'''LABIRO Tumandagi aholi punkti nomi. Toponimning tarkibi quyidagicha: lab+i+roʻd. Oʻzbekiston toponimiyasida Shohroʻd, Romitanroʻd, Kalonroʻd, Xushroʻd kabi oykonimlar va gidronimlar uchraydi. Ushbu leksema joʻy – ariq soʻziga yaqin turadi va roʻdbar, roʻdxona shakllarida ham uchraydi va asosiy (magistral) kanaldan chiqarilgan ariq, tarmoq, kanal maʼnolarini anglatadi. Roʻd/rud leksemasi baʼzi manbalarda gʻarbiy eroniy tillarga mansub deb hisoblanadi va fors-tojikcha, chod – „daryo“, qadimiy forscha chatah – „daryo“ maʼnolarini anglatishi qayd qilingan. Demak, Labiroʻd – "ariq boʻyida joylashgan qishloq " maʼnosini beradi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Labiro'd (Buxoro) · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.