Agustín Canobbio Graviz (; 1998-yil 1-oktyabrda Montevideoda tugʻilgan) — urugvaylik futbolchi, „Athletico Paranaense“ futbol klubi va Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi.
Klublardagi faoliyati
Agustín Canobbio poytaxtning „Fenix“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yil 30-avgustda „Cerro“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Urugvay premyer ligasida debyut qilgan. Agustín Canobbio „Fenix“ utbol klubis afida gibirinchi golini 2017-yil 8-aprelda „Boston River“ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritgan.
2018-yil boshida Agustín Canobbio „Peñarol“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 27-yanvar kuni Urugvay Superkubogida „Peñarol“ futbol klubi safida „Nacional“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Agustín Canobbio asosiy jamoada debyut qilgan va yangi jamoasi tarkibida birinchi kubogini qoʻlga kiritgan. 21-mart kuni „Cerro“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Agustín Canobbio „Peñarol“ safida birinchi golini urgan.
Xalqaro faoliyati
2017-yilda Agustín Canobbio Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda oʻtkazilgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida gʻolib chiqgan. Turnirda Agustín Canobbio Peru, Boliviya, Kolumbiya, Braziliya, Ekvador, Venesuela va ikki marta Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
Oʻsha yili Agustín Canobbio Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Agustín Canobbio Yaponiya, Janubiy Afrika, Saudiya Arabistoni, Portugaliya, Venesuela va ikki marta Italiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Agustín Canobbio 2022-yilning 27- yanvarida Paragvayga qarshi JCh-2022 saralash oʻyinida terma jamoaning asosiy tarkibida debyut qilgan. Urugvay mehmonda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan.
Statistikasi JamoaMamlakatMavsumOʻyinGolC. A. Fénix2016—2017413C. A. Peñarol2018—2019795C. A. Fénix2020—2021285C. A. Peñarol2021—2022467Athletico Paranaense2022363Jami23023
Manbalar
Havolalar
Agustín Canobbio Urugvay futbol assotsiatsiyasi veb-sayti
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Urugvaylik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Centro Atlético Fénix futbolchilari Turkum:Peñarol futbolchilari Turkum:CA Paranaense futbolchilari Turkum:Fluminense FC futbolchilari Turkum:Urugvaylik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari