Don Smart () (1987-yil 2-dekabrda tugʻilgan)— yamaykalik futbolchi. Don Smart hozirda USL 1-ligasida „Greenville Triumph“ futbol klubi jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Don Smart shuningdek, hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynashga qodir.

Faoliyati 2011-yilda Don Smart USL PRO jamoasi „F.C. New York“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi. Don Smart klub safidagi 2011-yilgi mavsumda 12 ta oʻyinda maydonga tushdi. Keyin Don Smart 2012-yilda USL Premyer-ligasi vakili "Fredericksburg Hotspur" futbol klubi safiga qoʻshildi. Don Smart klub safida oltita oʻyinda maydonga tushib, yettita gol urishga muvaffaq boʻldi. 2013-yilda Don Smart Virginia shtatidagi NPSL klubi „RVA FC“ futbol klubi safiga qoʻshilishga qaror qildi. Don Smart „RVA FC“ klubi bilan NPSL chempionatida gʻolib chiqdi. Don Smart klub safida yettita oʻyinda maydonga tushib, toʻqqizta gol urdi.

Keyin Don Smart 2014-yilda „Indy Eleven“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Yamaykalik futbolchi „Indy Eleven“ futbol klubi yarim himoyasining har ikki tomonida ham maydonga tushdi. Don Smart klubdagi debyut oʻyinini „Indy Eleven“ futbol klubining „Carolina Railhawks“ futbol klubiga qarshi ilk uchrashuvida oʻtkazdi. Don Smart klubdagi ilk golini 2014-yilning 12-iyulida „Carolina“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi. Don Smart 2014-yilgi mavsumni uchta gol va uchta golli uzatma bilan yakunlagan edi. Shundan soʻng, Don Smart 2015-yilgi mavsum ham xuddi shunday (uchta gol va uchta golli uzatma bilan) yakunladi.

Don Smart 2018-yilgi mavsumni Milliy Premyer liga vakili „Miami FC 2“ futbol klubi bilan oʻtkazdi va mavsum davomida yettita golli uzatmani qayd etdi.

2018-yil avgust oyida Don Smart Mark Pais bilan birga „Fresno FC“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Don Smart 2018-yilning 9-sentyabrida klub safida debyutini o‘tkazdi. Ushbu uchrashuv „Swope Park Rangers“ futbol klubining (1:0) gʻalabasi bilan tugadi.

2018-yil oktabr oyida Don Smart „Forward Madison“ bilan shartnoma imzoladi.

2020-yil 15-dekabrda Don Smart 2021-yilgi mavsum oldidan USL 1-Ligasi vakili „Greenville Triumph“ futbol klubi safiga o‘tayotgani eʼlon qilindi.

Faoliyat statistikasi

Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soniF. C. New York 2011-yil NPSL 12 0 1 0 - 13 0 Indy Eleven 2014-yil NASL 27 3 2 0 - 29 3 2015-yil 25 3 1 0 - 26 3 2016-yil 22 2 1 0 2 0 25 2 2017-yil 21 2 0 0 - 21 2 Jami 95 10 4 0 2 0 101 10Jami 107 10 5 0 2 0 114 10

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Yamaykalik erkak futbolchilar Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari