Rammstein (Rammshtayn) - 1994-yilda tashkil topgan olmon rok-guruhi. Ular oʻzlarining musiqiy yoʻnalishini Tanz-Metal yoki raqs metali deb atashgan, bu yoʻnalish metal, indastrial va elektron musiqani oʻz ichiga oladi. Guruhga Laibach kollektivi juda katta ta'sir koʻrsatgan.

Guruh Guruhning nomi - Rammstein - gʻarbiy olmon shahri Ramstein nomidan kelib chiqishi koʻp vaqt guruh ishtirokchilari tomonidan tasdiqlanmagandi. Bu shaharda 1988-yili Amerika havo kuchlarining aviashousida aviakatastrofa tufayli 70 kishi halok boʻladi. Ammo, kollektiv dastlab Rammstein-Flugschau (Aviashou-Rammshtayn) nomi ostida faoliyat yuritadi. Guruh nomidagi qoʻshimcha "m" harfi nomni "hujum qiluvchi tosh" deb interpretatsiya qilishga imkon beradi, bu esa oʻz navbatida guruh musiqasini agressiv va ogʻirligi haqidagi tasavvurni tasdiqlaydi. Shuningdek, olmon fe'li "rammen" "nimadirga urilish" ma'nosini anglatadi. Deyarli hamma qoʻshiq matnlari olmon tilida yozilgan boʻlishiga qaramay, guruh Olmoniyaning tashqarisida ham katta shuhratga ega boʻldi va Reise, Reise albomining chiqarilishidan keyin esa ular nemis tilida kuylovchi hamma zamonlarning eng mashhur guruhiga aylandilar. Rammsteinning bir nechta singli Olmoniyada eng yaxshi oʻntaligiga kirgan.

Guruhning muhlisi fransuz astronomi Jan-Klod Merlen tomonidan 2001-yili asteroidlar belbogʻida kichik sayyora kashf etiladi. U #110393 raqamli asteroidni guruh sharafiga "Rammstein" deb nomlaydi.

Tarkib Till Lindemann (vokal, matnlar) Richard Zven Kruspe (gitara) Paul Landers (gitara) Christoph "Doom" Schneider (barabanlar) Oliver Riedel (bas) Christian "Flake" Lorenz (klavishlar)

Diskografiya Studiyaviy albomlar Herzeleid, Motor Music, 14 sentabr 1995 Sehnsucht, Motor Music, 22 avgust 1997 Mutter, Motor Music, 4 mart 2001 Reise, Reise, Motor Music, 27 sentabr 2004 Rosenrot, Motor Music, 28 oktabr 2005 Liebe ist für alle da, 2009 Rammstein, 2019 Zeit, 2022

Terma albomlar Original Single Kollektion, 19 iyun 1998

Singllar Du Riechst So Gut, 17 avgust 1995 Seemann, 2 yanvar 1996 Engel, 1 aprel 1997 Engel, Fan-Edition, 23 may 1997 Du Hast, 21 iyul 1997 Das Modell, 21 noyabr 1997 Du riechst so gut , 25 may 1998 Stripped, 11 avgust 1998 Asche zu Asche, 15 yanvar 2001 Sonne, 12 fevral 2001 Links 2 3 4, 14 may 2001 Ich Will, 10 sentabr 2001 Mutter, 25 mart 2002 Ich Will UK, 13 may 2002 Feuer Frei!, 14 oktabr 2002 Feuer Frei! UK, 13 noyabr 2002 Mein Teil, 26 iyul 2004 Amerika, 13 sentabr 2004 Ohne Dich, 22 noyabr 2004 Keine Lust, 28 fevral 2005 Benzin, 7 oktabr 2005 Rosenrot, 16 dekabr 2005 Mann gegen Mann, 3 mart 2006

Videokliplar Hronologik tartibda: Du Riechst so gut (Sendan hushboʻy hid taralmoqda) Seemann (Dengizchi) Rammstein (Rammshtayn) Engel (Farishta) Du hast (Sen soʻragan eding) Das Modell (Model) — rasman chiqarilmagan, chunki guruhga yoqmagan Stripped (Qip-yalangʻoch) Sonne (Quyosh) Links 2 3 4 (Chap bilan 2 3 4) Ich Will (Men hohlayman) Mutter (Ona) Feuer Frei! (Olov ochilsin!) Mein Teil (Mening ulushim) Amerika (Amerika) Ohne Dich (Sensiz) Keine Lust (Xohish yoʻq) Benzin (Benzin) Rosenrot (Ajoyib) Mann gegen Mann (Erkakka qarshi erkak)

Rasmiy DVDlar Live Aus Berlin, 29 noyabr 1999 Lichtspielhaus, 1 dekabr 2003 Völkerball, 17 noyabr 2006

Saundtreklar 1996 - "Lost Highway" - Rammstein (Edit) & Heirate Mich (Edit) 1997 - "Mortal Kombat Annihilation" - Engel 1997 - "Wing Commander Prophecy" (oʻyin) - Eifersucht 1999 - "The Matrix" - Du Hast 2002 - "Resident Evil" - Halleluja 2002 - "xXx" - Feuer frei! 2002 - "La Sirene Rouge" - Sonne 2002 - "Lilja 4-Ever" - Mein Herz brennt 2002 - "Fear Dot Com" - Sonne 2002 - "Achtung! Wir kommen" - konsert yozuvlari 2004 - "Resident Evil: Apocalypse" - Mein Teil

Kitoblar Messer - Tillning she'rlar toʻplami 2003-yili Till "Messer" nomli oʻzining she'riy toʻplamini chop etdi.

Havolalar Rammsteinning rasmiy sayti Rammsteinning suratlari Rammstein haqida rus tilidagi sayt

Turkum:Musiqa Turkum:Musiqiy guruhlar Turkum:Olmoniya rock guruhlari Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:Republic Records ijrochilari