Kevin Nahin Álvarez Campos (1999-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga MX chempionatida Pachuka klubida va Meksika terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Xalqaro karyera

Yoshlar jamoasi 2018-yilda Álvarez Meksika yoshlar terma jamoasi tarkibida CONCACAF yoshlar kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Nikaragua, San Martin, Yamayka, Grenada, Aruba, Salvador va AQShga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Nikaragualiklarga qarshi kechgan duelda esa Kevin gol urgan.

2019-yil aprel oyida Álvarez Polshada boʻlib oʻtadigan U-20 Jahon chempionatida Meksika terma jamoasini himoya qilish uchun 21 futbolchidan iborat terma jamoa tarkibiga kiritildi. Turnirda u Italiya, Yaponiya va Ekvador jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Álvarez Jaime Lozano tomonidan 2019-yilgi Panamerika oʻyinlarida 23 yoshgacha boʻlgan futbol terma jamoasi bilan qatnashish uchun tarkibga chaqirilgan, shu sababli Álvarez futbol boʻyicha Meksika Olimpiya terma jamoasi tarkibida Peruda boʻlib oʻtgan Panamerika oʻyinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Argentina, Ekvador, Gonduras va Urugvay terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etadi. Ushbu musobaqada Meksika yarim finalda magʻlub boʻladi va uchinchi oʻrin uchun boʻlib oʻtgan oʻyinda gʻalaba qozonadi.

Kattalar jamoasi 2021-yil 3-iyul kuni Álvarez Nigeriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida kattalar terma jamoasi safida ilk debyutini qildi.

2022-yil oktyabr oyida Álvarez Meksikaning 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun saralangan 31 kishilik dastlabki tarkibiga kiritildi va noyabr oyida u yakuniy 26 kishilik roʻyxatga ham kiritildi.

Karyera statistikasi Klub Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa JamiDivisionioʻyinlarGollaroʻyinlarGollaroʻyinlarGollaroʻyinlarGollaroʻyinlarGollar Pachuka 2017–18 Liga MX - 5 0 - - 5 0 2019–20 10 0 5 0 - - 15 0 2020–21 38 1 - - - 38 1 2021–22 37 1 - - - 37 1 2022–23 21 0 — — — 21 0 Jami 106 2 10 0 0 0 0 0 116 2 Karyera jami 106 2 10 0 0 0 0 0 116 2 Xalqaro musobaqalar Milliy terma jamoa YiloʻyinlarGollar Meksika 2021 yil 2 0 2022 7 0 Jami 9 0

Yutuqlari Pachuka

Liga MX : Apertura 2022

Meksika U23

Panamerika bronza medali : 2019

Individual

Liga MX Best XI: Guardianes 2021, Clausura 2022 Liga MX Eng yaxshi himoyachi: 2021–22 Liga MX All-Star: 2021, 2022

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari