Artūrs Kulda () (1988-yil 25-iyulda tugʻilgan) — latviyalik professional xokkeychi. Artūrs Kuldaning hozirgi kunda ICE xokkey ligasining (ICEHL) „EC VSV“ xokkey klubi bilan shartnomasi mavjud. Artūrs Kulda Edgars Kuldaning akasi hisoblanadi.
Oʻyin faoliyati Artūrs Kulda 2006-yilgi NHL kirish loyihasida „Atlanta Thrashers“ xokkey klubi safiga yettinchi raundda 200-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Artūrs Kulda Milliy xokkey ligasidagi (NHL) ilk oʻyinini 2010-yil 12-fevralda „Atlanta Thrashers“ xokkey klubi safida „Minnesota Wild“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Artūrs Kulda 2008-yilda „Chicago Wolves“ xokkey klubi safida Calder kubogi chempionatida ishtirok etdi.
2011-yilda Slovakiyaning Bratislava shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Latviya milliy xokkey terma jamoasi safida o‘ynab yurgan vaqtida Artūrs Kulda Chexiya milliy xokkey terma jamoasi vakili Radek Martinek bilan majoraga sabab boʻldi. Artūrs Kulda Martinekning bosh qismiga shayba bilan zarba berib yubordi. Shundan soʻng, Artūrs Kulda Martinekning kasalxonaga olib borilishiga yordam berdi.
2012-yil 15-iyulda Artūrs Kulda Kontinental xokkey ligasi vakili "Sibir Novosibirsk" xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Shartnomaga koʻra, Artūrs Kulda „Sibir Novosibirsk“ xokkey klubi bilan 2012—2013-yilgi mavsumni yakunlab, mavsum oxirida NHL vakili „Winnipeg Jets“ xokkey jamoasi safiga qaytishi kerak edi.
Ammo Artūrs Kulda jamoani tark etganidan soʻng, NHLga qaytmadi. 2013-yil 15-iyulda Artūrs Kulda KHL reytingida ikkinchi oʻrindagi „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2003—2004Prizma/Rīga 86LAT110008200002004—2005SDYUSHOR CSKA MoscowMosJHL251111214—————2005—2006CSKA-2 MoscowRUS.340391224—————2005—2006SDYUSHOR CSKA MoscowMosJHL20222—————2006—07Peterborough PetesOHL58291183—————2007—2008Peterborough PetesOHL557273487513462007—2008Chicago WolvesAHL50111021145322008—2009Chicago WolvesAHL571141559—————2009—2010Chicago WolvesAHL6661925461414582009—2010Atlanta ThrashersNHL40222—————2010—2011Chicago WolvesAHL695121773—————2010—2011Atlanta ThrashersNHL20002—————2011—2012St. Johnʼs IceCapsAHL6361420621301182011—2012Winnipeg JetsNHL90004—————2012—2013Sibir NovosibirskKHL50961555701102013—2014Salavat Yulaev UfaKHL4319104218145182014—2015Salavat Yulaev UfaKHL4545928500022015—2016JokeritKHL4215636600042016—2017JokeritKHL440111128301142017—2018Kunlun Red StarKHL4724633—————2017—2018HC Sparta PrahaELH30000300022018—2019Severstal CherepovetsKHL5925742—————2019—2020Dinamo RīgaKHL60220—————2019—2020Severstal CherepovetsKHL201458—————2020—2021Nürnberg Ice TigersDEL331171840—————2021—2022Krefeld PinguineDEL55491330—————NHL jami150228—————KHL jami3562051712723916728
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkey Turkum:Xokkeychilar Turkum:Latviya profissional xokkeychi