Dean Bradley Henderson (; 1997-yil 12-martda Kambriya, Angliyada tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, "Manchester United" va Angliya terma jamoasi darvozaboni. Hozirda u „Nottingem Forest“ da ijara asosida oʻynamoqda.
Klub martaba
Manchester United 2005-yildan 2011-yilgacha Dean Henderson „Karlayl United“ futbol klubining yoshlar akademiyasida oʻynagan. 2011-yilda 14 yoshli darvozabon Dean „Manchester United“ akademiyasiga qoʻshildi.
2013/14-yilgi mavsumda Henderson Manchester Unitedning 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasi aʼzosiga aylandi va darhol Akademiya jamoasining birinchi jamoasidan joy oldi. 2014/15-yilgi mavsumda u akademiya jamoasida 25 ta oʻyin oʻtkazib, mustahkam oʻyin koʻrsatishda davom etdi, biroq jarohat tufayli mavsumning soʻnggi oʻyinlarini oʻtkazib yubordi. Henderson yilning eng yaxshi yosh futbolchisi Jimmi Merfi mukofotiga nomzodlar qatorida edi, shuningdek Aksel Tuanzebe sovrinni qoʻlga kiritgan. 2015-yilning avgustida Henderson oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan.
2016-yilning 22-fevralida, asosiy jamoa darvozabonlarining bir qator jarohatlaridan so‘ng, Dean Henderson Angliya kubogi doirasida Shrusberi Taunga qarshi o‘yinda birinchi marta birinchi jamoa o‘yini uchun tarkibga kiritildi, ammo maydonga tushmadi.
2018-yilning iyun oyida Dean henderson "Manchester United" bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirdi.
Dean „qizil iblislar“ safidagi debyutini 2020-yil 22-sentyabr kuni „Luton Taun“ ga qarshi Futbol Ligasi kubogi oʻyinida oʻtkazdi.
Sheffild United (ijara) 2018/19-yilgi mavsum boshlanishidan oldin u Chempionship klubi „Sheffild Unitedga“ ijaraga oʻtdi.
Nottingem Forest (ijara) 2022-yilning 2-iyulida „Nottingem Forest“ ga mavsumiy ijaraga o‘tdi va Henderson Premer-ligaga qaytdi.
Jamoa martaba 2012-yildan 2014-yilgacha Dean 16 yoshgacha va 17 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasida oʻynadi va ular tarkibida jami oltita oʻyin oʻtkazdi. 2017-yilda u 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi 2017-yilgi jahon chempionati uchun Angliya U-20 terma jamoasiga kiritilgan. Turnirda Henderson zaxira darvozaboni boʻlgan va Gvineyaga qarshi bitta oʻyin oʻtkazganOtchyot o matche Angliya U20 — Gvineya U20. Shuningdek, Dean 20 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasi jahon chempionatida gʻolib chiqgan.
Ishlash statistikasi , +Oʻyinlar va oʻtkazib yuborilgan toʻplarKlubMavsumLigaAngliya kubogiYevrokubokJamiOʻyinlarGolarOʻyinlarGolarOʻyinlarGolarOʻyinlarGolarManchester United2015/16100101012016/17040104012017/18002020002018/19300101002019/20001000422020/2113−124−55−326−222021/22001−11−13−3Jami13−125−66−429−25 Stokport Okrugi
(ijara) 2015/169−1100009−11Jami9−1100009−11 Grimsbi Taun
(ijara) 2016/177−600007−6Jami7−600007−6 Sheffild United (ijara) 2018/1946−41000046−412019/2036−334−40040−37Jami82−744−40086−78Jami martaba uchun149−13511−116−4179−159
Yutuqlar
Angliya terma jamoasi (20 yoshgacha)
U20 jahon chempioni: 2017-yil
Shaxsiy yutuqlar
Liga 1ning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2017/18 Sheffild United yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2018/19
Manbalar
Havolalar
Profili Crystal Palace F.C. saytida Profile Futbol assotsiatsiyasi saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Carlisle United F.C. futbolchilari Turkum:Stockport County F.C. futbolchilari Turkum:Grimsby Town F.C. futbolchilari Turkum:Shrewsbury Town F.C. futbolchilari Turkum:Sheffield United F.C. futbolchilari Turkum:Nottingham Forest F.C. futbolchilari Turkum:Crystal Palace F.C. futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari