Elkoʻli — Eronning Sharqiy Ozarbayjon ustoni Tabriz shahrida joylashgan suv havzasi. U avvallari „Shohkoʻli“ deb atalgan va shoh uchun qurilgan. Uning maydoni 54675 m.kv.ni tashkil etib, Tabriz shahrining janubi-sharqida joylashgan. Suv havzasining janubiy tomonidan sunʼiy sharsharalar qurilgan boʻlib, unda suv oqib tushib daryoga qoʻshilib ketadi. Suv havzasining markazida ikki qavatli bino barpo etilgan. U xorijiy va mahalliy mehmonlarni qabul qilish uchun moʻljallangan.

Manbalar

Turkum:Eron koʻllari Turkum:Eron geografiyasiga oid chala maqolalar Turkum:Erondagi fors bogʻlari Turkum:Eron milliy asarlari