Andreas Evald Cornelius (; 1993-yil 16-martda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, FK Copenhagen va Daniya terma jamoasi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati left|thumb|200x200px| Corneliusga qarshi Tosaint Ricketts, 2013-yil

Copenhagen FK Cornelius 2011-yil iyul va 2012-yil yanvar oylarida boʻlgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari paytida Copenhagen asosiy jamoasiga qoʻshilgan.

2012-yil 9-aprelda Orxusdagi NRGi Parkda AGFga qarshi oʻyinda Sezar Santin oʻrniga maydonga tushib oʻzining Superligadagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi.

Cornelius Copenhagendagi birinchi golini 2012—2013-yilgi yangi mavsumning birinchi oʻyinida Midtjulland darvozasiga kiritdi. 20-sentyabr kuni Yevropa ligasi doirasida Moldega qarshi o‘yinda g‘alaba golini urdi.

Cardiff City 2013-yilning 27-iyunida Cardiff City Cornelius bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Daniya xabarlarida 75 million Daniya kronasi (taxminan 8 million funt sterling) miqdorida toʻlov taklif qilingan. 1-iyul kuni Cornelius tibbiy koʻrikdan oʻtdi va klub bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Yigirma uch kundan keyin Forest Green Roversga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi, 4:3 hisobida gʻalabali oʻyinda gol urdi. Keyingi hafta mashgʻulot paytida toʻpigʻidan yengil jarohat oldi va shu sababli jamoaning 17-avgust kuni West Ham Unitedga qarshi Premyer-ligadagi oʻyinni oʻtkazib yubordi.  thumb|Cornelius 2013-yil 25-avgustda Premyer-ligadagi debyutidan oldin mashgʻotlarda

Copenhagenga qaytish 2014-yilning 31-yanvarida Cornelius Copenhagen klubiga nomaʼlum to‘lov evaziga qaytdi. Copenhagendagi birinchi oʻyinida Slovan Liberecga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida xet-trik qayd etdi. 2014-yil 23-fevralda Cornelius klub bilan qayta shartnoma imzoladi.

Cornelius yarim mavsumini 13 ta oʻyinda 5 ta gol bilan yakunladi. 2015-yilning aprel oyida Copenhagenning Silkeborg IFga qarshi oʻyinida toʻpigʻidan jarohat oldi.

Atalanta 2017-yilning 2-mayida Cornelius 3,5 million yevro evaziga A Seriyaning Atalanta klubiga o‘tishi maʼlum bo‘ldi.

Bordeauxga ijara 2018-yilning 31-avgustida, 2018-yilgi yozgi transfer oynasi yopilishiga bir necha soat qolganda, Cornelius Liga 1 jamoasi Girondins de Bordeaux klubiga mavsumiy ijara asosida qo‘shildi.

Parma 2019-yil 18-iyulda A Seriya klubi Parma Corneliusni sotib olish majburiyati bilan 2 yillik ijaraga oldi. 2019-yil 20-oktyabrda Cornelius Genoaga qarshi o‘yinda (5:1) xet-trik qayd etdi.

Trabzonspor 2021-yilning 8-avgustida Cornelius Superliganing Trabzonspor jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Copenhagenga qaytish 2022-yilning 31-avgust kuni Cornelius uchinchi marta FC Copengagenga qaytib, 5 yillik shartnoma imzoladiANDREAS CORNELIUS VENDER HJEM TIL KØBENHAVN, fck.dk, 31 August 2022.

Xalqaro faoliyati 2018-yil may oyida Daniyaning 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun 35 kishilik dastlabki tarkibiga kiritildi. Daniyaning 4 oʻyinidan 3 tasida maydonga tushdi.

2022-yil 7-noyabrda Qatarda bo‘lib oʻtadigan 2022-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun 26 kishilik yakuniy tarkibga kiritildi.

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaMilliy kubokLigaYevropaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarCopenhagen2011—2012Daniya Superligasi2000-00-202012—2013Daniya Superligasi321821-101-4420Jami341821-101-4620Cardiff City2013—2014Angliya Premyer-ligasi802010--110Copenhagen2013—2014Daniya Superligasi13531-00-1662014—2015Daniya Superligasi23631-81-3482015—2016Daniya Superligasi25561-00-3162016—2017Daniya Superligasi301242-157-49212022—2023Daniya Superligasi0000-00-00Jami9128165-238-13041Atalanta2017—2018Serie A23341-42-3162018—2019Serie A0000-41-41Jami23341-83-357Bordeaux (ijara)2018—2019Liga 1203103050-293Parma (ijara)2019—2020Serie A261210---27122020—2021Serie A29110---301Jami551320---5713Trabzonspor2021—2022Süper Lig371531-21-42172022—2023Süper Lig4100-201273Jami411631-41124920Copenhagen2022—2023Daniya Superligasi5012-20-82Jami faoliyati27781311040521312365106

Xalqaro

Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Daniya 2012-yil 2 0 2013-yil 5 1 2014-yil 1 0 2015-yil 0 0 2016-yil 3 2 2017-yil 6 1 2018-yil 6 0 2019-yil 2 0 2020-yil 2 1 2021-yil 9 2 2022-yil 8 2 Jami 44 9

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Daniyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.

+Sana, joy, raqib, hisob, natija va raqobat boʻyicha xalqaro gollar T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2013-yil 22-mart Andrův Stadion, Olomouc, Chexiya 1—0 3—0 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 2. 2016-yil 31-avgust CASA Arena, Horsens, Daniya 3—0 5—0 Doʻstona 3. 2016-yil 11-noyabr Parken stadioni, Kopengagen, Daniya 1—0 4—1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 4. 2017-yil 1-sentyabr Parken stadioni, Kopengagen, Daniya 2—0 4—0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 5. 2020-yil 7-oktyabr MCH Arena, Herning, Daniya 4—0 4—0 Doʻstona 6. 2021-yil 6-iyun Brøndby Stadion, Brondby, Daniya 2—0 2—0 Doʻstona 7. 2021-yil 7-sentyabr Parken stadioni, Kopengagen, Daniya 5—0 5—0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 8. 2022-yil 3-iyun Stad de Frans, Saint-Denis, Fransiya 1—1 2—1 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi A 9. 2—1

Yutuqlari Copenhagen

Daniya Superligasi: 2012—2013, 2015—2016, 2016—2017 Daniya kubogi: 2014—2015, 2015—2016, 2016—2017

Trabzonspor

Superliga: 2021—2022 Turkiya Superkubogi: 2022

Individual

Daniya Superligasi Oltin butsa: 2012—2013 Daniya Superligasining eng yaxshi futbolchisi: 2012—2013 Copenhagendagi mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2012—2013

Eslatmalar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar