ futbol klubining akademiyasiga qoʻshilgan edi.

Kolos Kovalivka Oleksandr Masalov oʻzining kattalar safidagi faoliyatini „Kolos Kovalivka“ futbol klubi bilan boshlagan.

Dinamo-Auto Tiraspol 2019-yilda Oleksandr Masalov „Dinamo-Auto Tiraspol“ futbol klubi safiga oʻtdi va u yerda 34 ta oʻyin oʻtkazdi. Oleksandr Masalov klubdagi birinchi mavsumidayoq 2019—2020-yilgi Moldova kubogining chorak finaliga chiqdi. 2020-yilning 27-avgust kuni Oleksandr Masalov UEFA Yevropa ligasining 2020—2021-yilgi birinchi saralash bosqichida „Ventspils“ futbol klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. 2020—2021-yilgi Moldova Kubogida Oleksandr Masalov jamoaga yarim finalga chiqishga yordam berdi.

Desna Chernihiv 2021-yilning avgustida Oleksandr Masalov bir yillik shartnoma asosida Ukraina Premer-ligasi vakili „Desna Chernigiv“ futbol klubiga oʻtdi. 14-avgust kuni Oleksandr Masalov Yuri Gagarin stadionida „Dnipro-1“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Vikentiy Voloshynning oʻrniga uchrashuvning 74-daqiqasida maydonga tushdi.

Ufa 2022-yilning avgustida Oleksandr Masalov Rossiya birinchi ligasi vakili „Ufa“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

Shaxsiy hayoti 2022-yil avgustida Oleksandr Masalovning Rossiya tomoniga oʻtgani tasdiqlangach, „Ultras Desna“ tarafdorlari klubi aʼzolari Masalovning Rossiya pasporti deb taxmin qilingan narsani yoqib yuborgan videoni yozib olishdi. Futbolchini „vatanga xiyonat“da ayblagan videoda ultras uning Ukraina pasportini milliy xavfsizlik xizmatlariga topshirib, „razvedka xizmatlari sizga oʻxshagan ahmoqlik bilan shugʻullansin“ deb daʼvo qilgani aytilgan.

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyin va gollar Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Kolos Kovalivka 2017—2018 Ukraina birinchi ligasi 9 0 0 0 0 0 0 0 9 0 Dinamo-Auto Tiraspol 2019 Moldova milliy divizioni 8 0 0 0 0 0 0 0 8 0 2020—2021 Moldova milliy divizioni 25 0 2 0 1 0 0 0 28 0 2021—2022 Moldova milliy divizioni 1 0 2 0 0 0 0 0 3 0 Desna Chernihiv 2021—2022 Ukraina Premer-ligasi 6 0 0 0 0 0 0 0 6 0 Ufa 2022—2023 Rossiya birinchi ligasi 8 0 1 0 0 0 0 0 9 0 Jami 57 0 5 0 1 0 0 0 63 0

Manbalar

Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Futbol himoyachilari