Said Husejinović (; 1988-yil 13-mayda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Bosniya Premyer-ligasining „Sloboda Tuzla“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Werder Bremen 2008-yilning 1-iyulida „Werder“ „Sloboda Tuzla“ dan Husejinovićni 900 000 yevro evaziga sotib olganini eʼlon qildi. 2009-yil 17-yanvarda Husejinović 1. FK Kaiserslauternga mavsum oxirigachaga ijaraga berildi.

Sarajevo 2012-yil 26-iyulda UEFA Yevropa Ligasi doirasida Bolgariyaning Levski Sofia jamoasiga qarshi o‘yinda ikkita gol urdi. Bosniyaliklar ikkala oʻyinda umumiy 3:2 hisobi bilan keyingi bosqichga yo‘l olishdi.

Dinamo Zagreb 2012-yil dekabr oyining oxirida SSKA Sofia bilan shartnoma imzolashga yaqin edi, lekin Sofia oʻrniga 2013-yil yanvar oyi boshida Zagrebning Dinamo klubiga oʻtdi. 2013-yilning oktyabr oyida RNK Splitga qarshi oʻyinda jarohat oldi. 2014-yilning mayigacha maydonga tusha olmadi. Jarohatdan soʻng 2015-yilda Zagrebning „Lokomotiva“ klubiga ijaraga berildiSaid Husejinović će do zime „brusiti“ formu u Lokomotivi at klix.ba, 24 August 2015 va 2016-yilda qisqa muddat Zagrebning „Dinamo“ jamoasida oʻynadi.

Sarajevo Zagrebda koʻp oʻynay olmaganligi uchun Husejinović klubni tark etdi va sobiq jamoasi Sarajevo bilan shartnoma imzoladiVeliko pojačanje na Koševu: Said Husejinović se vratio u FK Sarajevo at klix.ba, 17 June 2016. 2 yildan soʻng 2018-yilda klubni tark etdiZvanično: Husejinović, Novaković i Altiparmakovski napuštaju FK Sarajevo at klix.ba, 8 June 2018.

Sloboda Tuzla 2018-yilning 1-iyulida Husejinović Sloboda Tuzla bilan shartnoma imzoladiSaid Husejnović dogovorio sve uslove sa Slobodom, potpis ugovora 1. jula at klix.ba, 25 June 2018. 2019-yilning 15-iyunida shartnomasi muddati tugaganidan keyin Slobodani tark etdi.

Slobodadagi faoliyati davomida Husejinović 2018—2019-yilgi mavsumda klubning eng yaxshi va eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilardan biri boʻlgan. Liganing 29 oʻyinida va barcha musobaqalarda 31 oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Tuzla City 2019-yil 17-iyun kuni Husejinović Tuzla City bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Tuzla City safidagi rasmiy debyutini 2019-yil 20-iyul kuni safarda „Zvijezda 09“ga qarshi (1:5) oʻtkazdi. Husejinović „Tuzla City“ safidagi ilk golini liga o‘yinida, 2019-yil 15-sentabrda „NK Široki Brijeg“ga qarshi safarda (1:3) kiritdi.

2019-yil 11-dekabrda Tuzla City va Husejinović shartnomani o‘zaro bekor qilishga qaror qilishdi.

Sloboda Tuzlaga qaytish 2020-yil yanvar oyida Husejinović faoliyatida ikkinchi marta Sloboda Tuzlaga qaytishga qaror qildi. 2020-yilning 12-avgustida „Mladost Doboj Kakanj“ga qarshi liga o‘yinida „Sloboda“ga qaytganidan keyin ilk golini kiritdi.

Xalqaro faoliyati Husejinović Bosniya va Gersegovina U21 terma jamoasida oʻynagan.Terma jamoasi safida 2008-yilning mart oyida Makedoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Jami 2 ta oʻyinda maydonga tushgan, ammo birorta ham gol urmagan. Terma jamoadagi 2-oʻyini 2008-yil avgustida Bolgariya milliy futbol terma jamoasiga qarshi boʻlgan.

Faoliyat statistikasi

Klubda

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokSuperkubokYevropaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarWerder Bremen2008—2009Bundesliga3000—00302009—2010Bundesliga3000—00302010—2011Bundesliga4000—0040Jami10000—00100Kaiserslautern (ijara)2008—20092. Bundesliga4000——40Sarajevo2011—2012Bosniya Premyer-ligasi8400—00842012—2013Bosniya Premyer-ligasi15330—62245Jami23730—62329Dinamo Zagreb2012—20131. HNL1020000001022013—20141. HNL1212010702212014—20151. HNL00000000002015—20161. HNL2000000020Jami243201070343NK Lokomotiva (ijara)2015—20161. HNL3011—0041Dinamo Zagreb II2015—20162. HNL2000——20Sarajevo2016—2017Bosniya Premyer-ligasi9162——1532017—2018Bosniya Premyer-ligasi5100—0051Jami14262—00204Sloboda Tuzla2018—2019Bosniya Premyer-ligasi29320——313Tuzla City2019—2020Bosniya Premyer-ligasi16100——161Sloboda Tuzla2019—2020Bosniya Premyer-ligasi30———302020—2021Bosniya Premyer-ligasi21400——214Jami24400——244Jami faoliyati149201431013217725

Xalqaro

Milliy terma jamoa Yil Ishtirok GollarBosniya va Gersegovina 2007-yil 1 0 Jami 1 0

Yutuqlari Werder Bremen

DFB-Pokal: 2008—2009

Dinamo Zagreb

1. HNL: 2012—2013, 2013—2014, 2014—2015, 2015—2016 Xorvatiya kubogi: 2014—2015, 2015—2016 Xorvatiya Superkubogi: 2013-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari