Milad Muhammadi (1993-yil 29-sentyabrda tugʻilgan; ) — eronlik professional futbolchi. U Fors koʻrfazi Pro ligasi klubi Persepolis hamda Eron terma jamoasida oʻynaydi. Tezligi va koʻp qirraliligi bilan tanilgan Muhammadi chap qanot himoyachisi va vinger sifatida toʻp suradi.
Klubdagi faoliyati
Rah Ahan Milad Muhammadi 2014-yilning yozida 5 yillik shartnoma asosida Rah Ahanga qoʻshildi va jamoa tarkibida Eron Pro ligasining 2014—2015-yilgi mavsumdagi birinchi uchrashuvida, Esteghlalga qarshi oʻyinda debyut qildi.
2015-yilning iyul oyida Muhammadi Avstriyaning Bundesliga klubi Sturm Grazda oʻynash uchun sinovdan oʻtgan edi. Xabarlarga koʻra, unga Yevropa jamoalaridan ikkita taklif tushgan, ammo Rah Ahan bosh murabbiyi Farhod Kazemi Muhammadini klubdan ketishiga ruxsat bermagan.
Axmat Grozniy 2016-yilning 6-fevralida Muhammadi Rossiya Premyer-ligasining Axmat Grozniy klubi bilan 2019-yilgacha davom etadigan shartnoma imzoladi. U Axmat Grozniy safida 2016-yilning 2-aprelida Anjiga qarshi gʻalaba bilan kechgan uchrashuvda (3:2) zaxiradan maydonga tushgan edi. Muhammadi Grozniy safidagi va professional ligadagi ilk golini 2017-yilning 29-aprelida Ural Yekaterinburgga qarshi gʻalaba bilan kechgan oʻyinda (5:2) kiritdi. 2016—2017-yilgi mavsumdan soʻng u 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar orasida Osiyoning eng yaxshi 50 ta iqtidorli yoshlaridan biri sifatida eʼtirof etildi.
2019-yil 27-may kuni Axmat Muhammadi shartnomasi muddati tugagach, klubni erkin agent sifatida tark etganini tasdiqladi.
Gent 2019-yil iyul oyida Muhammadi Belgiyaning Gent klubi bilan shartnoma imzoladi.
AEK Athens 25-avgust kuni Gentni tark etganidan soʻng, Muhammadi 2021-yil 17-sentyabrda Gretsiya Superligasining AEK Athens jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Adana Demirspor 2024-yil 26-yanvar kuni eronlik xalqaro futbolchi Muhammadi Turkiyaning Adana Demirspor jamoasiga qilgan transferini yakunladi. Klub 2,5 yillik shartnoma imzolanganini eʼlon qildi. Bu shartnoma Muhammadining 2026-yil yozigacha Adana Demirspor safida qolishini kafolatlaydi. Ushbu transfer haqida Footballi va boshqa sport yangiliklari nashrlari xabar berdi.
U 2024-yilning 19-avgustida klubni tark etdi.
Persepolis 2024-yilning 20-avgustida Muhammadi ikki yillik shartnoma asosida Fors koʻrfazi Pro ligasi vakili Persepolisga qoʻshildi.
Xalqaro faoliyati Muhammadi 2016-yilgi 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gol urgan edi.
Carlos Queiroz Muhammadini 2015-yilning iyun oyida terma jamoa lageriga taklif qilgan, u 2015-yilning 11-iyunida Oʻzbekistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va 2015-yilning 16-iyunida Turkmanistonga qarshi Jahon chempionati saralashida zaxirada oʻtirgan.
Muhammadi 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionatida qatnashadigan Eron terma jamoasi tarkibiga kiritilgan edi; u Ispaniyaga qarshi oʻyinning 93-daqiqasida, Eron 0:1 hisobida magʻlubiyatga uchrayotganida gʻayritabiiy tarzda toʻpni oʻyinga kiritishga urinib muvaffaqiyatsizlikka uchradi va shu bilan eʼtiborni tortdi.
Faoliyat statistikasi
Klub : +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokKontinentalBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGoalsRah Ahan2014—2015Fors koʻrfazi Pro ligasi27011——2812015—201617020——190Jami44031——471Akhmat Grozny2015—2016Rossiya Premyer-ligasi3000——302016—201724210——2522017—201823010——2402018—201928120——301Jami78340——823Gent2019—2020Belgiya birinchi divizioni A1812040—2412020—2021291306030411Jami4725010030652AEK Athens2021—2022Gretsiya Superligasi25030——280Faoliyati jami1945151100302226
Xalqaro 2022-yil 29-noyabrgacha oʻtkazilgan oʻyinlar holatiga koʻra aniq statistika: Eron Yil Ishtirok Gollar 2015 2 0 2016 6 0 2017 6 0 2018 10 0 2019 10 0 2020 2 0 2021 7 1 2022 5 0 Jami 48 1 +Milad Muhammadi tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2021-yil 11-iyun Bahrayn milliy stadioni, Riffa, Bahrayn 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
Manbalar
Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Eronlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:2022 FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:Rah Ahan Tehron F.C. futbolchilari Turkum:FC Ahmat Grozniy futbolchilari Turkum:K.A.A. Gent futbolchilari Turkum:AEK Athens F.C. futbolchilari Turkum:Adana Demirspor futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari