Eric Godard () (1980-yil 7-martda tugʻilgan)—kanadalik isteʼfodagi professional xokkeychi. Eric Godard Milliy xokkey ligasida „New York Islanders“, „Calgary Flames“ va „Pittsburg Penguins“ xokkey klublari bilan oʻynagan.
Oʻyin faoliyati Godard Gʻarbiy Xokkey Ligasi vakili „Lethbridge Hurricanes“ xokkey klubining yoshlar jamoasida xokkey oʻynay boshlagan. Keyinchalik, Eric Godard 1999-yil 24-sentyabrda „Florida Panthers“ xokkey klubi safiga erkin agent sifatida qoʻshildi. 2000-yil 1-aprelda „Louisville Panthers“ xokkey klubi tomonidan Amerika Xokkey Ligasiga chaqirilgandan soʻng, Godard oʻzining „Philadelphia Phantoms“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda ilk professional uchrashuvida paydonga tushdi.
Godard NHLdagi ilk oʻyinini „Islanders“ xokkey klubi bilan 2002-yil 17-oktyabrda „Philadelfphia Flyers“ xokkey klubiga qarshi oʻtkazdi. 6-dekabr kuni oʻzining navbatdagi oʻyinida Godard oʻzining „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi vakili Tie Domiga qarshi faoliyatidagi ilk jangini (oʻyin vaqtidagi janjal) qayd etdi.
Godard 2003—2004-yilgi mavsumda „Islanders“ klubi safida maydonga tushdi (31 oʻyinda maydonga tushdi va 97 penalti qayd etdi). 2004—2005-yilgi NHL lokavti paytida Godard AHL vakili „Sound Tigers“ xokkey klubi safida 75 oʻyin oʻtkazib, 18 ochko toʻplagan va 295 penaltini oʻz hisobiga qoʻshgan edi. left|thumb| Godard „Penguins“ klubi bilan 2009-yilda. 2005—2006-yilgi NHL mavsumida Godard 57 ta oʻyin bilan karyerasidagi eng yuqori koʻrsatkichlarni oʻrnatdi va birinchi marta 100 penaltiga erishdi. 2006-yil 3-yanvarda Godard „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi hujumchisi Justin Williamsga zarba bergani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Mavsum oraligʻida u „Calgary Flames“ xokkey klubi bilan 2006-yil 10-avgustda erkin agent sifatida shartnoma imzoladi.
Godard 2007—2008-yilgi NHL mavsumida „Calgary“ xokkey klubi bilan oʻyinlarda (74) va penaltilarini 171 taga yetkazib, oʻzining rekordini yangiladi. Eric Godard 2008-yil 1-iyulda „Pittsburg Penguins“ xokkey klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
„Penguins“ xokkey klubi bilan uch mavsumdan soʻng, Godard 10 ochko va 352 penaltini oʻz hisobiga yozdirib, 2009-yilda Stanley kubogini qoʻlga kiritdi.
2011-yil 11-fevralda Michael Haley „Pittsburg“ xokkey klubi darvozaboni Brent Johnson bilan jang qilmoqchi boʻlganida, Godard zaxira oʻrindigʻini tark etgani va „New York Islanders“ klubiga qarshi oʻyinda jangga qoʻshilgani uchun 10 oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.
2011-yil 12-iyulda Eric Godard „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va 2011—2012-yilgi mavsumni AHLning „Texas Stars“ jamoasida oʻtkazdi. Uning shartnomasining birinchi yili ikki tomonlama, ikkinchisi esa bir tomonlama edi.
Godard 2011—2012-yilgi mavsumda NHLda oʻynamagan, yil davomida „Texas Stars“ xokkey klubining AHL filialiga tayinlangan. 2012-yildagi NHL lokavti uning shartnoma holatiga taʼsir qilgani sababli, Godard 2012-yil 2-noyabrda nafaqaga chiqqanini eʼlon qildi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaIshtirokGolGolli uzatmaOchkoPenaltiIshtirokGolGolli uzatmaOchkoPenalti1997—1998Lethbridge HurricanesWHL700026200001998—1999Lethbridge HurricanesWHL662572134000141999—2000Lethbridge HurricanesWHL60358310—————1999—2000Louisville PanthersAHL401116—————2000—2001Louisville PanthersAHL45000132—————2001—2002Bridgeport Sound TigersAHL6714519820044302002—2003Bridgeport Sound TigersAHL462241996000162002—2003New York IslandersNHL1900048201142003—2004New York IslandersNHL3101197—————2003—2004Bridgeport Sound TigersAHL700013—————2004—2005Bridgeport Sound TigersAHL7571118295—————2005—2006New York IslandersNHL57224115—————2006—2007Omaha Ak-Sar-Ben KnightsAHL3654994—————2006—2007Calgary FlamesNHL1901150—————2007—2008Calgary FlamesNHL74112171500022008—2009Pittsburgh PenguinsNHL71224171—————2009—2010Pittsburgh PenguinsNHL4512376—————2010—2011Pittsburgh PenguinsNHL19033105—————2011—2012Texas StarsAHL4610158—————NHL (jami)3356121883370116
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1980-yilda tugʻilganlar
Turkum:Kanada xokkeychilari