„Toʻxta, toʻxta, shoshmagin“ („Toʻxta-toʻxta, shoshmagin“ oʻlaroq ham yoziladi) — „Original“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiq soʻzini ham, kuyini ham guruh solisti Davron Gʻoipov yozgan. „Toʻxta, toʻxta, shoshmagin“ guruh va Davron Gaipov repertuaridagi eng taniqli kompozitsiyalarning biridir.

Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha xonanda va guruh, jumladan, Jasur Gʻoipov, Rustam Gʻoipov hamda „Original“ nomini olgan yangi musiqiy guruh kaver qilgan. Shuningdek, qoʻshiq oʻzbek havaskor gitarachilari orasida ommalashgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Original guruhi qoʻshiqlari Turkum:Davron Gʻoipov qoʻshiqlari

Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar