Alper Uçar (talaffuzi: Alper Uchar; 1985-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — Turkiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Alisa Agafonova bilan birga ikki marta Qishki Olimpiya oʻyinlarida (2014 va 2018) ishtirok etgan va sakkizta xalqaro medalni qoʻlga kiritgan, shu jumladan 2011-yilgi qishki Universiadada kumush va Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan musobaqalarida uchta medal sohibi boʻlgan. Juftlik olti marta Yevropa chempionati va toʻrt marta Jahon chempionatida ishtirok etgan.
Faoliyatining boshida Uçar yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan. U 2005-yili Turkiya milliy chempionatining oltin medal egasi va o‘smirlar o‘rtasida to‘rt karra mamlakat chempioni boʻlgan.
Faoliyati
Agafonova bilan birinchi uch mavsum Uçar 2010-yilda ukrainalik Alisa Agafonova bilan juftlikda Turkiya terma jamoasi vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan. Ular 2011-yilgi qishki Universiada turnirida kumush medalni qoʻlga kiritigan.
Agafonova / Uçar juftligi 2012-yilda Angliyaning Sheffild shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 26-oʻrinni, 2012-yili Fransiyaning Nice shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 31-oʻrinni egallagan.
Agafonova/Uçar juftligiga dastlab Konnektikut shtatining Stamford shahrida Natalya Dubova va Oleg Voyko murabbiylik qilgan. Juftlik 2012-yilning dekabr oyida murabbiylarini almashtirib, Rossiyaning Moskva shahriga koʻchgan holda, murabbiylar Aleksandr Julin va Oleg Volkov qoʻl ostida musobaqalarga tayyorgarlik koʻra boshlagan. Juftlik 2013-yilda Xorvatiyaning Zagreb shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida 13-o‘rindan, 2013-yilda Kanadaning Ontario shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 28-o‘rindan joy olgan.
2013 — 2014-yilgi mavsum Agafonova / Uçar juftligi oʻz mavsumini 2013 Nebelhorn Trophy turnirida boshladi, bu oxirgi Olimpiya uchun saralash turniri edi. Juftlik 5-o‘rinni egallab, muz ustida raqs bo‘yicha Olimpiadada qatnashish uchun Turkiya vakili sifatida yoʻllanma olgan. Juftlik 2013 NRW Trophy musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Agafonova / Uçar juftligi 2014-yilda Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida 17-o‘rinni egallagan. Fevral oyida ikkalasi 2014-yil Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Juftlik 2014-yil mart oyida Yaponiyaning Saitama shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 20-o‘rindan joy olgan.
Dasturlari
Agafonova bilan MavsumQisqa raqsErkin raqs2017 — 2018 Cuba How Deep Is Your Love (DJ Maksy Remix) Cuba Marco Polo Cleopatra Iron2016 — 2017 Why Donʼt You Do Right? Straight to… Number One Near Light Bee ovenʼs Five Secrets Sand 2015 — 2016 Until… Moon over Bourbon Street Preserved Figs
Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Agafonova bilan muz raqsi XalqaroMusobaqa10 — 1111 — 1212 — 1313 — 1414 — 1515 — 1616 — 1717 — 18Olimpiada2219Jahon chempionatlari31282016211719Yevropa chempionati26131712121113 Fransiya7 Rostelecom89 Skate America9 Skate Canada10 DS Cup1 Golden Spin37 Mordoviya4 Nebelhorn6 Tallinn Trophy42 U. S. Classic7 Warsaw Cup6Universiada2Bavarian Open6Crystal Skate5Cup of Nice8Golden Spin9Ice Challenge6126Istanbul Cup4Mont Blanc Trophy5Nebelhorn Trophy115NRW Trophy79921Santa Claus Cup2Toruń Cup42Warsaw Cup5
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar