Benjamin Šeško (talaffuzi: Benjamin Sheshko; 2003-yil 31-mayda tugʻilgan) – sloveniyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasi vakili, Manchesterning „Manchester United“ klubi va Sloveniya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. U 2023-yilning iyulida Germaniya Bundesligasining „RB Leipzig“ klubiga oʻtadi.
Şesko Red Bull Salzburgga 16 yoshida 2019-yilda Domjale klubidan kelib qoʻshilgan edi. U Salzburg klubining FC Liefering zaxira jamoasiga ikki mavsumga ijaraga berildi va u yerda Avstriya futbolining ikkinchi ligasida 44 ta oʻyinda 22 ta gol urdi. U 2021-yil yanvar oyida Red Bull Salzburg uchun asosiy jamoa safida debyut qilgan va ikki marta Avstriya Bundesliga chempioni va bir marta Avstriya kubogini qoʻlga kiritgan.
Şesko Sloveniya terma jamoasi safida yoshlar oʻrtasidagi xalqaro miqyosda 25 ta oʻyin oʻtkazgan. U 2021-yil iyun oyida 18 yoshu 1 kunligida debyut qilgan Sloveniya terma jamoasidagi eng yosh futbolchiga aylandi. U milliy terma jamoadagi ilk golini 2021-yil oktyabr oyida urdi va bu uni Sloveniya tarixidagi eng yosh toʻpurarga aylantirdi.
Klubdagi faoliyati
Dastlabki faoliyati Şesko oʻz faoliyatini birinchi sinfda oʻqib yurganida oʻzining tugʻilgan shahri „Radeche“ klubida boshlagan. Keyin, u Rudar Trbovlje bilan 11 yoshgacha boʻlganlar tanlovida bir yil oʻtkazdi, Radechega qaytishdan oldin. 2016-yilda u Krškoga oʻtdi va u yerda 15 yoshgacha va 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar toifasidagi musobaqada oʻynadi. 2017-18-yilgi mavsumda u 15 yoshgacha boʻlganlar uchun 23 ta oʻyinda 59 ta gol urdi. 2018-yilda Şesko Domjalega qoʻshildi va u yerda bir mavsum qoldi.
Red Bull Salzburg 16 yoshida, 2019-yil 3-iyun kuni Şesko Red Bull Salzburg bilan uch yillik professional shartnoma imzoladi. U 2021-yil 30-yanvarda Avstriya Bundesligasida TSV Xartberg ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan „Red Bull Salzburg“ safida debyut qildi.
FC Liefering klubiga ijaraga Red Bull Salzburg bilan shartnoma imzolagandan soʻng, u Avstriyaning Ikkinchi Ligasida ishtirok etadigan FC Liefering klubiga oʻtdi. 2020—2021-yilgi mavsumda u 29 ta oʻyinda 21 ta gol urdi va liganing ikkinchi eng yaxshi toʻpurariga aylandi. U eng koʻp gollarini mavsumning soʻnggi qismida kiritgan boʻlib, soʻnggi 7 turda 13 ta gol urgan.
RB Leipzig 2022-yilning 9-avgustida RB Leipzig Şesko 2023-yil 1-iyuldan boshlab, 2028-yilgacha besh yillik shartnoma asosida, taxminan 24 million yevro evaziga oʻz safiga qoʻshilishini eʼlon qildi.
Xalqaro darajadagi faoliyati thumb|218x218px| Şesko 2022-yil Sloveniya futbol terma jamoasi bilan (11-raqam) Sloveniya hamda Bosniya va Gersegovina futbol terma jamoalariga kirish huquqiga ega (onasi Doboydan kelib chiqqanligi sababli) Šeško 15 va 19 yoshgacha boʻlgan toifalarda Sloveniya futbol terma jamoasi sharafini himoya qildi. U 2020-yil sentyabr oyida Avstriyaga qarshi 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi.
2021-yilning may oyida Şesko jamoaning bosh murabbiyi Matjaj Kek tomonidan 2021-yil iyun oyida oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirildi. U Sloveniya terma jamoasi safida 2021-yilning 1-iyunida Shimoliy Makedoniya bilan oʻrtoqlik uchrashuvida (1:1) debyut qilgan. Oʻshanda u 18 yoshu 1 kunlik edi va terma jamoadagi eng yosh debyutantga aylandi va bundan yetti yil avval Petar Stoyanovich oʻrnatgan avvalgi rekordni ortda qoldirdi. 2021-yil 8-oktyabr kuni Šeško 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Malta terma jamoasiga qarshi oʻyinda Sloveniya termasi uchun ilk golini urdi va 18 yosh, 4 oy va 8 kunlik yoshida Sloveniya tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi. 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi B uchrashuvlari davomida Şesko ikkita hal qiluvchi gol bilan Sloveniyaga C ligasiga tushib ketmaslikda yordam berdi. U 2022-yil 24-sentyabrda Norvegiya futbol terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda golli uzatma berdi va gʻalaba golini kiritdi, shuningdek, uch kundan soʻng Shvetsiyaga qarshi oʻyinda (1:1) gol urdi. Shvetsiya darvozasiga urilgan gol OAV tomonidan „ajoyib gol“ deb taʼriflangan va UEFA tomonidan oʻyin kunining eng yaxshi gollaridan biri sifatida eʼtirof etilgan.
Faoliyat statistikasi
Klubdagi natijalari
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari Klub Mavsum Liga Avstriya kubogi Mintaqaviy Jami Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar FC Liefering (ijaraga) 2019—2020 Liga 2 15 1 — — 15 1 2020—2021 Liga 2 29 21 — — 29 21 Jami 44 22 — — 44 22 Red Bull Salzburg 2020—2021 Avstriya Bundesligasi 1 0 0 0 0 0 1 0 2021—2022 Avstriya Bundesligasi 24 5 5 5 8 1 37 11 2022—2023 Avstriya Bundesligasi 16 5 3 2 6 0 25 7 Jami 41 10 8 7 14 1 63 18 Jami faoliyati 85 32 8 7 14 1 107 40
Xalqaro maydonda
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtiroki va gollari Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Sloveniya 2021-yil 7 1 2022-yil 10 4 Jami 17 5 +Benjamin Şesko tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Raq. Sana Oʻtkazilgan joy Oʻyinlar Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2021-yil 8-oktyabr Milliy stadion, TaʼQali, Malta 6 4-0 4-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 2 2022-yil 12-iyun Stožice stadioni, Lyublyana, Sloveniya 13 2-2 2-2 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi B 3 2022-yil 24-sentyabr Stožice stadioni, Lyublyana, Sloveniya 14 2-1 2-1 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi B 4 2022-yil 27-sentyabr Doʻstlar Arena, Solna, Shvetsiya 15 1-0 1-1 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi B 5 2022-yil 17-noyabr Kluj Arena, Kluj-Napoka, Ruminiya 16 1-0 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
Yutuqlari Red Bull Salzburg
Avstriya Bundesligasi: 2020—2021-yilgi Avstriya kubogi Avstriya kubogi: 2021—2022-yil
Manbalar
Havolalar
Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Sloveniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Red Bull Salzburg futbolchilari Turkum:FC Liefering futbolchilari Turkum:RB Leipzig futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:2. Liga (Avstriya) futbolchilari Turkum:Avstriya Bundesligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari
Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Sloveniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Avstriyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar