thumb|1900-yillarda Annamda (Vyetnam oʻrtasida) toʻy. Kuyovning oilasi kelinning uyiga ota-onasidan uni uyiga olib ketishlarini soʻrash uchun ketayotgan edi, bu Vyetnam xalqining anʼanaviy jarayoni. thumb|298x298px| 1936-yilda professor Nguyen Van Xuyen va Vi Kim Ngọc xonimning toʻyi. Kelin áo nhật bình kiygan, kuyov áo ngũ thân kiygan va ular boshlariga khăn vấn kiyishgan. Anʼanaviy Vyetnam toʻyi — Konfutsiy va Buddist mafkuralarining taʼsiri ostida boʻlgan Vyetnam madaniyatidagi eng muhim marosimlardan biri hisoblanadi.
Anʼanaviy toʻy liboslari thumb|256x256px| Kelin va kuyov uchun odatiy toʻy libosi. Hozirgi vaqtda baʼzi liboslar Gʻarb taʼsirida oʻzgargan, masalan, orqada uzun poezd yoki odatiy koʻk va qizil palitradan tashqari ranglar kiyish. Vyetnamning anʼanaviy kiyimlari har doim hudud va vaziyatga qarab xilma-xil boʻlib kelgan, shuning uchun toʻy liboslari tarix davomida uslub va tendentsiyada turlicha boʻlgan. Faqat 1744-yildan keyin va Nguyen sulolasi davrida erkaklar va ayollar oʻzlarining toʻy marosimlari uchun ishlangan áo tấc (qadimgi rasmiy uzun yengli áo dài) kiyishni boshladilar. Bu anʼana yillar davomida turli yoʻnalishlar va uslublar bilan zamonaviy davrga qadar davom etmoqda. Hozirgi vaqtda erkaklar oʻzlarining Áo dài-ning erkaklar moʻljallanganini yoki smoking kiyishadi.
Anʼanaviy toʻy liboslar Nguyễn sulolasi aʼzolarining áo nhật bình (qirollik ayollari tomonidan kiyiladigan koʻylak) dan keyin modellashtirilgan. Nguyễn sulolasining moda tendentsiyasi bugunga qadar mashhur boʻlib qolmoqda va Vyetnam fuqarolari tomonidan Vyetnamda va undan tashqarida ham mashhur. Baʼzi juftliklar dizaynni modernizatsiya qilish yoki didiga qarab biroz oʻzgartirishlar kiritadilar. Anʼanaviy libosning silueti hali ham bir xil boʻlib qolmoqda. Toʻy libosi boshqa anʼanaviy Vyetnam kiyimlariga nisbatan dizayn jihatidan ancha murakkab va faqat toʻy kunlari uchun moʻljallangan.
Kelinlar uchun kiyimga ekstravagant (koʻpincha shaffof) tashqi plash kiradi, baʼzi kelinlar koʻylaklarini koʻrganliklaridan keyin uni kiymaslikni afzal koʻrishadi yoki uning oʻrniga plashini shlyapa bilan almashtirishadi. Anʼanaga koʻra, marosimda kelinga hech qanday zargarlik buyumlari taqib qoʻyilmaydi. Agar taqilgan boʻlsa ham u odatda oddiy koʻrinishga ega boʻladi va osongina yechib olinadi. Kelinlar ham, kuyovlar ham, agar kuyov áo dài kiyishni tanlasa, khăn vấn deb nomlangan bosh kiyim kiyishlari kerak boʻladi. Ayollar bosh kiyimning ayollar uchun moʻljallangan turini, erkaklar esa kelinnikidan kichikroq va soddaroq boʻlgan erkak bosh kiyimini kiyishadi. Ikkala bosh kiyim ham liboslarining rangiga mos kelishi yoki qarama-qarshi boʻlishi mumkin.
Nguyen sulolasidan qolgan anʼanaga koʻra, kelinning liboslari juda koʻp qatlamlardan iborat boʻladi, jumladan pushti (hồng), koʻk yoki yashil (xanh) va eng tashqi qatlami qora rangda boʻladi. Huế kelinlari toʻq koʻk (xanh chàm) yupqa qatlam ichida qizil (điều — đỏ) qatlam kiyishadi, 2 rang aralash binafsha rangga aylanadi. Hozirgi kunda toʻy liboslari turli xil ranglarda boʻlishi mumkin. Qizil va pushti ranglar kelinlar uchun mashhur tanlov boʻlib qolmoqda, kuyovlar esa koʻk yoki qora ranglarni afzal koʻrishadi. Kelin va kuyovning anʼanaviy liboslari rang yoki dizayniga koʻra mos boʻlishi kerak. Dizayn nuqtai nazaridan, kiyimlar odatda feniks yoki ajdaho kabi imperator ramzlari bilan tikilgan yoki boncuklar bilan bezatilgan holda boʻladi, baʼzan liboslarda tabiat tasvirlarini ham koʻrish mumkin.
Ushbu koʻylaklar kelin-kuyov uchun maxsus tayyorlangan boʻladi yoki Gʻarb toʻy liboslari kabi kelinlik doʻkonidan ijaraga olingan boʻladi. Áo dài singari, toʻy liboslari dizayni ham yeng uzunligi, yoqasining turi va kiyimni tikish uchun ishlatiladigan materiallar turiga qarab ham farq qilishini mumkin. Kelin uchun dizayn anʼanaviy ravishda uzun va yuqori yoqali boʻladi. Erkaklar uchun toʻy Áo dài dizaynda unchalik farq qilmaydi. Koʻylak odatda yengilroq matodan qilinganligi sababli, Vyetnamdan tashqaridagi sovuq hududlarda boʻladigan Vyetnam toʻylari odatda issiqroq mavsumga rejalashtiriladi yoki koʻylaklar sovuq iqlimga mos ravishda ishlab chiqiladi.
Kelinlar va kuyovlar ham oʻzlarining Áo dàilarini bir xil kiyishlari mumkin. Kelinlar anʼanaga mos ravishda pushti koʻylak kiyadi. Kuyovlar esa qora, koʻk kuyovlik liboslarini kiyishlari mumkin. Kelinlar va kuyovlar tomonidan Áo dài kiyishi Gʻarb kelinlik liboslari va kuyovlarning smokinglariga oʻxshaydi, koʻylaklar kelin va kuyov kiygan liboslarga nisbatan ancha sodda boʻladi. Er-xotinning xohishiga koʻra, kuyov oʻzlarining khăn đóng kiyimlarini kiyishlari mumkin, ammo kelinning libosigaga nisbatan oddiyroq va kichikroq koʻrinishga ega boʻladi.
Qolgan toʻy ishtirokchilari bosh kiyimisiz Áo dài yoki rasmiy Gʻarb kiyimlarini kiyishadi. Baʼzi ishtirokchilar haqiqiy toʻy marosimining boshlanishi uchun anʼanaviy Vyetnam kiyimlarini kiyishlari va keyin ziyofat uchun Gʻarb kiyimiga oʻtishlari mumkin. Koʻpincha har ikki tomonning barcha ayollari, ayniqsa kelinning marosimida Áo dài kiyishlari kerak boʻladi.
Nguyễn sulolasidan oldin, ayollar Áo tứ thân ning chiroyli va qoʻlda tikilgan variantlarini kiyib yurishgan.
Taklif va kelishuv Butun toʻy jarayoni lễ dạm ngõ bilan boshlanadi. Boʻlajak kuyovning oilasi boʻlajak kelinning oilasiga tashrif buyurib, yaqinda boʻladigan kuyov va kelinning er-xotin sifatida tashkil etilishiga ruxsat soʻraydi. Nikoh odatda ota-onalar yoki katta oila tomonidan tashkil etilsa, bu marosim toʻyga tayyorgarlikni boshlash uchun tashkil etiladi va boʻlajak kelin anʼanaga koʻra tadbirda ishtirok etmaydi. Oʻsha paytdagi nikohning maqsadi, jamiyat ichidagi oilalar oʻrtasida ittifoq yaratish edi, shuning uchun lễ dạm ngõ ikkala oila uchun ham sodir boʻladigan ittifoqqa tayyorgarlikni boshlash uchun moʻljallangan marosim hisoblanadi. Haqiqiy toʻy paytida sodir boʻladigan koʻplab voqealardan farqli oʻlaroq, taklif juda norasmiy holda oʻtadi. Faqat yaqin oila aʼzolari (asosan ota-onalar) ishtirok etadilar va ichimliklar va oziq-ovqat bilan bogʻliq kelishuvlar amalga oshiriladi; kuyovning oilasi anʼanaga koʻra oʻz kelishuvining ramzi sifatida sharob, shirinliklar, betel barglari va areka yongʻoqlarini beradi. Oilalar bu vaqtdan mahr va boshqa hal qilinishi kerak boʻlgan shartlarni muhokama qilish uchun foydalanadilar. Toʻy sanasi taklif paytida tanlanadi. Bu buddist rohib, ruhiy rahbar yoki folbin tomonidan marosimning maʼnaviy tabiati tufayli hal qilinadi va sana kelin-kuyovning munajjimlar bashoratiga asoslanadi.
Đám Hỏi deb nomlangan unashtirish marosimi odatda toʻydan yarim yil oldin oʻtkaziladi. Unashtirish marosimi jamiyatning qolgan qismiga yaqinda toʻy boʻlishi haqida xabar berish vazifasini oʻtaydi va boʻlajak kelinning boʻlajak kuyovning kelini boʻlganligini anglatadi. thumb|Sovgʻalar unashtirish uchun ham, toʻy marosimida ham xuddi shunday tarzda almashtiriladi. thumb|Kuyov oilasidan kelinning oilasiga anʼanaviy Vyetnam toʻy sovgʻalari: Betel & Areca catechu, choy qutisi, Bánh cốm, Bánh phu thê Marosim asosan kelishuv tasdiqlanganligini va toʻy boʻlishini eʼlon qilish uchun oʻtkazilgan. Odatda kelin va kuyov bu masalada yakuniy soʻzga ega boʻlmaydi, lekin baʼzi juftliklar qiziqish va munajjimlar bashorati kabi koʻplab omillarga asoslangan holda maslahatlashadi. Boʻlajak kelin-kuyovning unashtirilgan kuni birinchi marta uchrashishi odatiy hol turiga kirmagan boʻlsa, soʻnggi bir necha oʻn yilliklarda nikoh qurish marasimlari eskirgan va unashtirish marosimi deyarli kamdan kam oʻtkaziladi. Unashtirish marosimini hali ham nishonlayotganlar, buni oddiygina toʻyni eʼlon qilish vositasi sifatida qilishadi. Bu yaqinlashib kelayotgan toʻyni boshlaydigan umumiy ziyofat hisoblanadi.
Đám Hỏi haqiqiy toʻy marosimiga oʻxshab ketadi biroq soddaroq va baʼzi oʻzgarishlarga ega marosim hisoblanadi. Boʻlajak kuyovning oilasi va doʻstlari boʻlajak kelinining uyiga sovgʻalar bilan boradilar: sovgʻalar, mevalar, betel barglari, areca barglari, sharob, choy, mevalar, kek, tamaki, zargarlik buyumlari va qovurilgan choʻchqa shular jumlasidandir. Sovgʻalar qizil qogʻoz yoki mato bilan qoplangan holda boʻladi va boʻlajak kuyovning oilasini yosh va turmush qurmagan erkaklari tomonidan „mâm quả“ deb nomlangan lak qutilari ichida boʻladi, har bir sovgʻaning miqdori juft holda yuboriladi. (qovurilgan choʻchqa bundan mustasno), qutilar miqdori esa toq holda boʻladi. (Vyetnam madaniyatida toq raqamlar va qizil rang yosh kelin-kuyov uchun omadni anglatadi). Boʻlajak kuyov va uning hamrohlari kelin tayyorligini aytmaguncha eshik oldida kutishadi. Kuyovlar uyga qabul qilingandan soʻng, sovgʻalar boʻlajak kelin tomondan yosh turmushga chiqmagan ayollar orqali olinadi. Boʻlajak kelin tarafidan tayyorlangan taomlar kuyovning oila aʼzolariga berish uchun tayyorlanadi. Har bir oiladan vakil har ikki tomonning oila aʼzolarini tanishtiradi. Anʼanaga koʻra vakillar har bir oilaning hurmatli erkak oqsoqollari boʻlib, tanishuvlar boʻlajak kuyov tomonidan boshlanadi. Birinchi tomonning vakili u yerda boʻlishdan maqsad va boʻlajak kelinning qoʻlini olish haqidagi iltimoslarini tushuntiradi. Sovgʻalar ochilgach va boʻlajak kelinning oilasi tomonidan tasdiqlangach, boʻlajak kelinning oʻzi tashqariga chiqadi. Keyin u boʻlajak kuyovning oilasiga choy yoki suv quyadi, Olingan sovgʻalarning bir qismi ajdodlar qurbongohiga qoʻyiladi. Kelin-kuyov boʻlajak kelinning ota-bobolarini unashtirish haqida xabardor qilish uchun tutatqi tutatadilar. Keyinchalik boʻlajak kelinga zargarlik buyumlari, odatda nishon uzugi, bir juft sirgʻa va kamida bitta dumaloq tilla taqinchoqlar qoʻyiladi. Marosim tugagach boʻlajak kelin tomonidan oddiy ziyofat uyushtiriladi. Marosimda ishtirok etayotgan ikkala oila aʼzolari ham Áo dài yoki rasmiy gʻarbiy kiyimda boʻlishadi. Ayniqsa, boʻlajak kelin, nikoh marosimida oʻz oilasi tomonidan sovgʻa qilingan Áo dài da boʻladi.
Anʼanaga koʻra, boʻlajak kelinlar chim uyên ương deb nomlanuvchi bir juft oshiq qushlarini kashta tikib, marosim paytida kuyoviga sovgʻa qilishadi. qushlar sadoqat va muhabbat ramzi hisoblanadi.
Nikoh marosimi thumb|1894-yilda Markaziy Vyetnamning toʻy marosimlaridagi figura Oʻtmishda toʻylar ham oilaviy uchrashuv sifatida koʻrilgan, kuyovning oila aʼzolari toʻydan bir necha kun oldin kelinning uyiga boradilar. Kuyovning oila aʼzolar toʻyga tayyorgarlik koʻrishda yordam berishadi va marosimning guvohi boʻlib xizmat qilishadi. thumb|Anʼanaviy toʻy áo dài bosh kiyimi bilan Toʻyning oʻzi keng koʻlamli marosimlardan iborat marosim boʻlib, kelinni qabul qilish uchun ruxsat soʻrash, kelinni oʻz uyida qabul qilish va kelinni kuyovning uyiga olib kelish marosimlaridan iborat boʻladi. Gibrid anʼanaviy Vyetnam va Gʻarb uslubidagi toʻyni oʻtkazishni xohlaydigan Vyetnam va chet ellik vyetnamliklar koʻpincha Gʻarb uslubidagi toʻy marosimini oʻz ichiga oladi. Marosimlar oxirida ikki oila va ularning mehmonlari uchun toʻy marosimi oʻtkaziladi.
Kelinni qabul qilishni soʻrash Toʻy kunidan oldin kuyovning oilasi kelinni qabul qilish uchun rasman ruxsat soʻrash uchun yongʻoq sovgʻasi bilan kelinning uyiga tashrif buyurishadi. Bu vaqtda kelinning oilasi toʻyga rozilik berishadi va keyingi jarayon boʻlib oʻtadi.
Bu eskirgan marosim qadimda oxirgi daqiqada nikoh hali ham boʻlishini tasdiqlash uchun ishlatilgan; Bu marosim toʻy davom etishini va kelin qochib ketmaganligini tasdiqlash uchun qoʻllangan. Kuyov uning oilasidan ruxsat soʻrashi kerak, aks holda nikoh boʻlmaydi. Rozi boʻlishganidan soʻng, kuyov kutib olinadi va kelinni marosimning keyingi bosqichiga olib oʻtiladi.
Hozirgi vaqtda bu marosimni hali ham oʻtkazadigan oilalar bu marosimni norasmiy muhitda gazaklar va ichimliklar bilan qilishadi. Bu marosim bevosita qaynona-kelinlar uchun bir-birlari bilan tanishish va toʻy rejasini muhokama qilish uchun imkoniyat yaratadi.