Toby Joseph Price — avstraliyalik yoʻltanlamas va enduro mototsikl poygasi boʻyicha jahon chempioni. Toby Kvinslend shtatining Gold Coast shahrida istiqomat qiladi. 2015-yil oktyabrigacha KTM Off-Road Racing Team sharafini himoya qilgan. Hozirda u Red Bull Factory KTM Rally jamoasi vakili hisoblanadi.

Havaskor faoliyati Motorsportni yaxshi koʻradigan oilada oʻsgan boʻlib 2 yoshida mototsikl minishni boshlagan va toʻrt yoshida poygalarda gʻalaba qozona boshlagan. Uning otasi Jon Prays sobiq avstraliya chempioni hisoblanadi. Rotoda, keyin esa Xilstonda yashovchi oʻsmir sifatida Prays 1994-yildan 2003-yilgacha Yangi Janubiy Uels va Avstraliya oʻsmirlar unvonlarini qisqa vaqt ichida qoʻlga kiritgan. 

2003-yilda Prays oʻsmirlar oʻrtasidagi motokross boʻyicha Avstraliya chempionatida ikkita yuqori divizionda gʻolib boʻlgan. Ushbu yuqori oʻrinlarni 15-yosh 125cc toifasi va 13-16-yosh 250cc 4 gʻildiraklili motokross musobaqalarda qozongan. 

Professional faoliyati

2004—2008-yillar Prays oʻzining professional faoliyatini Avstraliyada 2004-yilda 16 yoshida boshlagan. 2003-yilda Avstraliyaning ikkita oʻsmirlik chempionligini qoʻlga kiritganidan soʻng, u Avstraliyaning Kawasaki kompaniyasi bilan shartnoma imzolashga qaror qilgan va keyin Xilstondan Singltonga koʻchib oʻtishiga toʻgʻri kelgan. Ushbu mavsumdagi jarohatlar uni koʻp vaqt davomida musobaqalarda qatnashish imkoniyatidan mahrum qilgan.

2009-yil Kavasaki shahafini himoya qilib, sportchi musobaqaning birinchi yilida Avstraliya off-road chempionatida gʻolib boʻlgan. U Avstraliyaning Dirt Bike jurnali tomonidan yilning eng yaxshi kalxati unvoniga sazovor boʻlgan.

2022 2022-yilgi Dakar rallisida umumiy natijga koʻra 10-o‘rinni egallab, 10-bosqichda g‘alaba qozongan.

Faoliyat natijalari

Asosiy unvonlari

2009-yilgi Avstraliya off-road chempionati (AORC) 2010-yil Finke choʻl poygasi 2010-yil Hattah choʻl poygasi 2010-yil Avstraliya 4 kunlik Enduro (A4DE) 2010-yilgi Avstraliya off-road chempionati (AORC) 2011-yil Hattah choʻl poygasi 2011-yilgi Avstraliya 4 kunlik Enduro musobaqasi (A4DE) 2012-yil Finke choʻl poygasi 2012-yil Hattah choʻl poygasi 2012-yilgi Avstraliya off-road chempionati (AORC) 2014-yil Finke choʻl poygasi 2014-yil Hattah choʻl poygasi 2014-yilgi Avstraliya off-road chempionati (AORC) 2014-yilgi Xalqaro olti kunlik Enduro musobaqasi (ISDE) E3 2014-yilgi „A Day in Dirt Motocross Gran Prix“ 2015-yil Finke choʻl poygasi 2015-yil Hattah choʻl poygasi 2015-yilgi Avstraliya off-road chempionati (AORC) 2016-yilgi Dakar rallisi 2016-yilgi Abu-Dabi choʻl tanlovi 2016-yil Finke choʻl poygasi 2016-yil Rallye OiLibya du Maroc 2018-yilgi Finke choʻl poygasi 2018-Rallye OiLibya du Maroc 2018-FIM kross-rossiya rallilari boʻyicha jahon chempionati 2019-yil Dakar Rallisi 2021-yil Finke cho‘li poygasi (avtomobillar) 2022-yil Finke cho‘li poygasi (avtomobillar)

Dakar rallisi YilYoʻnalishi Transport vositasiTurnirdagi oʻrniOraliq bosqichlardagi gʻalabalari 2015-yil MototsiklKTM 3 1 2016-yil 1 5 2017-yilChetlatilgan 1 2018-yil 3 2 2019-yil 1 1 2020-yil 3 2 2021-yilChetlatilgan 2 2022-yil 10 1

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar