Nadim Behbudiy (1929-yilda Samarqandda tugʻilgan — 1998-yilda vafot etgan) — sharqshunos, filolog, eronshunos, Hozirgi OʻzMU sharq fakultetining 1949-yilgi bitiruvchisi. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
1949-yildan Dushanbe pedinstitutida oʻqituvchi, aspirant. 1956-yildan katta oʻqituvchi. TojikDUda katta oʻqituvchi va dotsent. Tojikiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim va shevashunoslik sektorining mudiri. 1981-yildan umrining oxirigacha Samarqand pedinstituti va universitetida dotsent va kafedra mudiri.
Ilmiy yoʻnalishi Shevashunoslik. 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.
Asosiy ilmiy ishlari: Nomz. diss. mavzusi: „Samarkandskiy govor“. — M., 1953.
Kratkiy sintaksis Samarkandskogo govora. — Dushanbe, 1960. Sheva sharoitida adabiy tilni oʻrganish // Maktabi Soveti. -Dushanbe, 1962. Malik-ush-shuaro Rudakiy tili xususida mulohazalar // Tojik tilshunosligi masalalari. — Dushanbe, 1964. — № 5. Guftori adabi // Maktabi Soveti. — Dushanbe, 1971. Russko-tadjikskiy slovar. — M.: Russkiy yazik, 1985. — v soavtorstve.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Oʻzbekistonlik sharqshunoslar