Qumrixon Rustamova (1928-yil, Qumqayroq qishlogʻi, Stalin tumani, Andijon viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi. Tarjimayi holi Qumrixon Rustamova 1928-yil Stalin tumani Qumqayroq qishlogʻida tavallud topgan. Rustamova 1950-yildan Stalin tumani Kirov nomli kolxoz kolxozchisi, 1950—1960-yillari zveno, 1961—1972-yillarda brigada boshligʻi, 1972-yildan kolxoz raisi boʻlib ishlagan. Rustamova boshchiligidagi zveno har gektaridan 50,3 sentner paxta yetishtirgan. Rustamova oʻzi qoʻlda 37,5 tonna paxta tergan (1957). 4—5-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1955—1962) boʻlgan. Kolxozchilarning Butunittifoq 3-syezdi delegati.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1928-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Kolxoz raislari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar