Kristofer Krüger Hæstad (; 1983-yil 9-dekabrda tugʻilgan) — norvegiyalik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati Hæstad Randesund va Vigørning yoshlar jamoalarida oʻynagan.
Professional 2001-yilda Start bilan shartnoma imzolagan va 2002-yilda Norvegiya Premyer-ligasida debyut qilgan. Oʻshan mavsumda „Start“ yoshlar jamoasi bor-yoʻgʻi 11 ochko toʻplagan va quyi ligaga tushib ketgan.
Birinchi diviziondagi ikki mavsumdan soʻng, „Start“ yana 2004-yilda yuqori ligaga koʻtarildi. Hæstad ajoyib formada davom etdi va 2005-yil aprel oyida NRK tomonidan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
2006-yil iyul oyida Hæstad Norvegiyaning boshqa toʻrtta professional futbolchilari — Morten Gamst Pedersen, Freddy dos Santos, Raymond Kvisvik va Øyvind Svenning bilan birgalikda This Is For Real musiqiy singlini chiqardi. Oʻz guruhini The Players deb atashadi.
2006-yil 29-dekabrda Premyer-liganing Wigan Athletic klubi Hæstadni olti oylik ijaraga olgani eʼlon qilindiSource: BBC Sport. Hæstad Premyer-ligadagi debyutini 2007-yilning 13-yanvarida Chelseaga qarshi o‘tkazdi. 2007-yilning 1-aprelida o‘zaro kelishuvga ko‘ra Wigan Athleticdagi ijara shartnomasi bekor qilindi.
Hæstad Norvegiyaga qaytganidan soʻng „Start“ safida Aalesundsga gol urdi (4:2)
Vålerenga thumb| Hæstad (oʻngda) 2009-yilda „Vålerenga“ da 2008-yilning 2-yanvarida Hæstad Vålerenga bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2008-yil 29-martda Hæstad „Vålerenga“ safida „Aalesund“ga qarshi mavsumdagi ilk o‘yinda debyut qildi. Jarohatlar va golsiz oʻyinlardan keyin jamoadan ketishi haqida mish-mishlar koʻpaydi. Biroq, „Vålerenga“da qoldi va ikkinchi mavsumni ajoyib oʻtkazdi.
Hæstad 2014-yilning 1-iyulida professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati 2005-yil 24-may, Hæstad Kosta-Rikaga qarshi oʻyinda milliy terma jamoa safida debyut qildi.
Faoliyat statistikasi
Klub KlubMavsumLigaKubokJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarStart2001Adeccoligaen8100812002Tippeligaen252402922003Adeccoligaen250202702004Adeccoligaen309003092005Tippeligaen233412742006Tippeligaen223312542007Tippeligaen23220252Wigan Athletic2006—2007Angliya Premyer-ligasi201030Vålerenga2008Tippeligaen210502602009Tippeligaen284523362010Tippeligaen273002732011Tippeligaen240102502012Tippeligaen241102512013Tippeligaen231402712014Tippeligaen002020Jami faoliyati3052934433933
Xalqaro gollar # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2007-yil 2-iyun Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya 4—0 Gʻalaba UEFA Yevro-2008 saralashi
Yutuqlari Individual
Kniksen mukofoti: 2005-yilda yilning eng yaxshi yarim himoyachisi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Norvegiyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:erkak futbol yarim himoyachilari