Carol Marcel Vadnais (; 1945-yil 25-sentyabr — 2014-yil 31-avgust) — Kanadalik professional xokkey himoyachisi boʻlib, 1966—1967-yildan 1982—1983-yilgacha Milliy xokkey ligasida oʻn yetti mavsum oʻynagan. Vadnais oʻz faoliyati davomida ikki marta Stanley kubogini qoʻlga kiritgan.

Jamoalardagi oʻyin faoliyati Vadnais birinchi NHL oʻquv lagerida u 1966—1967-yilgi mavsum uchun Monreal Canadiens tarkibini tuzgan. U 1971—1972-yilgi mavsum boshida Seals jamoasi sardori boʻlgan.

Vadnais 1975-yil 7-noyabrdagi blokbaster savdosida ishtirok etgan va Phil Esposito bilan birga Jean Ratel va Brad Park evaziga New York Rangers jamoasiga transfer qilingan. Vadnais 1983-yilda nafaqaga chiqishdan oldin Rangersda yetti mavsum va New Jersey Devils jamoasida bir mavsum o‘ynagan.

Murabbiylik faoliyati Vadnais Rangers murabbiylar shtabiga 1983—1984 va 1984—1985-yilgi mavsumlarda yordamchi sifatida qoʻshilgan. Shundan soʻng bir mavsum Quebeck katta oʻsmirlar xokkey ligasining Verdun Junior Canadiens bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Keyin esa xokkeyni butunlay tark etgan.

Shaxsiy hayoti Xokkeydan keyin Vadnais Monreal hududida koʻchmas mulk agenti boʻlib ishlagan. Uning rafiqasi Raymonde 2004-yilda saraton kasalligidan vafot etgan; ularning Micheleismli bir qizi bor.

Vadnais 2014-yil 31-avgustda 68 yoshida saraton kasalligidan vafot etgan.

Jamoalardagi faoliyat statistikasi

Doimiy mavsumPley-offMavsumJamoaLigaGPGAPtsPIMGPGAPtsPIM1963—1964Montreal NDG MonarchsMMJHL44394988901771522341963—1964Montreal NDG MonarchsM-Cup—————13131124121964—1965Montreal Jr. CanadiensOHA5691625747101131965—1966Montreal Jr. CanadiensOHA489142318410145241966—1967Montreal CanadiensNHL1103335100021966—1967Houston ApollosCPHL21551045—————1967—1968Montreal CanadiensNHL3111231100001967—1968Houston ApollosCPHL3652126178—————1968—1969Oakland SealsNHL761527421517145101969—1970Oakland SealsNHL762420442124213151970—1971California Golden SealsNHL4210162691—————1971—1972California Golden SealsNHL52142034106—————1971—1972Boston BruinsNHL1646103715022431972—1973Boston BruinsNHL7872431127500081973—1974Boston BruinsNHL781643591231611213421974—1975Boston BruinsNHL7918567412935601975—1976Boston BruinsNHL1225717—————1975—1976New York RangersNHL64203050104—————1976—1977New York RangersNHL74113748131—————1977—1978New York RangersNHL80640461153022161978—1979New York RangersNHL778374586182911131979—1980New York RangersNHL6632023118912361980—1981New York RangersNHL74320239114134261981—1982New York RangersNHL505611451010141982—1983New Jersey DevilsNHL5127964—————NHLdagi faoliyatidagi umumiy ochkolari1,0871694185871,813106104050185

Xalqaro musobaqalardagi faoliyati Yil JamoaMusobaqa GP G A Pts PIM 1977 Canada WC 10 1 3 4 33 Kattalar jamoasidagi occhkolari yigʻindisi 10 1 3 4 33

Yana qarang

1000 ta oʻyin oʻynagan NHL oʻyinchilari roʻyxati

Manbalar

Turkum:2014-yilda vafot etganlar Turkum:1945-yilda tugʻilganlar