Daryl Janmaat (; 1989-yil 22-iyulda tugʻilgan) — oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan sobiq futbolchi. ADO Den Haagning texnik direktori.

Oʻz faoliyatini ADO Den Haagda boshlagan. Eredivizionning Heerenven va Feyenoord klublarida oʻynagan. 2014-yilda Newcastle Unitedga, keyin esa 2016-yilda Watfordga qoʻshilgan.

2012-yildan beri milliy terma jamoada Janmaat 20 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi va Gollandiya terma jamoasi bilan 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida 3-oʻrinni oldi.

Klublardagi faoliyati

ADO Den Haag Leidschendamda tugʻilgan Janmaat oʻzining professional faoliyatini 2007—2008-yillargi mavsumda Eerste Divizionida ADO Den Haag bilan boshlagan.

Heerenveen Keyingi mavsumda 19 yoshli futbolchi toʻgʻridan-toʻgʻri Erediviziyaga oʻtib, SC Heerenveen bilan shartnoma imzoladi. 2009-yil 23-oktyabrda Heerenveenning Yevropa ligasi doirasidagi Hertha Berlinga qarshi o‘yinining 73-daqiqasida norvegiyalik Christian Grindheimning oʻrniga maydonga tushdi va uch daqiqadan so‘ng qoidabuzarlik qilgani uchun qizil kartochka oldi.

Feyenoord left|thumb| Janmaat „Feyenoord“ bilan mashgʻulot paytida, 2012-yil 2012-yilning oʻrtalarida, shartnomasi muddati tugaganidan soʻng, Feyenoord bilan shartnoma imzoladi. 2012-yil 9-dekabrda „Feyenoord“ NAC Breda bilan 2:2 hisobidagi durang o‘yinida Janmaat bir daqiqa ichida ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. 2013-yilning 17-martida „Feyenoord“da „Utrecht“ga qarshi oʻyinda (2:1) g‘alaba to‘pini kiritdi.

Newcastle United 2014-yilning 17-iyulida Janmaat Premyer-liganing Newcastle United klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga olti yillik shartnoma asosida qoʻshildi. 17-avgust kuni oʻzining debyutini Manchester Cityga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazdi. 30-avgust kuni Janmaat klubdagi birinchi golini Crystal Palacega qarshi oʻyinda (3:3) kiritdi. Mavsum davomida West Bromwich Albion, „Burnley“, „Crystal Palace“ va „Aston Villa“ga qarshi oʻyinlarda golli uzatmani amalga oshirdi.

Watford 2016-yilning 24-avgustida „Newcastle“ chempionshipga tushib ketganidan so‘ng, Janmaat 7,5 million funt sterling evaziga Premyer-liga vakili Watford bilan shartnoma imzoladi.

ADO Den Haagga qaytish 2020-yil 29-dekabrda Janmaat ADO Den Haag bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi. 2021—2022-yilgi mavsumdan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunladi va klubning texnik direktori etib tayinlandi.

Xalqaro faoliyati Janmaat 2012-yilning 7-sentyabrida Gollandiya terma jamoasi safida debyut qildi va 2014-yilgi Jahon chempionati saralashida Turkiyaga qarshi oʻyinda (2:0) to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. 2014-yilning 31-mayida terma jamoa bosh murabbiyi Louis van Gaal Braziliyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun 23 kishilik yakuniy tarkibga Janmaatni ham qoʻshdi. Turnirdagi ilk o‘yinini 13-iyun kuni o‘tkazdi, uchrashuvda Gollandiya amaldagi chempion Ispaniyani 5:1 hisobida mag‘lub etdi.

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarADO Den Haag2007—2008Eerste Diviziya25210—71333Heerenveen2008—2009Erediviziya10010—10—1202009—2010Erediviziya28021—41103522010—2011Erediviziya24310—2532011—2012Erediviziya22251—273Jami84792—5110998Feyenoord2012—2013Erediviziya33320—40—3932013—2014Erediviziya30240—10—352Jami63560—50—745Newcastle United2014—2015Premyer-liga3710030—4012015—2016Premyer-liga3221021—3532016—2017Chempionship20—20Jami7131051—774Watford2016—2017Premyer-liga27210—2822017—2018Premyer-liga2332000—2532018—2019Premyer-liga1804000—2202019—2020Premyer-liga800021—101Jami7657021—856ADO Den Haag2020—2021Erediviziya200000—20Jami faoliyati32120242721018137026

Xalqaro Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Niderlandiya 2012-yil 3 0 2013-yil 10 0 2014-yil 10 0 2015-yil 4 0 2016-yil 1 0 2017-yil 2 0 2018-yil 4 0 Jami 34 0

Yutuqlari Watford

Angliya kubogi sohibi: 2018—2019

Niderlandiya

FIFA Jahon chempionati uchinchi oʻrin: 2014

Individual

Newcastlening eng yaxshi futbolchisi: 2015-yil FWA-yilning eng yaxshi futbolchisi : 2015

Eslatmalar

Manbalar

Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:Futbol himoyachilari Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar