Frente! (/frɛnteɪ/) (yoki Frente) Avstraliyada tashkil topgan folk-pop va indi-pop musiqa guruhidir. Guruhga 1989-yili Simon Austin, Angie Hart, Tim O'Connor va Mark Picton Viktoriya shtatining Melburn shahrida asos solishgan. Guruh 1991-yilning avgustida Whirled nomli debyut mini-albomini chiqargan. 1992-yilning martida Clunk nomli ikkinchi mini-albomini eʼlon qilgan. Mazkur mini-albom ARIA Chartsda 3-pogʻonagacha koʻtarilgan.
Manbalar