Peter Worrell () (1977-yil 18-avgustda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Worrell „Florida Panthers“ va „Colorado Avalanche“ xokkey klublari uchun Milliy xokkey ligasida (NHL) yetti mavsum oʻynagan.
Faoliyati
Havaskor Yoshligida Peter Worrell 1991-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Monrealning Shimoliy qirgʻogʻidagi kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
Professional Peter Worrell „Florida Panthers“ xokkey klubi safiga 1995-yilgi NHL kirish loyihasida 7-raundda, umumiy 166-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan. Peter Worrell oʻzining professional faoliyatini 1997-yilda Amerika xokkey ligasida „Beast of New Haven“ xokkey klubi bilan boshladi. 1997—1998-yilgi mavsumda Peter Worrell NHLdagi ilk oʻyinini „Florida Panthers“ xokkey klubi safida oʻtkazdi. 1999-yil 8-fevralda Worrell NHLdagi birinchi golini „St. Louis Blues“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda kiritdi. 1999—2000-yilgi mavsumda Peter Worrell tizzasidan olgan jarohati tufayli 34 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.
2003-yil 18-iyulda Peter Worrell „Florida Panthers“ xokkey klubi aʼzosi bilan birga „Colorado Avalanche“ xokkey klubiga Eric Messier va Vaclav Nedorost oʻrniga almashtirildi. Shundan soʻng, Peter Worrell tizzasidan jarohat olib, mavsumning dastlabki 27 oʻyinini oʻtkazib yubordi. Peter Worrell 2003-yil 11-dekabrda „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi . Worrell „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safida 49 oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Peter Worrellning „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan birinchi mavsumidan soʻng, NHL blokirovkasi 2004—2005-yilgi NHL mavsumining bekor qilinishiga sabab boʻldi. Keyinchalik, Peter Worrell „New York Rangers“ xokkey klubi bilan shartnoma tuzdi (Archived by WebCite at).
Keyingi faoliyati 2010-yil 18-mayda Peter Worrellning Florida Atlantic universiteti xokkey klubi jamoasiga bosh murabbiy boʻlishga roziligi eʼlon qilindi. Peter Worrell, shuningdek, Florida shtatining Coconut Creek shahrida joylashgan North Broward tayyorgarlik maktabining xokkey jamoasiga ham murabbiylik qildi [(Archived by WebCite at)]. Peter Worrell hozirda „Fayettevil Marksmen“ jamoasida murabbiy yordamchisi sifatida ishlaydi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1993—1994Lac St-Louis LionsQMAAA10000100001994—1995Hull OlympiquesQMJHL5618924321011911995—1996Hull OlympiquesQMJHL632336594641811819811996—1997Hull OlympiquesQMJHL621746634371431316831997—1998Florida PanthersNHL19000153—————1997—1998Beast of New HavenAHL50151227309101161998—1999Florida PanthersNHL62459258—————1998—1999Beast of New HavenAHL1031465—————1999—2000Florida PanthersNHL48369169410182000—2001Florida PanthersNHL713710248—————2001—2002Florida PanthersNHL79459354—————2002—2003Florida PanthersNHL63235193—————2003—2004Colorado AvalancheNHL49314179—————2005—2006Charlotte CheckersECHL377815139—————NHL jami391192746155441018
Yana qarang
Qora tanli NHL oʻyinchilari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari