Robbie Thomas Kruse (talaffuzi: Robbi Tomas Kruz; 1988-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) — hujumchi sifatida oʻynagan avstraliyalik sobiq professional futbolchi. Kruse yoshlar darajasidagi futbol bilan Brisbenning shimolidagi Pine Rivers tumanining Albany Creek jamoasida shugʻullana boshlagan va A-Liga jamoasi Brisbane Roar, keyinchalik Melbourne Victory jamoasida professional futbol faoliyati bilan shugʻullangan. U 2011-yilda Germaniyaga koʻchib oʻtgan.
Klubdagi faoliyati
Brisbane Roar 2006-yilda Miron Bleiberg tomonidan klubga jalb qilingan Kruse A-Ligadagi mavsumoldi mashgʻulotlari davomida oʻyinlarni muvaffaqiyatli oʻtkazdi, biroq mashg‘ulotlar paytida jarohat oldi. U 2007-yil 5-oktyabrda, oʻn toʻqqiz yoshga toʻlgan kuni Wellington Phoenixga qarshi debyut oʻyinida gol urdi va bu gol oʻsha oʻyindagi gʻalabani taʼminladi.
2007-yil 19-oktyabrda Kruse A-Ligadagi faoliyatidagi ikkinchi golini Newcastle Jets darvozasiga kiritdi. 16-noyabr kuni Brisbane Melbourneni 1:0 hisobida magʻlub etgan oʻyinda u uchinchi golini uzoq masofadan ajoyib tarzda urdi.
Kruse va uning yaqin doʻsti Michael Zullo Brisbaneda uch kishilik hujum usulida hujumchining har ikki tomonida oʻynash bilan yaxshi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdi, bu hamkorlik jamoa ketma-ket yetti o‘yin davomida mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.
2008-yilgi A-Liga mavsumi boshlanishi oldidan Queensland tungi ko‘ngilochar maskanida yuz bergan janjalli voqeaga aralashib qolganligi sababli Krusening Roar jamoasining asosiy tarkibidagi o‘rni xavf ostida qoldi. Jang natijasida Kruseda tikish amaliyotini oʻtkazish kerak boʻldi va oʻsha paytda 19 yoshda bo‘lgan futbolchi klub murabbiyi Frank Farinaning gʻazabiga uchradi, u Krusega faqatgina 2009—2010-yilgi mavsumda jarohat olgan Massimo Murdoca oʻrniga o‘ynab turish uchun qisqa muddatli shartnoma taklif qildi.
Melbourne Victory Melbourne hujumchisi Danny Allsopp Qatarning Al-Rayyan klubiga ketganidan soʻng, Kruse A-Liganing amaldagi g‘olibi Melbourne Victory klubiga oʻtishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqaldi. 2009-yil 10-sentyabrda Krusening Roar jamoasini tark etib, Melbourne Victory safida oʻynash uchun ketgani tasdiqlandi.
Kruse Melbourne Victory safidagi birinchi oʻyinini 2009-yilning 13-sentyabrida Wellington Phoenixga qarshi oʻyinning 58-daqiqasida Ney Fabianoga almashtirilgandan soʻng oʻtkazdi. U 2009-yil 28-noyabrda Gold Coast Unitedni 4:0 hisobida magʻlub etgan uchrashuvda Melbourne Victory safidagi birinchi golini kiritdi.
Krusening professional faoliyatidagi eng yorqin voqea 2010-yil 16-yanvarda Perth Gloryga qarshi oʻyinda birinchi boʻlimda xet-trik qayd etgani boʻldi. Victory 6:2 hisobida gʻalaba qozondi, chunki Glory Krusening tezligi va oʻz vaqtida amalga oshirgan harakatlariga qarshi javob bera olmadi. Kruse beshinchi golini asosiy yarim finalda Sydney FC darvozasiga kiritgan bo‘lib, u shunday aylanma zarba berdiki, Sydney FC darvozaboni Clint Bolton yuqori o‘ng burchakka kuchli tarzda kirib ketgan to‘pni to‘xtatishga hech qanday imkoniyat topa olmadi. Kruse Victory safidagi oltinchi golini Gold Coast Unitedga qarshi oʻyinda kiritdi, u bu oʻyinda darvozabon va sobiq jamoadoshi Glen Mossni aylanib oʻtib, toʻpni ochiq darvozaga yoʻllagan edi.
Kruse Melburn derbisida dubl qayd etgan birinchi futbolchi boʻlib, 2010-yil dekabr oyida Victoryga raqibi Melbourne Heart ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi.
Victoryda Kruse rivojlanishi va futbolga boʻlgan munosabatini oʻzgartirish orqali faoliyatini tubdan oʻzgartirgani, Brisbanedagi kabi maydon tashqarisidagi voqealarga berilmaslik va oʻzining futbol salohiyatiga jiddiyroq yondashishi bilan mashhur boʻldi.
Fortuna Düsseldorf left|thumb| Kruse 2012-yilda Fortuna Düsseldorf jamoasida oʻynamoqda Victorydagi faoliyatidan soʻng Kruse Germaniyaning Fortuna Düsseldorf jamoasi bilan 2011—2012-yilgi mavsumdan boshlanadigan uch yillik shartnoma imzoladi. U klubdagi debyutini 2011-yil 24-iyulda SC Paderborn 07ga qarshi liga oʻyinida oʻtkazdi va ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushdi. Kruse 2012—2013-yilgi mavsumdagi faoliyatini Fortunaning Bundesligaga qaytishi bilan boshlagan. U Fortuna safida mavsumdagi ilk oʻyinini Augsburgga qarshi oʻtkazdi va raqibi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Kruse Bundesligadagi ilk golini Hoffenheim darvozasiga kiritdi. Hamburger SV ustidan 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan oʻyinda u Bundesligadagi ikkinchi golini urdi va keyin ikkinchi golga ham assistentlik qildi.
Bayer Leverkusen right|thumb| Kruse 2015-yilda Bayer Leverkusen bilan Kruse 2013-yilning 28-aprelida Germaniyaning Bayer Leverkusen klubi bilan 1,5 million yevro evaziga uch yillik shartnoma imzoladi. U 2013-yilning 21-sentyabrida Bundesligada Mainz 05ga qarshi oʻyinda debyut qildi va 4:1 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan oʻyinda ikkita gol urdi.
VfB Stuttgartda ijara 2015-yil 31-avgustda Kruse VfB Stuttgart bilan mavsum oxirigacha sotib olish varianti bilan ijara shartnomasi imzoladi. U VfB Stuttgart safidagi ilk oʻyinini 2015-yil 11-sentyabrda, Herthaga qarshi safar oʻyinining ikkinchi boʻlimi boshida Martin Harnik oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazdi. Ijara shartnomasi 2016-yil 1-fevralda muddatidan oldin bekor qilingan.
Liaoning Whowin 2017-yilning may oyida Kruse maoshi toʻlanmagani uchun Liaoning Whowin bilan shartnomasini bekor qilgan edi.
VfL Bochum 2017-yil 21-iyulda Kruse Germaniyaning VfL Bochum klubiga oʻtdi. U 2017-yilning 10-sentyabrida Darmshtadt 98 jamoasiga qarshi o‘yinda klubdagi ilk golini urib, 2:1 hisobidagi g‘alabaga hissa qo‘shdi.
Melbourne Victoryga qaytish 2019-yil iyul oyida Kruse A-Ligaga qaytdi va Melbourne Victory bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Kruse 2020—2021-yilgi mavsumda Victory medali sohibi deb topildi; u oʻsha mavsumda 19 ta oʻyinda maydonga tushdi, bitta golli uzatmani amalga oshirdi, biroq birorta ham gol ura olmadi.
Kruse 2022-yilning iyun oyida shartnomasi tugaganidan keyin Victoryni tark etgan.
Xalqaro faoliyati right|thumb|350x350px| Kruse 2013-yilda Avstraliya terma jamoasi bilan 2010-yil 28-dekabrda A-Ligadagi ajoyib oʻyinidan soʻng Kruse Avstraliya terma jamoasining 2011-yilgi Osiyo kubogida qatnashadigan 23 kishilik tarkibiga kiritildi. 2011-yilning 5-yanvarida u Osiyo kubogi oldidan oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlgan BAAga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, Avstraliya milliy terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi. 2011-yilning 25-yanvarida Kruse 2011-yilgi Osiyo kubogi yarim finalida Avstraliya Oʻzbekiston ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ishtirok etib, xalqaro maydondagi ilk golini kiritdi. Musobaqa finalida u zaxiradan maydonga tushdi va toʻpga birinchi tegishidayoq boshi bilan gol urishiga sal qoldi. Avstraliya finalda qoʻshimcha vaqtda 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.
Kruse ikkinchi xalqaro golini 2011-yilning 10-avgustida Uelsga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida kiritdi va Avstraliya bu oʻyinda 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. U uchinchi golini 2013-yil 11-iyun kuni Iordaniyaga qarshi oʻyinda kiritdi, 2014-yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida kechgan ushbu oʻyinda Avstraliya 4:0 hisobida gʻalaba qozongan va Kruse goliga qoʻshimcha qilib, yana ikkita golli uzatmani amalga oshirgan holda Uchrashuv oʻyinchisi boʻlgan edi. Kruse jarohati tufayli 2014-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok eta olmagan.
Kruse Avstraliya terma jamoasining 2015-yilgi Osiyo kubogi oʻyinlarida ishtirok etuvchi tarkibiga kiritildi. U Avstraliyaning Quvaytga qarshi guruhdagi birinchi oʻyinida 1-daqiqadanoq maydonga tushib, turnirdagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi. Kruse Avstraliyaning Ummonga qarshi guruhdagi ikkinchi oʻyinida ham uchrashuv boshidan maydonga tushib, Massimo Luongoning uzatmasi yordamida Avstraliya hisobidagi ikkinchi golni kiritdi va jamoasi yakunda 4:0 hisobida gʻalaba qozongach, u oʻsha oʻyinda Uchrashuv oʻyinchisi deb topildi.
Kruse 2015-yilgi Osiyo kubogi finalida maydonga tushdi. Ammo ikkinchi boʻlim oʻrtalarida u axilles payidan jarohat oldi va uning oʻrniga James Troisi maydonga tushdi. Avstraliya oʻyinda Troisi orqali urilgan gol evaziga 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Skanerlar shuni koʻrsatdiki, Krusening jarohati dastlab qoʻrqqanidek darajada jiddiy boʻlmasa-da, u baribir toʻrt oyni maydondan chetda oʻtkazishga majbur boʻldi.
2018-yilning may oyida Kruse Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha 2018-yilgi Jahon chempionati uchun Avstraliya terma jamoasining 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi.
2019-yilda Kruse Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogida qatnashadigan tarkibga kiritilgan. Turnirda u Iordaniya, Falastin, Suriya, Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Faoliyat statistikasi
Klub right|thumb| Kruse 2015-yilda : +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokKontinentalBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarBrisbane Roar2007—2008A-Liga144——301742008—2009A-Liga40———402009—2010A-Liga50———50Jami234000030264Melbourne Victory2009—2010A-Liga184—40212452010—2011A-Liga1811—40102311Jami36150080314716Fortuna Düsseldorf II2011—2012Regionalliga West20———20Fortuna Düsseldorf2011—20122. Bundesliga11010—001202012—2013Bundesliga30430——334Jami414400000454Bayer Leverkusen2013—2014Bundesliga1522140—2132014—2015Bundesliga401020—702015—2016Bundesliga201050—802016—2017Bundesliga002010—30Jami2126112000393VfB Stuttgart2015—2016Bundesliga3010——40Liaoning Whowin2017Xitoy Superligasi40——40VfL Bochum2017—20182. Bundesliga30710——3172018—20192. Bundesliga14100——141Jami448100000458Melbourne Victory2019—2020A-Liga112002100133Faoliyati jami185351212216122438
Xalqaro : +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Avstraliya 2011-yil 14 2 2012-yil 7 0 2013-yil 8 1 2014-yil 3 0 2015-yil 6 1 2016-yil 10 0 2017-yil 12 1 2018-yil 10 0 2019-yil 5 0 Jami 75 5
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Avstraliyaning gollari roʻyxatini, hisob ustuni Krusening har bir golidan keyingi hisobni koʻrsatadi.
+Robbie Kruse tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2011-yil 25-yanvar Xalifa xalqaro stadioni, Doʻha, Qatar 6-0 6-0 2011-yilgi Osiyo kubogi 2 2011-yil 10-avgust Cardiff City stadioni, Cardiff, Uels 2-0 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 3 2013-yil 11-iyun Docklands stadioni, Melburn, Avstraliya 3-0 4-0 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 4 2015-yil 13-yanvar Avstraliya stadioni, Sidney, Avstraliya 2-0 4-0 2015-yilgi Osiyo kubogi 5 2017-yil 5-oktyabr Hang Jebat stadioni, Malakka, Malayziya 1-0 1-1 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
Yutuqlari Avstraliya
Futbol boʻyicha Osiyo kubogi: 2015
Individual
Melbourne Victory „Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi“: 2009—2010, 2010—2011
A-Liga PFA „Mavsumning eng yaxshi jamoasi“: 2010—2011
Harry Kewell medali: 2012—2013
PFA „Yilning eng yaxshi futbolchisi“: 2012—2013
Manbalar
Havolalar
Avstraliyalik futbolchilar saytida
Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstraliyalik erkak futbolchilari